5- laboratoriya ishi (2 soat) ko’pik beton tayorlash va asosiy xossalarini aniqlash
Ko‘pik beton tarkibini tanlash namunasi
Download 22.38 Kb.
|
2 5366568353680853825
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llaniladigan talim texnologiyalari
Ko‘pik beton tarkibini tanlash namunasi
Vazifa. O‘rtacha zichligi 500 kg/m3, mustahkamligi 1,5 MPa bo‘lgan aralash bog‘lovchili (sement+ohak) ko‘pik kullibeton tarkibini tanlash. Dastlabki materiallar: Ko‘pik hosil qiluvchi. Ko‘pik hosil qiluvchini tayyorlash. Kley kanifol ko‘pik hosil qilgich quyidagicha tayyorlanadi. Massasi bo‘yicha 1:1 nisbatda 24 soat davomida namlangan elim (50 g) 1,5-2 soat davomida 40-45°S haroratda butunlay eriguncha isitiladi. Kanifol sovuni tayyorlash uchun 0,15 dm3 qaynab turgan natriy ishqoriga (1 dm3 suvga 166 g natriy ishqori qo‘shiladi) to‘xtovsiz aralashtirib turib, donalari o‘lchami 5 mm dan kichik bo‘lgan 250 g maydalangan kanifol qo‘shiladi. Bu aralashma 1,5-2 soat davomida bir xil rangdagi bo‘tqa hosil qiluvchi kanifol eriguncha qaynatiladi. Keyin 1:0,7 nisbatda elimli qorishmani oz-ozdan kanifol sovuniga quyib yaxshilab aralashtiriladi. Ishlatishdan oldin to‘yingan ko‘pik hosil qiluvchini ishlatishdan avval hajm bo‘yicha 1:5 nisbatda suv suyultiriladi. Bog‘lovchi. Aralash bog‘lovchidagi ohak miqdorini massa bo‘yicha 25% ga teng deb olinadi. Hisoblash tartibi. Kul va bog‘lovchi S ning nisbati 1-jadval bo‘yicha olinadi: 0,5; 0,75; 1,0; 1,25 i 1,5. Har bir S uchun Suttarda viskozimetrida S/Q nisbati aniqlanadi. Kerakli nisbatda 400 g kul, sementa va ohak aralashmasi tayyorlanadi. Masalan, S=1,25 bo‘lsa, aralashmada 133,5 g sement, 44,5 g ohak, 233 g kul bo‘ladi. Aralashma 180 g (S/Q=0,45) miqdorida suv bilan qotiriladi. Qorishma yoyilishini 19 sm deb olsak, ya’ni 2-jadval bo‘yicha keragidan kam. U holda dastlabki suv miqdorini 3-5% ga oshirib borib, qorishmaning kerakli yoyiluvchanligiga erishish mumkin. Quruq aralashmani 240 g suvda qotirganda qorishma yoyilishi 30 sm bo‘lsa, u holda S/Q nisbatining dastlabki qiymati 0,6 ga teng bo‘ladi. Materiallar sarfi (1)-(4) formulalar yordamida 2 dm3 (7x7x7 sm o‘lchamli uchta namunaga etadigan hisoblangan) qorishga hisoblanadi. Dastlabki S/Q nisbati uchun suv miqdori va undan ±0,002 va ±0,04 ga farq qiluvchilar uchun hisoblanadi. Masalan, S=1,25 bo‘lganda materiallar sarfi quyidagicha, kg: Bog‘lovchi Ohak Ro=0,4·0,25=0,1 Sement Rs=0,4-0,1=0,3 Kul Rk=0,4·1,25=0,5 Suv sarfi, dm3 s=(0,4+0,5) 0,6 (0,56; 0,58; 0,62; 0,64)=0,54 (0,5; 0,52; 0,56; 0,58). Ko‘pikning kerakli miqdori (5)-(7) formulalar yordamida beshta qorish uchun hisoblanadi S/Q nisbati=0,56; 0,58; 0,6; 0,62; 0,64. Masalan, S=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lsa, ko‘pik sarfi quyidagicha: Hajm, dm3: ; Massa, g: Km=1,26·50=63. 3-qismda hisoblangan materiallar bo‘yicha har biri 2 dm3 bo‘lgan 5 ta qorishma tayyorlanib ko‘pik bilan aralashtiriladi. Har bir qorish uchun qorishma zichligi (ρq, kg/dm3) va ko‘pik aralashma zichligi (ρs, kg/dm3) aniqlanadi va nazariy g‘ovakligi (9) formula yordamida hisoblanadi. Masalan, S=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lsa, nazariy g‘ovaklik . Eng katta g‘ovaklik bo‘lgan va cho‘kmagan li tarkib optimal deb qabul qilinadi. Optimal S ni aniqlash uchun S=0,5; 0,75; 1,0; 1,25; 0,55 ta qorishma tayyorlanadi. S/Q nisbati har bir qorish uchun avval optimal deb olingan S uchun qabul qilinadi. Har bir qorishdan berilgan tartib bo‘yicha issiqlik ishlovi berilgan 3 tadan namuna tayyorlanadi. Bug‘lash va massasi o‘zgarmaguncha quritilgandan so‘ng namunalar siqilishga sinaladi. Berilgan zichlikda ko‘pik bo‘tqaning cho‘kmagan va eng maksimal mustahkamlikka ega tarkib optimal hisoblanadi. Agar s=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lgan tarkib optimal bo‘lsa. U holda materiallar sarfi 1 m3 ko‘pik beton uchun (1)-(4) formula yordamida hisoblanadi: sement – 200 kg, ohak – 50 kg, kul – 250 kg, suv – 270 dm3. Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: kompyuter texnologiyalari, laboratoriya jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar); Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari: - Aqliy hujum, klaster, Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi: Ko’rgazmali qurol Proyektor Slayd Tarqatma material Download 22.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling