5-§. Jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari va ularning ahamiyati


Download 17.7 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1241427
1   2   3   4
Bog'liq
asad jinoyat

NOTA BENE !
Jinoyat sodir qilish usuli – bu jinoyat sodir qilinayotganda aybdor tomonidan jinoyatni sodir qilishda ishlatiladigan aniq uslub va usullar yoki ularning birligidir.
Jinoyat tarkibining umumiy ta’rifi nuqtai nazaridan jinoyat sodir qilish usuli ikki ma’noda keladi:
– jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy va alternativ belgisi sifatida;
– obyektiv tomonining fakultativ belgisi sifatida.
Birinchi guruhdagi ma’no Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida aniq jinoyat turini tushunarli va aniq holda ta’riflaydi hamda uni boshqa jinoyatlardan ajratib, uni individuallashtiradi.
Ikkinchi – fakultativ ma’noda esa, jinoyat sodir qilish usuli qo‘shimcha ravishda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida nazarda tutiladi, xususan, JK 97-moddasi 2-qismi «d» bandida boshqalar hayotiga xavfli usulda odam o‘ldirish jinoyati yoki 244-moddaning birinchi qismidagi jinoyat.
Jinoyat sodir qilish quroli va vositasi – moddiy dunyo ne’matlari bo‘lib, ular yordamida shaxs jinoyat sodir qiladi, ya’ni jinoyatning nima yordamida sodir qilinishi ularning jinoyat tarkibi belgilariga qo‘shilishiga sabab, ular jinoyat sodir qilinishini yengillashtiradi, bu esa jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasini oshiradi. Ularning birgalikda o‘rganilishiga sabab esa, ularning bir butunni tashkil etishidadir. Jinoyat sodir qilish quroli jinoyat sodir qilish vositalarining bir qismi deyiladi. Qonunchilikdagi ko‘p joylarda ular bir kategoriyadek baholangan, masalan, jinoyat sodir qilish quroli va vositasi (JK 31-moddasi 2-qismi).

171
Ammo ular o‘rtasida farq ham bor. Jinoyat sodir qilishda jinoyat quroli va vositasini aniqlash va bir-biridan farqlashda qilmishning jinoyat-huquqiy ma’nosidan kelib chiqish, jinoyat sodir qilish uchun aynan qanday predmetning ishlatilishi, ya’ni bu qilmish jinoyat-huquqiy norma bilan taqiqlangan yoki yo‘qligini aniqlash lozim.


NOTA BENE !
Jinoyat sodir etish quroli – jinoyat sodir etishga ixtisoslashtirilgan va jinoyat sodir etishda bevosita ishlatiladigan moddiy dunyo predmeti.
Jinoyat sodir etish qurollari o‘qotar va sovuq qurollar, insonning turli ehtiyojlari uchun ishlatiladigan turli xil predmetlar bo‘lishi mumkin (lom, belkurak, ketmon va sh.k.). Bir so‘z bilan aytganda, bular hammasi shaxsning sog‘lig‘iga, shuningdek, JK bilan qo‘riqlanadigan boshqa obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan, shunga ixtisoslashtirilgan predmetlar.

Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling