Xayoliy modellash.
Xayoliy modellash ba’zi hollarda vaqtning berilgan oralig‘ida amalga oshirib bo‘lmaydigan yoki ularni jismoniy shartlaridan tashqarida yotganligi uchun ob’ektlarni modellashning yagona usuli hisoblanadi. Masalan, xayoliy modellash asosida mikroolamdagi fizik tajriba o‘tkazishga imkon bermaydigan ko‘p vaziyatlarni tahlillash mumkin. Xayoliy modellash ayoniy, belgili va matematik ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin.
Ayoniy modellash.
Ayoniy modellashda, ob’ektda o‘tadigan hodisalar va jarayonlarni aks ettiruvchi real ob’ektlar haqida turli ayoniy modellar inson tushunchalari asosida yaratiladi. Gipotetik modellash asosida real ob’ektda jarayonlar o‘tish qonuniyatlari haqida tadqiqotchi qandaydir gipotezani asos qilib oladi. Bu gipoteza ob’ekt haqida tadqiqotchining bilim darajasini aks ettiradi va o‘rganilayotgan ob’ektning kirish va chiqish orasidagi sabab – oqibat aloqalarga asoslanadi. Gipotetik modellash formal modellarni qurish uchun ob’ekt haqidagi bilimlar etishmayotganda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |