Umid qilmoq, xomtama bo‘lmoq.
Bu fe’llarning umumiy ma’nosi nimagadir ko‘z tikmoq shundan umid qilmoq bo‘lsa-da, lekin unmaydigan narsani umid qilmoq, qo‘lga kirar deb behudaga ishonmoq ma’nosi tomon ketadi va shunga qarab darajalanish qatoriga joylashtiriladi.
Sen biz bandalaringnibadxulqligimiz, xunxo‘rligimiz, ochko‘zligimiz, dilozorligimiz, zinokorligimiz, iymoni zaifligimiz uchun jazolaysan; biz gumrohlar esa sening yana avf etishingdan umidvor takror va takror gunoh so‘qmoqlaridan yuramiz, g‘azabingdan qutulib qolarman deya umid qilamiz.(G.E, Tiyramoq tushlari.)
U menga qilgan bu yaxshiligi evaziga sizdan nimadir xomtama bo‘lyapti.
Tortinmoq, uyalmoq.
Bu fe’llar uyalib, begonasirab yoki biror boshqa andisha bilano‘zini tortib, tiyib turmoq, iymanmoq ma’nosini beradi.Darajalanish qatori ortib bu fe’llar ma’nosi kuchayadi.
Saida sendan juda tortinadi-da.
Agar men shavqatsiz aqlimga quloq solsam, u qo‘yayotgan sanoqsiz chegaralarni buzmasam,qalbni muhabbat yog‘dulari-la munavvar etmasam,shundog‘am rangsiz kunlarim butunlay qora bo‘lmaydimi, aqlimning amr-u ma’ruflari tufayli o‘zimni aybdor bilib, farzandim, tug‘ishganlarim oldida yelkamni qisib, hislarimdan uyalib, boshimni egib yurmaymanmi?(G.E, Tiyramoq tushlari)
Ajablanmoq,taajublanmoq, hayratlanmoq.
Bu fe’llar hayratda qolmoq,hayron bo‘lmoq ma’nosi asosida birlashsa-da, darajalanish qatori tomon ma’no oshib boradi.
Nega ajablanasan?
Sening bu ishlaringga taajjublandim, to‘g‘risi.
Yo, Razzoq,seni umid qilib, hayratlanib va hatto anglamay sevaman, biroq qo‘rqib sevsam ishonma, bu sevgimdan quvonma, qo‘rqsam aldayman, aldasam do‘st bo‘lolmayman.
Tusamoq, xohlamoq, istamoq.
Biror narsaga ko‘ngli sus ketmoq ma’nosi asosida birlashuvchi fe’llar ma’noning kuchlilik pastlilik darajasiga ko‘ra farqlanadi. Buni biz misollar orqali ham kuzatishimiz mumkin.
Bor-yo‘g‘i yashayapman, ixtiyoring o‘zingda deysan-u, imkon bermaysan, negadir yolg‘izlik tusadi, unga intildim.
Sizni baxtli bo‘lishingizni xohlayman.
Azoblardan qutqarishga qodir xaloskorim- o‘lim tanamga muhrini qo‘yishni istadim. (G.E, Tiyramoq tushlari)11
Do'stlaringiz bilan baham: |