Publitsistik uslubning asosiy jihatlari
Publitsistik uslub-ning qo‘llanilish doirasi
|
Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarda; gazeta, jurnallarda foydalaniladi.
|
Nutqning vazifalari
|
Xabar berish, ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotni o‘quvchi, tinglovchiga bir vaqtning o‘zida ta'sir qilish yo‘li orqali uzatish
|
Uslubiy xususiyatlari
|
Mantiqiylik, obrazlilik, hissiylik, baho berish, da'vat etish, jo‘shqinlik, hammabop, ya'ni hamma tushunadigan
|
Til vositalari
|
a) ijtimoiy-siyosiy leksika;
b) epitetlar, qiyoslash, metafora, leksik takrorlar, gradatsiya, frazeologizmlar (iboralar);
v) buyruq va so‘roq gaplar;
g) ritorik so‘roq gaplar;
d) yoyiq murojaatlar
e) kirish so‘zlar, sifatdosh va ravishdosh oborotlar, murakkab sintaktik konstruksiyalar.
|
Publitsistik janrlar
|
Gazeta va jurnallarda maqolalar, ocherk, reportaj, felyeton, oratorlik nutqi, sud nutqi, radio, televideniye, majlislarda chiqish, ma'ruzalar.
|
Uslubning asosiy belgilari
|
Obrazlilik, aniqlik, to‘g‘rilik, ishonchlilik, mantiqiylik, hissiylik, baho berish, asoslilik, da'vat etish, dalillarning aniqligi, jo‘shqinlik, hammaboplik.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |