Nishon – bu identifikator, qaysi kirish dastur matni qatorining birinchi bayt hotira manzili qiymati anglatadi;
Ism – identifikator, qaysi bir hil nomli direktivalarning ushbu direktivaning farqli belgisidir;
Operatsiya kodi(OPK) va direktiva – bu mashina buyrug’ining, makrobuyrug’ining va translyator direktivasining mos mnemonik belgilanishidir;
Operand – buyruq, makrobuyruq va assembler direktivasining qismi bo’lib, ular ustuda amal bajarish ob’ektlarni anglatadi. Assembler operandlari sonli ifoda, matnli konstanta, o’zgaruvchi identifikatori, nishon yoki tilning rezervli kalit so’zlari sifatida tavsiflanadi.
Assembler tilining dastur matnini kiritish uchun quyidagi belgilardan foydalanish mumkin:
1.Lotin alifbosining harflardan (A–Z, a–z). Ammo kompilyatorlar uchun katta va kichik harflar farqlanmaydi.
2.Arab raqamlari (0,1,2,3,4,5,6,7,8,9).
3.Maxsus belgilar (?, @, $, _, &).
4.Ajratgichlar (, . ; : [ ] ( ) < > { } + / * % ! ' " ? \ = # ^).
Assembler tilining asosiy operatorlari
1) Operator turlari haqida tushuncha
Har qanday algoritmlik dasturlash tili o’ziga mos operator turlariga ega. Assembler tili ham ozining tarkibiy qismida quyidagi operator turlariga ega:
1.Bajariluvchi operatorlar
2.Ma’lumotlarni aniqlash psevdooperatorlari
3.Makrooperatorlar
4.Izohlar
Bajariluvchi operatorlar translyator orqali mashina buyruqlariga o’zgartiriladi. Assembler tilining bitta bajariluvchi buyruq bitta mashina buyruqqa mosdir. Dasturlash tillarning barcha bajariluvchi buyruqlar quyidagicha guruhlanadi:
Ma’lumotlarning qayta ishlash operatorlari;
Boshqaruvni uzatish opratorlari.
Ma’lumotlarning qayta ishlash opratorlari hotira maydon (operativ hotira katakchalari, registrlar yoki bayroq-maydonlari) qiymatlariga ta’sir o’tkazsa, boshqaruvni uzatish opratorlari esa dastur bajarish jarayonini o’zgartirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |