4v yoldosheva


Download 0.78 Mb.
bet1/28
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1745369
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
2 5341416234921509838




MUNDARIJA

KIRISH.ISHNING UMUMIY TAVSIFI………………………………….


I BOB. GRADUONIMIYA HAQIDA MA’LUMOT……………………..


1.1. So‘zlararo ma’noviy munosabat. O‘zbek tilida fe’l leksemalarida
graduonimiya…………………………………………………………………


1.2. O‘zbek tilida graduonimiya hodisasining tadqiqi……………………….


II BOB. FE’LLARDA DARAJALANISH………………………………..


2.1. Harakat fe’llarida darajalanish………………………………………….


2.2. Holat fe’llarida darajalanish…………………………………………….












Xulosa……………………………………………………………………….


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………….



KIRISH.
D olzarbligi. Uzoq yillar davomida so‘zlararo ma’noviy sistem munosabatlar ma’nodoshlik va zid ma’nolilikni o‘rganish bilan cheklanib qoldi. Keyingi paytlarda bu xil munosabatlar doirasi giponimik1 munosabatlarni ajratish bilan kengaytirildi va graduonimik kabi ma’no munosabat turlari ham lisoniylug‘aviy tizimda mavjudligi taxmin etildi. Tadqiqotimiz shulardan graduonimik munosabatlar masalasini o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: “Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanishi doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgan jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda”2. O‘zbek tilida fe’llardagi lug‘aviy graduonimiya ham ona tilimizning yangi-yangi qirralarini ko‘rsatib berishga xizmat qiladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir”3 – deb ta’kidlaganlaridek, tilda har bir millatning o‘zligi, ruhi namoyon bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, xalqimiz o‘zining boy va ko‘hna tarixiga, madaniyati va ma’naviyatiga, san’ati va adabiyotiga ega bo‘lib, ming yillar davomida shakllanib, rivoj topib kelmoqda. Bunday tarix va merosga ega o‘zbek xalqining orzu umidlari, urf-odat va an’analari, qadriyat va qarashlari, madaniyati va ma’naviyati betakror va jozibali tilida yashab, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ulug‘ allomalarimiz ta’kidlaganidek tilda millat, uning orzu-umidlari yashaydi.
Tilda til egalarining butun borlig‘i mujassam tarzda namoyon bo‘ladi. Ulug‘ va oqil dono ajdodlarimizning buyuk kashfiyot, pand-nasihat va hikmatli so‘zlari, hayot haqidagi qarash va saboqlari, barkamollikka undovchi da’vatlari ana shu tilimiz orqali bizgacha yetib keladi.
Bugungi kunda o‘zbek tilida fe’l leksemalarining darajalanishini o‘rganish, talqin etish kerakligi sezilmoqda. Chunki o‘zbek tilining so‘z boyligi har bir so‘zningo‘z o‘rnida qo‘llanishi, so‘zlardagi joziba va betakrorlikni ta’minlaydi.
Fe’llardagi darajalanish ma’no nozikliklarini ko‘rsatish bilan bir qatorda tilimiz boyligini ham yana bir bor ko‘rsatib berishga xizmat qiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling