4v yoldosheva


Download 0.78 Mb.
bet17/28
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1745369
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
2 5341416234921509838

Esdan chiqarmoq, unutmoq. Bu fe’llar anglatgan umumiy ma’no yodidan, xotirasidan ko‘tarilmoq ma’nosi bo‘lsada, bu fe’llarda ham darajalanish kuzatiladi va ularni quyidagicha darajladik hamda fikrimizni misollar bilan ko‘rsatishga harakat qildik.
Men sen haqingdagi barcha xotiralarni allaqachon esimdan chiqarganman.
Maktab yotqxonasida o‘tkazgan birinchi tunimni hanuz
unutolmayman.(G.Ernazarona, Tiyramoq tushlari.)
Achinmoq,afsuslanmoq, pushaymon qilmoq.
Bu fe’llar afsuslanish ma’nosini o‘zida umumiy ma’no sifatida saqlasa-da, lekin baribir ma’noning past darajadan yuqori darajaga ko‘tarilib borishini ko‘ramiz, buning aniqroq ifodasini misollardan anglashimiz mumkin.
Bugun uning uchun dunyo faqat oq va qora ranglardangina iborat, endi u hech kimni sog‘inmaydi, hech kimga achinmaydi (doimiy sog‘inch ham oxir-oqibat odamni bag‘ritosh qilib qo‘yarkan)(G. Ernazarova, Tiyramoq tushlari)
Quvonmoq, xursand bo‘lmoq, mamnun bo‘lmoq. Bu fe’llar quvonch ma’no bo‘yog‘i bilan umumiylikni tashkil qilsada, lekin ko‘tarinkilik ruhi oshib boradi va bu darajalanish qatorini tashkil qiladi.
Seni ko‘rganda quvonchdan ko‘zlari chaqnaydi, negaki, u seni sevadida.
Ko‘zlaring menikiga o‘xshaydi. Dadangga o‘xshash og‘ir, bosiq, vazmin ekaningdan xursandman.
Bundoq o‘ylab qarasam, u meni “aybni bo‘ynida” bo‘lib uydan chiqib ketishimni, daydi- “bomj” ga aylanishimni poylaganga o‘xshaydi. Men ahmoq esa uning bu ‘jonkuyarlik”laridan mamnun edim.
Aybidan o‘tmoq, kechirmoq.
Bu fe’llar uchun umumiy ma’no nuqson,qusur,kamchiligidano‘tmoq bo‘lsada, lekin bu fe’llar orasida nozik ma’no farq bor. Ya’ni ma’no bir fe’ldan ikkinchisiga qarab kuchaymoqda. Bu fe’llardagi darajalanish qatorini tashkil qiladi.
U shunday toza ko‘ngilli qiz ediki, hammaning aybidan o‘tdi.
Istaganingdan ortig‘ini bilolmasam,tiyiqsiz xohishlarim burch va mas’uliyat otlig‘ zanjirlar bilan kishanlabtashlangan, ehtirosim jilovi nomusning qo‘liga tutqazib qo‘yilgan,tamoman begona, yot bir umrda yashayotgan bo‘lsam ham sizni kechirayotgandayman.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling