4–mavzu: Publitsistik uslub. Ommaviy axborot vositalari tili reja


Download 37.28 Kb.
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi37.28 Kb.
#1189541
  1   2   3   4
Bog'liq
3-m.pub.usl.


4–mavzu: Publitsistik uslub. Ommaviy axborot vositalari tili
REJA:
1. Publitsistik uslub turlari.
2. Publitsistik uslub janrlari.
3. Publitsistik uslubning leksik xususiyatlari.
4. Publitsistik uslubning grammatik xususiyatlari.
5. Publitsistik uslubga doir matnni tahlil qila olish.
Tayanch so‘z va iboralar: notiq, suxandon, e'lon, murojaatnoma, chaqiriq, yangilik, publitsistik maqola, felyeton, xabar, rubrika, muxbir, reportaj, korrespondensiya, ocherk, pamflet.
Darsning maqsadi: Publitsistik uslub tur va janrlari, uning leksik hamda grammatik xususiyatlari haqida to‘liq ma'lumot berish, publitsistik uslubga doir matnni tahlil qilishga o‘rgatish.
Publitsistik uslub kundalik hayot ko‘zgusidir. Bu uslub boshqa nutq uslublariga nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan bo‘lib, uning shakllanishi mamlakatimizda matbuot va uning rivojlanishi bilan bog‘liq. Ma'lumki, 1883- yildan boshlab "Turkiston viloyatining gazetasi" nomli gazeta chiqa boshlagan va bu publitsistik uslubning shakllanishi uchun asos bo‘lgan. Shuningdek,«Oina», «Sadoi Turkiston» gazetalarining chiqa boshlashi, XX asr boshida esa nashriyot va vaqtli matbuot ishlari doirasining yanada kengayishi hamda o‘zbek demokratik yozuvchilari ijodida badiiy publitsistikaning keng o‘rin olishi kabi omillar o‘zbek adabiiy tilida publitsistik uslubning paydo bo‘lishi va shakllanishida katta rol o‘ynadi.
Publitsistika aslida "xalq" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, xalqchil degan ma'noni ifodalaydi. Shunga ko‘ra, publitsistik uslub matbuot, radio va televideniye nutqi asosida shakllanuvchi uslubdir. Ushbu nutq turi dolzarb voqealar, hayotdagi ijtimoiy masalalarga bag‘ishlanganligi bilan xarakterlanib, matbuotda bu masalalar o‘ziga xos holda ifodalanib boriladi. Publitsistik uslubning ham yozma, ham og‘zaki shakllari mavjud. Notiqlar, radio va televideniyedagi suxandon va sharhlovchilar tili - publitsistik uslubning og‘zaki shaklidir. Matbuot sahifalarida e'lon qilib boriladigan turli xabarlar - e'lonlar, murojaatnoma, chaqiriqlar, shuningdek, hayotdan olib yoziladigan yangiliklar, publitsistik maqola, felyeton va boshqa gazeta materiallari publitsistik uslubning yozma shaklidir. Publitsistik uslubning bu ko‘rinishlari nisbatan o‘zaro farqlansa-da, ushbu uslubga xos bo‘lgan umumiylik - dolzarblik, hozirjavoblik va tashviqot-targ‘ibot kabilar ham mavjud. Publitsistik uslubning yozma va og‘zaki ko‘rinishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo‘ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida publitsistikaga xos siyosiy faollik, hozirjavoblik, o‘tkir va ta'sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ‘ibot kabi xususiyatlar mavjud bo‘ladi.
Publitsistik uslub badiiy uslub singari keng tarmoqli uslubdir. Bu uslubda ham boshqa nutq uslublariga xoslik mavjud.
Publitsistik uslub lug‘aviy jihatdan o‘ziga xos. Bu uslubning gazeta publitsistikasi, ijtimoiy-siyosiy publitsistika va badiiy publitsistika tarmoqlari mavjud bo‘lib: xabar, dolzarb maqola, bosh maqola, rubrika, felyeton, muxbir, fotomuxbir, paxtakor, sholikor, mirishkor, zarshunos, dala malikasi, zangori kema, po‘lat ot suvoriylari, buyurtmachi kabi ko‘plab so‘z va so‘z birikmalari publitsistik uslubning o‘ziga xos so‘zlari bo‘lib, publitsistik uslubga badiiy-publitsistik ruh beradi.
Bunday lug‘aviy vositalarning ko‘pincha ko‘chma ma'noda ishlatilishi bu uslubning obrazli vositalarga: metafora, sifatlash, o‘xshatishga ega ekanligini ko‘rsatadi. Publitsistik uslubda fan va texnikaga oid: dizel, kultivatsiya, texnika, molekula, analiz, sintez, kashfiyot, bioximiya, koinot kabi, shuningdek, xalqaro ijtimoiy siyosatga oid - tinchlik, ozodlik, demokratiya, hamdo‘stlik, ultimatum, murojaatnoma, miting, xavfsizlik, tinchlik anjumani kabi so‘zlarning qo‘llanilishi bu uslubga ijtimoiy-siyosiy ruh bag‘ishlaydi. Publitsistik uslub sintaktik qurilishi jihatidan sodda, hammabopdir. Unda jumlalar ixcham, lo‘nda, fikr izchil tarzda bayon etiladi. Bu uslubda turli takrorlar, ideomalar, jonli so‘zlashuvga xos holatlar ishlatiladi.
Gazeta publitsistikasi publitsistik uslubning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Gazeta publitsistikasi ikki yo‘nalishdagi axborotlari bilan xarakterlanadi. Birinchidan, gazeta publitsistikasi ijtimoiy-siyosiy masalalarni aks ettirib boradi, ularga munosabat bildiradi. Biroq gazeta publitsistikasining mohiyatini ikkinchi yo‘nalish-kundalik, dolzarb axborotlarni berib borish tashkil etadi. Ana shu ikki xususiyatga ko‘ra gazeta publitsistikasi ham xabar, axborot berish, ham ta'sir etish vazifasini bajaradi.
Gazeta publitsistikasi lug‘aviy jihatdan turli sohalarni aks ettiradi. Unda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar bilan bir qatorda fan va texnikaning barcha ko‘rinishlariga oid atamalar, rasmiy uslubga xos so‘zlar, turli kasb-hunar atamalari, shuningdek, badiiy uslubga xos so‘zlar ham qo‘llaniladi. Demak, davrning ijtimoiy-siyosiy dolzarb masalalarini jo‘shqinlik bilan aks ettirish publitsistik uslubga xosdir.
Tarixiy yoki boshqa har xil dalillarni nutqqa kiritib, mantiqiy umumlashmalar chiqarish yoki bu ishni tinglovchiga havola etish, fosh etilgan shaxs yoki hodisalar ustidan kinoya, kesatiq, piching hamda qochiriqlar qilish, ritorik so‘roq gaplardan foydalanish publitsistik nutqni jonli, ta'sirchan, hayajonli qiladi. Shuni aytish kerakki, har bir publitsistik nutq albatta shulardangina iborat bo‘ladi degan gap emas. Publitsistik nutqda muallif voqyelikka nisbatan faol munosabatda bo‘ladi.
Publitsistik asarlarning (masalan, xabar, reportaj, korrespondensiya, maqola, ocherk, felyeton, pamflet, bosh maqola va boshqalarning) uslubiy chegaralanishi ularning alohida lisoniy belgilariga ega ekanligida ko‘rinadi.
Adabiy tilning boyishida publitsistik uslubning roli katta. Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targ‘ib qilish va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi orqali kishilar ongiga ko‘proq ta'sir etadi.
Bu uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik markaziy o‘rinlardan birini egallaydi, ya'ni qisqa, lo‘nda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi.
Publitsistik uslubning o‘ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, unda ba'zi grammatik vositalar, ravishdosh, sifatdosh oborotlar fe'lning shart mayli shakllarining almashib ishlatilishi, ritorik, murojaat, undov, bir tarkibli gaplarning qo‘llanilish darajasi boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan ustunroq.
Publitsistik uslubning xarakterli belgilaridan biri nutqning ko‘pincha I shaxs nomidan ifodalanishidir.
Publitsistik uslub leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan ajralib turadi. O‘ziga xos ko‘chma ma'noli so‘zlar, ya'ni metaforalar, epitetlar, o‘xshatishlar, salbiy va ijobiy ma'noli so‘zlar, tantanavor so‘zlar publitsistik uslubning leksik xususiyatidir. Morfologik xususiyatlari so‘z yasalishida ko‘zga tashlanadi. Bunda boshqa tildan qabul qilingan so‘zlar tarkibi o‘zbek tilidagi qo‘shimchalar bilan almashtiriladi: sportchi, dildosh, tilshunos; - lik qo‘shimchasi bilan so‘z yasash ham anchagina: ilg‘orlik, omilkorlik, hamkorlik, faollik, bunyodkorlik, ishchanlik, unumdorlik.
Publitsistik uslubning sintaktik jihatlariga e'tibor beradigan bo‘lsak, so‘roq gaplar, uyushiq bo‘lakli gaplar, undov gaplar, kirish bo‘lakli, kirish qurilmali gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar keng qo‘llaniladi.

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling