Analogli modellash.
Analogli modellash turli darajadagi anologiyalarni qo‘llashga asoslanadi. Faqat oddiy ob’ektlar uchun o‘rinli bo‘lgan eng yuqori darajalilari to‘liq analogiya hisoblanadi. Ob’ektni murakkablashishi bilan keyingi darajalardagi analogiyalardan foydalaniladi, bunda analogli model obektni ishlashining bir nechta yoki faqat bir tarafini aks ettiradi.
Xayoliy ayoniy modellashda maketlash muhim o‘rin oladi. Xayoliy maket real ob’ektda o‘tadigan jarayonlar fizikaviy modellashga imkoni bo‘lmagan yoki modellashning boshqa turlarini o‘tkazishdan oldin qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Xayoliy maketlarni qurish asosida analogiyalar yotadi, biroq odatda ob’ektdagi hodisalar va jarayonlar orasidagi sabab – oqibat bog‘lanishlarga asoslanadi. Agar ba’zi tushunchalar, ya’ni alomatlarni belgilashni hamda alomatlar orasida ma’lum amallarni kiritsak, unda alomatli modellashni amalga oshirish mumkin va alomatlar yordamida tushunchalar to‘plamini aks ettirish mumkin, ya’ni so‘zlardan ayrim gaplar va zanjirlar tuzish mumkin. Ko‘plik nazariyasining birlashtirish, kesishish va to‘ldirish amallarini qo‘llab, ayrim belgilar orqali real ob’ektlarga tavsiflar berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |