5- laboratoriya ishi (2 soat) ko’pik beton tayorlash va asosiy xossalarini aniqlash


-ish. Ko‘pik beton tarkibini tanlash


Download 22.38 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi22.38 Kb.
#265671
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5366568353680853825

1-ish. Ko‘pik beton tarkibini tanlash

Ishning maqsadi issiqlikdan izolyasiyalovchi ko‘pik betonni berilgan xossa va foydalaniladigan hom ashyodan kelib chiqqan holda tarkibini tanlab, tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish.



Qorishma tarkibini tanlashda, ya’ni berilgan o‘rtacha zichlik va talab etilgan mustahkamlikda ko‘pik beton tayyorlashni ta’minlash uchun massa bo‘yicha uni tashkil etuvchilari nisbatidan kelib chiqadi. Qorishma tarkibi avvalo bog‘lovchini tejash va ko‘pik betonning xossalarini yaxshilash maqsadida tanlanadi.

Berilgan zichlik va siqilishga mustahkamlikdagi ko‘pik betonni tajriba yo‘li bilan tayyorlash uchun kremnezem komponent va bog‘lovchi modda S=Rk/Rbog‘, suv-qattiq (S/Q) nisbati va ko‘pik hosil qiluvchi sarfi nisbat bo‘yicha tanlanadi.

Ishni bajarish tartibi

Beton tarkibini tanlash. U quyidagi bosqichlardan iborat:


  1. Kremnezem komponent va bog‘lovchi modda orasidagi nisbat variantlarini tanlash;

  2. Suv-qattiq nisbatini aniqlash;

  3. Bir marta qorish uchun ko‘pik beton uchun materiallar sarfini aniqlash va quruq holda berilgan o‘rtacha zichlikdagi yangi tayyorlangan ko‘pik beton o‘rtacha zichligini nazariy hisoblash;

  4. Ko‘pik beton va undan namunalar tayyorlash;

  5. Berilgan tartib bo‘yicha namunalarga issiqlik bilan ishlov berish;

  6. Namunalarni sinash, optimal tarkibini aniqlash va 1 m3 ko‘pik beton uchun materiallar sarfini hisoblash.

Kremnezem komponent va bog‘lovchi modda orasidagi nisbatni tanlash. Bog‘lovchi modda va kremnezem komponent miqdori ko‘pikbetonning fizik-mexanik xossalari – o‘rtacha zichlik va mustahkamlikka katta ta’sir ko‘rsatadi.

Tashkil etuvchilar nisbatini noto‘g‘ri tanlash ko‘pik beton qorishmani cho‘kishga va buyumlar mustahkamligining pasayishiga olib keladi.

Tajribada qorishma tayyorlayotganda kremnezem komponent va bog‘lovchi modda nisbati (S) 1-jadvaldan tanlanadi.

1-jadval


Ko‘pik beton qorishmasi uchun S variantlari

Ko‘pik beton turi

S ning qiymati

1

2

3

4

5

Avtoklav bo‘lmagan portlandsement yoki aralash bog‘lovchili

0,5

0,75*

1,0

1,25

1,5

*Ko‘pik betonning har biri turi uchun S qiymatining afzalligi.

Dastlabki suv-sement nisbatini aniqlash. Beton tarkibini tanlayotganda S/Q nisbatini kerakli qovushqoqlikni ta’minlovchi optimal quyuqlikdagi ko‘pik beton qorishma olish sharoitidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ko‘pik beton qorishmaning optimal qovushqoqligiga nisbatan yuqori yoki past bo‘lishi g‘ovak hosil qiluvchini keragidan ortiq ishlatishga (ko‘pikni buzilishiga), bir qator holatlarda berilgan zichlikdagi ko‘pik beton olish imkonsizligiga olib keladi.



Optimal quyuqlikdagi ko‘pik beton qorishma tayyorlash uchun kerakli suv sarfi bog‘lovchi modda, kremnezem komponent turiga, ularning maydalik darajasi va nisbatiga, g‘ovak hosil qiluvchi turiga va ko‘pik betonning berilgan o‘rtacha zichligiga bog‘liq.


Download 22.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling