5- amaliy mashg’lot. Elektron tarozi yordamida barglardagi kunlik transpiratsiya jadalligini aniqlash
Download 198.48 Kb.
|
5- Fiz.amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Peridermal transpirasiyada
Kutikulyar transpiraysiyada barg og’izchalari ochiq holatdaligida kutikulyar transpiratsiyaning miqdori juda kam bo’ladi. Ammo qurg’oqchilik sharoitda bo’lgani kabi labchalar yopiq bo’lganda kutikulyar transpiratsiyaning miqdori katta bo’lib, 50% gacha yetishi mumkin. Ammo kutikulyar transpiratsiyaning miqdori barglarning yoshiga ham bog’liq, masalan, yosh barglarda kutikulyar transpiratsiyaning darajasi umumiy miqdordan ~50% bo’lsa, etuk barglarda ushbu ko’rsatkich ~10%. Barglar qarib borishi bilan kutikulalar darz ketib yemirila boshlaydi va kutikulyar transpiratsiyaning miqdori ham birmuncha ortishi mumkin. Kutikulyar transpiratsiyaning eng yuqori miqdori labchalar doimo ochiq holatda bo’lgan, suvda suzib yuruvchi o’simliklarda kuzatiladi. Ulardagi umumiy transpiratsiyaning miqdori 180-400 mg/sm2 soat bo’lsa, kutikulyar transpiratsiyaning miqdori ~50%. Shuni aytib o’tish lozimki, tropik o’rmon daraxtlarida kutikulyar transpiratsiya bo’lmaydi. O’simliklarda suvning bug’lanishi qisman darajada kurtaklar va meva organlaridan ham bug’lanishi mumkin. Masalan, kungaboqar savatchasidan, ko’knori ko’sagidan va qalampir mevasidan shu o’simliklarning barglarining bir birlik yuzasiga nisbatan ancha ko’p miqdorda suv bug’lanishi kuzatiladi.
Peridermal transpirasiyada daraxtlarning po’kaklangan qobig’idan ham oz miqdorda bo’lsada, suv bug’lanib turadi. Bu suvning miqdori daraxtlarning turiga xos bo’lgan peridermalarning tuzilishiga, qobiqdagi yoriqlar va yasmiqchalarning o’tkazuvchanligiga bogliq. Masalan, qoraqayin, yel, qarag’ay daraxtlarining po’stlog’i silliq va pishiq bo’lganligi tufayli, terak, dub, chinor va qarag’ay daraxtlari po’stloqlariga nisbatan kam suv yo’qotadi. Ayrim hollarda, ayniqsa qish faslida poya va novdalardan ko’p suv yo’qotganligi sababli daraxtlar suvsizlanadi va qurib qoladi. Transpiratsiyaning kunduzgi kechishi ko’p hollarda kormofilarda quyidagi ketma-ketlikda kechadi: yorug’lik boshlanishi bilan ustitsalarni fotofaol ochilishi bilan boshlanadigan transpiratsiya, so’ng u ustitsalarning to’liq ochilishigacha davom etadi. Bu 1m2 barg sathidan 1 soat davomida bug’latilgan suv grammlar hisobidagi miqdoridir. Transpiratsiya jadalligiga yorug’likning ta'siri anchagina kattadir. Masalan, ko’pchilik hollarda yorug’likda, ya'ni kunduzi bu kursatgich 15-250 g/m2 bo’lsa, kechasi 1-20 g/m2 ga tengdir. Makkajo’xorida jazirama issiq kunlari transpiratsiya jadalligi 45-120 g/m2 soatni tashkil qiladi. Shuningdek, barglardagi transpiratsiya jarayonining jadalligiga shamolning ta'siri ham katta. Masalan, shamolning tezligi 6-8 m/soniya darajasigacha transpiratsiya jadalligi ortib boradi, lekin shamol tezligining bundan ortishi uning borishiga ta'sir qilmaydi. Transpiratsiya jadalligiga tuproq qurg’oqchiligi ayniqsa katta ta'sir qiladi. Transpiratsiyaning unumdorligi bu 1000 gr suv sarflaganda hosil bo’ladigan organik moddaning miqdoridir. Ko’pchilik o’simliklarda ushbu ko’rsatgich 2-3 g, ya'ni, o’simlik tanasi orqali oqova suvning 99,8% transpiratsiyaga, qolgan 0,2% esa organik moddalarnig sinteziga sarf bo’ladi. Transpiratsiya natijasida yuzaga kelgan so’rish kuchining kattaligi o’simlik turiga va xiliga bog’liq. Daraxtlarda bu kuch ildiz bosimidan bir necha marta yuqori bo’lsa o’t o’simliklarida aksincha, ildiz bosimi yuqori bo’ladi. Transpiratsiya jarayoni tufayli, o’simlik tanasining harorati atmosfera haroratidan pastroq bo’ladi. Cho’l, sahro va dasht o’simliklarining tanasi harorati soyadagi o’simlikga nisbatan 5-60C yuqori bo’ladi va fotosintez uchun qulay sharoit tug’diradi. Barg og’izchalari ochiq bo’ladi (3-jadval). Download 198.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling