5- laboratoriya ishi (2 soat) ko’pik beton tayorlash va asosiy xossalarini aniqlash


Download 22.38 Kb.
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi22.38 Kb.
#265671
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5366568353680853825

P0=Vg‘ovak/Ki, (5)

bu erda: Vg‘ovak – formula bo‘yicha hisoblanadigan g‘ovaklar hajmi ( ), dm3.

, (6)

bu erda: V – ko‘pik beton hajmi, dm3;

Rs, Rk – ko‘pik beton hajmi V uchun sement, kremnezem komponent sarfi, kg;

ρk, ρsshu materiallar zichligi, kg/dm3: sement – 3,1, qum – 2,6;

V – ko‘pik beton tayyorlash uchun suv miqdori, kg.
Laboratoriya sharoitida ko‘pikni aniq olish uchun, uning o‘rtacha zichligini aniqlash lozim:

Pm=P0 ρko‘pik, (7)

bu erda: Pm – bir martali qorishma uchun ko‘pik sarfi, g;

P0 – hajm bo‘yicha bir martali qorishma uchun ko‘pik sarfi, dm3;

Ρko‘pik – ko‘pikning o‘rtacha zichligi, g/dm3.
YAngi tayyorlangan ko‘pik betonning nazariy zichligini hisoblash. YAngi tayyorlangan serg‘ovak betonning nazariy zichligini quruq holda berilgan zichligiga mos ravishda quyidagi formuladan hisoblanadi:

, (8)

bu erda: ρn – yangi tayyorlangan serg‘ovak betonning nazariy zichligi, kg/m3;

ρt – serg‘ovak betonning quruq holatdagi berilgan zichligi, kg/m3;

V/T – dastlabki S/Q nisbati;

Vp –1 m3 ko‘pik betonga ko‘pik bilan kiritilgan suv miqdori, dm3*;

K – 1,1 ga teng deb olinadigan bog‘langan suv hisobiga qotadigan quruq qorishma massasini ortishini inobatga oluvchi koeffitsient.

Tajribada ko‘pik beton qorishmasini va undan namunalar tayyorlash. Tajriba qorishmasini S ning bir necha variantida (har bir brigada bilan 5 suv-qattiq nisbati uchun) bajariladi. Qorishma uchun massa tarkibi (5.2)-(5.7) formulalardan hisoblanadi.

Har bir qorishma uchun qorishma zichligi aniqlanadi ρq, kg/dm3, shu bilan birga g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shilgandan keyin ko‘pik beton qorishma zichligi aniqlanadi ρya, kg/dm3.

Olingan qiymatlar bo‘yicha ρr i ρya, har bir qorishda g‘ovak hosil qilgich yordamida vujudga keladigan g‘ovaklikning haqiqiy kattaligi formula bo‘yicha hisoblanadi:

, (9)

bu erda: Rg‘ – ko‘pik beton uchun g‘ovak hosil qiluvchi sarfi, kg/dm3.

Har bir S uchun optimal S/Q nisbati belgilanadi. CHo‘kmagan va eng yuqori g‘ovaklikni ko‘rsatgan S/Q nisbati optimal hisoblanadi.

Kremnezem komponent va bog‘lovchi moddaning optimal nisbati S sonini o‘zgartirish (1-jadval bo‘yicha 5 ta qorish), suv-qattiq optimal qiymati va qorishma harorati bilan topiladi

Bu qorishmalar uchun g‘ovak hosil qiluvchi sarfini uning hisoblangan sarfini kerakli g‘ovaklikdagi Vpor g‘ovaklikka nisbatidan kelib chiqadigan, qorish natijasida, optimal S/Q bo‘yicha qabul qilingan K koeffitsientiga ko‘paytirib topiladi.

Har bir qorishmadan 3-6 ta namuna tayyorlanadi. Qoliplar yaxshi tozalangan va moylangan bo‘lishi kerak.
Ko‘pik beton qorishmasini tayyorlash. Hajmi 15 dm3 bo‘lgan ko‘pirtirgichli laboratoriya ko‘pik beton qorgichida ko‘pik tayyorlanadi. Ko‘pik hosil qilgichning suv qorishmasi miqdori, bir qorish uchun ko‘pik ko‘pirtirgich barabani hajmidan 5-6% olinadi, ko‘pirtirish vaqti 5-6 min. Keyin hisob bo‘yicha kerakli ko‘pikni tayyor qorishmaga to‘xtatmasdan aralashtirgan holda qo‘shiladi. Bir xil qorishma hosil bo‘lganda aralashtirish to‘xtatiladi.

Ko‘pik aralashma zichligi ρya ni 0,5-1 dm3 hajmli idishda o‘lchab aniqlanadi.

Namunalarni sinash va ko‘pik beton optimal tarkibini hisoblash. Qotgandan so‘ng namunalar qolipdan olinib, 105-110°S haroratda doimiy massagacha quritiladi va zichligi va siqilishga mustahkamligi aniqlanadi.



3 mm dan kam cho‘kkan va siqilishga kerakli mustahkamlikdan (ko‘pik betonning talab etiladigan zichligida) past bo‘lmagan namunalar tarkibi optimal hisoblanadi.

Ko‘pik beton tarkibini tanlash natijalari 3-jadvalga yoziladi.

Olingan natijalar bo‘yicha berilgan zichlikdagi ko‘pik betonning optimal tarkibi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Bu tarkib uchun 1 m3 ko‘pik betonga sarf bo‘ladigan materiallar sarfi hisoblanadi.

3-jadval


Ko‘pik beton tarkibini tanlash natijalari

Ko‘pik betonning berilgan o‘rtacha zichligi, kg/m3

Kremnezem komponent va bog‘lovchi moddaning nisbati, S

S/Q

Qorishma harorati, °S

Qorishma o‘rtacha zichligi, kg/m3

Ko‘pik qorishma o‘rtacha zichligi, kg/m3

Ko‘pik betonning nazariy o‘rtacha zichligi, kg/m3

Rs, MPa



















































Download 22.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling