5- amaliy mashg’lot. Elektron tarozi yordamida barglardagi kunlik transpiratsiya jadalligini aniqlash
Download 198.48 Kb.
|
5- Fiz.amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transpiratsiya jarayoni ikki bosqichdan iborat
5- Amaliy mashg’lot. Elektron tarozi yordamida barglardagi kunlik transpiratsiya jadalligini aniqlash O’simliklar tomonidan shimilgan suvning aksariyat qism bug’langan suv ko’rinishida (transpiratsion suv-transpiratsiya) ajratib chiqariladi, suvning bir qismi esa o’simlikning kattalashiga xiazmat qiladi (o’sish suvi). Transpiratsiyaning o’simlik hayotidagi o’rni, xillari va uning natijasida sodir bo’luvchi fiziologik jarayonlari, shuningdek, ontogenez davrida suv muvozanatining ahamiyati, uni bevosita o’simliklarning hosildorligiga bog’liqligi, transpiratsiyaning kamaytiruvchi fiziologik faol moddalar va polimerlar haqida ma'lumotlar keltiriladi. O’simlikning yer ustki organlari orqali suvni bug’lanishi transpiratsiya deb ataladi. Transpiratsiya muhim fiziologik jarayon bo’lib, barglar asosiy transpiratsiyalovchi organdir. Suv bargdan barg og’izchalari orqali bug’lanadi buning natijasida esa barg hujayralarida suvning miqdori kamayadi va uning so’rish kuchi oshadi. Bargning plastinkasimon tuzilishi, fotosintez va transpiratsiya uchun qulaylik yaratadi. Qoplovchi to’qima-epidermis hujayralarining oralig’ida barg og’izchalari mavjud. O’simliklarda ular ko’pchilik hollarda bargning pastki epidermisida, barg plastinkasining yuqori yoki ikki yon tomonlari bo’ylab joylashishi mumkin. Epidermis - kutikula qavati va tukchalar bilan qoplangan. Transpiratsiya jarayoni ikki bosqichdan iborat: 1. Suvni barg tomirchalari orqali mezofil qavatiga o’tishi; 2. Mezofil hujayralari devorida bug’langan suvning oldin hujayralararo bo’shliqlarga, so’ng og’izchalar yoki kutikula qavati orqali atmosferaga chiqishi. Transpiratsiya natijasida umumiy bug’langan suvning 95-97% barg og’izchalari orqali, qolgan 3-5% kutikula orqali atmosfera havosiga tarqaladi. Ksilemadagi suvning harakati ustitsalar yopilganida ham sodir bo’ladi (masalan, kechqurun) va transpiratsiyani susayganida (havoning nisbiy namligi oshib ketganida). Ksilemadagi suvning harakati quyidagilar oqibatida yuzaga keladi: -Ildiz bosimi hosil bo’lganida; -Faol moddalar almashinuvi bo’ladigan organlarda, ayniqsa fotosintez faol kechayotgan va novdalardan o’sish suvini ilashtiradigan barglardagi kuchli musbat osmotik potensial bo’lganida; -Floemadagi suv oqimi, u suvning ichki aylanishi bo’lib uni yaqin vaqtda yadro-magnit rezonans uslubi yordamida tirik o’simliklarda aniqlangan. Bargning og’izchalar soni va ularning holati transpiratsiya jarayonining jadalligini belgilaydi. Barg og’izchalarining miqdori barg yuzasining 10 mm 2 da 500-5000 dona va undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Ko’pchilik hollarda suv yetarli sharoitda barg og’izchalari ochiq holda bo’ladi, suv kamayganida esa ular yopiladi. Ayrim o’simliklarning barg og’izchalari yorug’likda ochilib qorong’ulikda yopiladi. Kunning ertangi vaqtida og’izchalar kattaroq ochiladi, kunning o’rtasida o’simliklarning holati uni suv bilan ta'minlanishiga bog’liq, qorong’u tushishi bilan ular yopiladi. Transpiratsiya jadalligi sekinlashganida, hujayra oralig’idagi to’plangan namlik kutikulyar transpiratsiya orqali chiqariladi. Bu kutikulaning qalinligiga bogliq. Kutikula yupqa bo’lsa kuchliroq o’tadi, qalin bo’lsa sekinroq kechadi. Download 198.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling