4–mavzu: Publitsistik uslub. Ommaviy axborot vositalari tili reja


Download 37.28 Kb.
bet3/4
Sana11.02.2023
Hajmi37.28 Kb.
#1189541
1   2   3   4
Bog'liq
3-m.pub.usl.

Leksik jihatlari

Ijtimoiy-siyosiy leksikadan foydalanish; pand-nasihat, etika, tibbiyot, iqtisod, madaniyat, psixologiya kabi umumiy tushunchalar leksikasidan foydalanish

Badiiy ifoda vositalaridan foydalanish

Troplar; maqol va matallar; uslubiy figuralar; sitatalar; hajviya, satira, ironiya kabi til vositalari; frazeologizmlar; badiiy obrazlar; so‘zlashuv tiliga oid so‘zlar.

Sintaktik xususiyatlari

Murakkab qo‘shma gaplar, sintaktik qurilmalardan foydalanish; buyruq-istak maylidagi fe'l-kesim va o‘timli fe'llarni qo‘llash.



Publitsistik uslubning janrlari
Ocherk (chizmoq, tasvirlamoq) - epik tur janrlaridan biri bo‘lib, voqyea-hodisalarni, dalillarni va aniq kishilar faoliyatini aynan tasvirlaydi. U ma'lum bir tarixiy davrda yuz bergan tarixiy voqyealar, qahramonlar hayoti va faoliyatini aniq hujjatlar asosida yoritib beruvchi publitsistik janrdir.
Esse (chamalayman) - erkin kompozitsiyaga ega bo‘lgan, shaxsiy mulohaza va qarashlarni ifodalovchi asar.
Felyeton - kunning dolzarb mavzusini yoritishga qaratilgan gazeta maqolasi bo‘lib, mavzuni bayon qilishda adabiy-badiiy bayon, ayniqsa, satira usullaridan keng foydalaniladi.
Pamflet - badiiy-publitsistik uslubning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, bunda odatda siyosiy tuzumga yoki uning alohida tomonlari, shuningdek, u yoki bu ijtimoiy guruh, partiya va hukumatga qarshi qaratiladi, guruh yoxud uning vakillari kamchiliklarini qattiq tanqid ostiga oladi.


1-topshiriq. “Yoshlar ma'naviyati e'tiborda” matnidan publitsistik uslubga xos leksik xususiyatlarni toping va quyida berilgan mavzularda guruhlarga bo‘lingan holda matn yaratishga harakat qiling.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda ma'naviyatning o‘rni beqiyos. Shu ma'noda oliy ta'lim muassasalarida muntazam tarzda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Ogohlik - davr talabi”, “Diniy ekstremizm, terrorizm, globallashuv va missionerlikning salbiy oqibatlari”, “O‘zbekiston - umumiy uyimiz!”, “Konstitutsiya - mamlakat poydevori!” mavzularida olib borilayotgan qator tadbirlar talabalar ongini boyitmoqda va ularni zaharli illatlardan xoli etmoqda. Qolaversa, bu singari tadbirlar ular ma'naviyatining oshishiga xizmat qilmoqda.






Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling