Tayyorlanmoq, taraddudlanmoq, otlanmoq, yo‘lga chiqmoq.
Tayyorlanmoq fe’li bilan boshlanuvchi darajalanish qatori yo‘lga chiqmoq fe’li bilan nihoyalangan va ma’no darajasi kuchayib bormoqda.
Tayyorlan, kechga yo‘lga tushamiz.
Vaqtida keldiz, endi ketishga taraddudlanayotgandim.
Qatlamalar qatlanibdi
Kelin bola otlanibdi, yor- yor- yorey, Otlanibdi.
Hamma narsasini yig‘ishtirib, yo‘lga chiqdi.
Siljimoq, qimirlamoq, qo‘zg‘almoq
Siljimoq fe’li bilan boshlanuvchi darajalanish qatori qo‘zg‘almoq fe’li bilan yakunlanyapti bunday darajalanish qatorini tuzganimizni izohlash uchun izohli lug‘atdagi bu so‘zlarning ma’nosiga to‘xtalib o‘tishni joiz ko‘rdik; siljimoq- joyidan qo‘zg‘almoq, jilmoq ma’nosida qo‘llanadi, qimirlamoq esa o‘rnidan qo‘zg‘alish ma’nosida qo‘llansa, qo‘zg‘almoq fe’li o‘rnidan turmoq yoki siljimoq ma’nosida qo‘llanar ekan.
Bundan shu narsa ko‘rinadiki bu fe’llarning qo‘llanilish darajasi graduonimik qatorga qarab o‘sib bormoqda.
Singlim, stulingizni ozgina siljiting.
Yoshi kattalarni ko‘rib ham o‘rnidan qimirlay demaydi.
Oshxonada odamlar uymalashib, chop-chop bo‘lib qolganini ko‘rib o‘tirgan Kamoliddin yuragini vahm bosib, rangi o‘zgardi; bo‘ynini cho‘zib o‘sha tomonga qarab turdida, oxiri sekin o‘rnidan qo‘zg‘alib, oshxonaga qarab ketdi. ( O‘ktam Usmonov“Yana kelgan baxt”)
Yomon ko‘rmoq, nafratlanmoq, jirkanmoq.Bu darajalanish qatoridaa ham ma’no shunday kuchayib borganini kuzatamiz.
Nega tushunishmaydi axir, menga bunaqa mulozamatlar yoqmaydi.
Men seni qanchalik yomon ko‘rishimni tasavvuringning bir chetiga ham sig‘dirolmaysan.
Ayol bu erkakning gaplaridan ijirg‘anib ketdi.
O‘tgan umrini eslab ayol butun hayotidan o‘z-o‘zidan, o‘zini qamrab turgan jamiyatdan nafratlandi.
Tur yo‘qol, sendan jirkanam!.
Do'stlaringiz bilan baham: |