Yo‘qolmoq, dom daraksiz ketmoq. Bu fe’llar g‘oyib bo‘lmoq ma’nosida kelsada, yo‘qolmoq,qayergadir ketmoq,ko‘zdan g‘oyib bo‘lmoq ma’nosini ifodalaydi, dom-daraksiz ketmoq esa hech qanday xat, xabarsiz g‘oyib bo‘lmoq ma’nosini ifodalaydi. Shunga asoslanib ushbu darajalanish qatorini tuzdik.
Hech narsadan hech narsa yo‘qolib qoldi.
Sen ham o‘sha vaqtda, menga kerak vaqtingda dom daraksiz yo‘qolding.
Anqaymoq, dovdiramoq, garangsiramoq.
Bu fe’llar biror nimadan dovdirab qolmoq ma’nosini bildirsa-da, lekin ma’noda kuchayib borish kuzatiladi.
U meni ko‘rib anqayib qoldi.
U mendan bunday gapni kutmagani uchun dovdirab qoldi.
U hech nima bo‘lmaganday garangsiradi.
Yo‘ldan ozmoq,xato qilmoq,adashmoq.
Qirqiga chidagan qirq biriga chidamay katta xato qildim.
Seni kim bunday ishga boshlab yo‘ldan ozdirdi.
Men adashdim, adashganimni tan olayotganimni o‘zi o‘layotganimdir.
Bo‘shamoq, huvillamoq.
Bo‘shamoq fe’li biror uy yoki joy,biror narsa yoki kishidan xoli bo‘lmoq ma’nosini ifodalaydi, huvillamoq bo‘lsa boshagandan keyin kimsasiz bo‘lib qolganini, fayzsiz hech kimsiz bo‘lib qolganini bildiradi, bundan shu narsa yaqqol ko‘rinadiki, bu fe’llarda ma’no kuchayib bormoqda va darajalash o‘rinli.
Yuragim sensizlikdan bo‘shab qoldi.
Uy sen ketgandan keyin tinchib qoldi.
Qalbimni ishq bog‘i etdim, biroq unda sizning boltangiz sayr qildi, oqibat bu bog‘ mozor yanglig‘ huvillab yotipti, uvillab yotibdi….
Qarashmoq, yordam bermoq, madad bermoq.
Bu fe’llar kimgadir yordam bermoq umumiy ma’nosi ostida birlashsa-da, lekin ma’noda kuchsizdan kuchliga tomon siljish bor.
Menga ish reja tuzishda qarashib yubor.
Uy yumushlarida menga yordam ber.
Meni bu qiynoq va azoblardan nohaq tuhmatlarga chidashimga madad ber, Ollohim!
Charchamoq, holdan toymoq.
Charchamoq fe’li biror ishdan charchash ma’nosida qo‘llansa, holdan toymoq esa juda charchab ketgan holsizlangan ma’nosini beradi va bu darajalanish qatori o‘rinli degan xulosaga kelamiz.
Charchadingmi, qarog‘im?,Uxla qizim, onang ham charchagan, uxlasin- dedi momom.
Bu gap so‘zlar odamni holdan toydirar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |