4v yoldosheva


Download 0.78 Mb.
bet2/28
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1745369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
2 5341416234921509838

Ilmiy ishning maqsadi: Ilmiy ishning asosiy maqsadi o‘zbek tilidagi fe’llarning darajalanish hodisasini ko‘rsatish va hali o‘rganilmagan, yechimini kutayotgan muammolarga bir qadar oydinlik kiritish. Shuningdek, fe’l leksemalarining darajalanib borishidagi qo‘llanish doirasini o‘rganish va aniqlik kiritish. So‘zlar orasidagi ma’noviy munosabatni, ular orasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ko‘rsatib berishdan iborat.
Ilmiy ishning vazifalari. Tadqiqot oldiga qo‘yiladigan vazifalar
quyidagilardan iborat:

  • o‘zbek tili lug‘aviy tizimida shu vaqtgacha maxsus o‘rganilmagan so‘z ma’noviy munosabatlari orasida graduonimik lug‘aviy qatorlarni ajratish;

  • fe’l so‘z turkumining ham o‘zaro ichida graduonimik munosabati mavjudligini ko‘rsatish;

  • graduonimik munosabatlarda turgan fe’llar qatorlarining sinonomik, antonomik munosabatlarda turgan so‘zlarninig aloqasi va farqini ko‘rsatish; - uslubiy bo‘yoq ma’nolarida darajalanish hodisalarini o‘rganish.

Ishning ilmiy yangiligi. Graduonimik qatorlarning bir lug‘aviy ma’no guruhi ichida so‘zlarning bitta yetakchi so‘z atrofida birlashishini belgilash; ma’lum bir belgining turli darajalanishi asosida zidlanuvchi so‘zlar sirasida ularning mavjudligini ko‘rsatish; graduonimik qatorlarning sinonimiya, antonomiya masalasini qo‘yish.
Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur ish o‘zbek tili leksikografiyasi va semasiologiyasi bo‘yicha yoziladigan zamonaviy qo‘llanmalar tuzishda material bo‘lib xizmat qiladi. Lug‘aviy darajalanishning ilk bosqichidagi tadqiqi graduonimik munosabatlarning so‘zlar doirasi bilan cheklanmasligi, balki ular butun lisoniy tizimni qamrab olishi haqida aytishimiz mumkin.
Ishning tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. GRADUONIMIYA HAQIDA MA’LUMOT
1.1. So‘zlararo ma’noviy munosabat. O‘zbek tilida fe’l leksemalarida

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling