49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


Download 1.48 Mb.
bet16/21
Sana13.11.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1771208
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun

CHastota – impulsli detektorlar

CHID Lar chastota bo‘yicha modulyasiyalangan signal impulslar ketma-ketligiga aylantirilib beriladi. Impulslarning takrorlanish soni, ya’ni chastotasi kirish chastotasining o‘rtacha qiymatiga nisbatan og‘ishiga mutanosibdir. Impulslar soniga mutanosib bo‘lgan chiqimdagi kuchlanishni impuls hisoblagichlari orqali ham shakllantirib berish mumkin. Bunday detektorlarni, odatda impuls hisoblagich impulshisoblagich detektorlar oilasiga kiradi. SHunday detektorlardan birining sxemasi 10.23-rasmda ko‘rsatilgan.


Detektor asosan uchta qismdan iboratdir. Ular komparator, vibrator va integratorlardir. Komparatorning sxemasi 10.31-rasmda ko‘rsatilgan.
U operatsion kuchaytirgich asosiga qurilgan bo‘lib, kirish signalini ketma-ket impulsga aylantirib beradi. Undan chiqayotgan impuls NE-I operatsiyasini bajaruvchi vibratorga kelib tushadi.

10.23-rasm.
Sxemadagi R1 C1 NE-I operatsiyasining vaqtini ta’minlab turadi. Vibrator chiqimidagi impulslar balandligi va uzunligi bir meyorda turadi. CHastotasi esa kirimdagi signal chastotasiga mos tushadi. Integrator ham operatsion kuchaytirgich asosiga qurilgan bo‘lib. U impuls chastotasiga mos tushuvchi kuchlanishni shakllantiradi va bir vaqtning o‘zida u impulslarni ketma-ketligini o‘rtachalab beradi. Bunday detektorlarning ahamiyati detektorlashni Yuqori sifatli qilib berishligi. Detektorlashning kirish signalining o‘rtacha chastotasini og‘ishga bog‘liq bo‘lmasligi, ularni integral sxemada qurish mumkinligidadir.


58-Ma’ruza
RADIOQABUL QILUVCHI QURILMALARNI ROSTLASH
Rostlashning turlari
Ma’lumki, har qanday qurilmani, jumladan radio qabul qilgich samarali ishlashini oshirish uchun ularga qulay sharoit yaratiladi. Qurilmalarga ishlarsh sharoitlarini yaxshilash uchun u qurilmalarni tashkil etgan elementlarni qiymatlarini, asosiy ko‘rsatgichlari va ularning xossa va xususiyatlari turli yo‘llar bilan rostlanadi. Rostlash usullari turlichadir. Lekin ular qanday bo‘lmasin rostlash usullarini ikki katta guruhga ajratiladi.
Birinchi guruhga kiruvchilikni parametrlarini rostlash usullari kiradi. Parametlarni rostlash usullari orqali radiopriyomniklarning chastota va fazaviy xarakteristikalari kerakli me’yorda shakllantiriladi va shu yo‘l bilan radiopriyomniklarning samarali ishlash qobilyatini orttiradi.
Ikkinchi guruhga radiopriyomniklarning elementlarini elektr rejimlarini rostlash usullari kiradi. Rostlashning birinchi gurhiga radiopriyomniklarning chastotasi, tanlovchanligini, chastota o‘tkazish yo‘llarini rostlash kiradi. Rostlashning ikkinchi guruhiga esa elektron asboblarning oldindan tanlanilgan elektr rejimlarini, ayrim elementlarni talab bo‘yicha oldindan o‘rnatilgan elektr rejimlarini ta’minlab turish, qabul qiluvchi traktning kuchaytirishini rostlash, ayrim elementlar orasidagi aloqani rostlash va hakozolar kiradi. Bu ikki guruhdan tashqari rostlash ishlab chiqarish texnologik va ekspluatatsion guruhlarga ham bo‘linadi. Bu guruhlarning birinchisiga qurilmalarni zavod sharoitida ishlab chiqarilayotgan hamda ta’mirlayotgan paytdagi rostlashlar kiradi. Bu rostlash asosan qo‘lda bajariladi.
Rostlashning bu usuli orqali qurilmalarning xarakteristika va parametrlariga qo‘yilgan texnik talablar amalga oshiriladi. Bu rostlash turiga misol tariqasida kontur va filtrlarni rostlash, asboblarning elektrodlariga kerakli bo‘lgan kuchlanishlarni o‘rnatish, kaskadlar aro aloqani sozlash va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Qurilmalarni ekspluatatsiya qilinayotgan paytda ishlab chiqarish- texnologik rostlashlardan foydalanish mann etiladi. Ekspluatatsiya paytida radiopriyomniklarning chastotasini, kuchaytirish koeffitsientini, tanlovchanlik xossalarini va shu kabi ko‘rsatgichlarni rostlashga ruxsat beriladi.



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling