5- laboratoriya ishi ishlab chiqarish joylaridagi tebranishni aniqlash. Ishning maqsadi


Download 90.5 Kb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1225793
  1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya ishi 5


5- LABORATORIYA ISHI
Ishlab chiqarish joylaridagi tebranishni aniqlash.
Ishning maqsadi: Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlarda yuzaga keladigan titrash turlari, ularning inson organizmiga salbiy ta`siri, titrash ta`siridan himoyalanish yo`llari bilan tanishish, titrashni o`lchash asboblari va usullarini o`rganish, titrash darajasini aniqlash va ish joyini baholash bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Mashg’ulot rejasi:
1. Umumiy ma`lumotlar
2. Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish va titrash ta`siridan himoyalanish yo`llari
3. Ishni bajarish tartibi
4. Hisobot tarkibi
Kerakli jihozlar: titrashni o`lchash laboratoriya qurilmasi (5.2.-rasm), vibrograf VR-1, titrash va shovqinni o`lchagich ИШВ-1, titrashni so`ndiruvchi materiallar:rezina, porolon, bir xil qalinlikdagi yog’och materiallar.
Topshiriqlar:
1.Titrash turlari, ularning inson organizmiga salbiy ta`siri va titrash ta`siridan himoyalanish yo`llari bilan tanishing.
2.Titrash darajasini o`lchovchi asboblarning tuzilishi va ish printsipini o`rganing.
3.Laboratoriya qurilmasidagi elektrodvigatel’ ishlashi ta`sirida yuzaga kelayotgan titrash darajasini aniqlang.
4. Quyida ko`rsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring.
Tayanch iboralar: Titrash, lokal va umumiy kasallanish, titrash tezligi, chastotasi, logarifmik miqdor, ruxsat etilgan miqdor, shaxsiy hmoya vositasi, profilaktik tadbirlar.
5.1. Umumiy ma`lumotlar
Titrash insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan bevosita yoki bilvosita muloqatda bo`lgan holatlarda ta`sir etadi. Titrashdan ba`zan ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishda ham foydalaniladi. Masalan, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning karshiligini kamaytirishda, ish unumdorligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini yaxshilashda va h.k.
Titrashlar transport, transport-texnologik va texnologik turlarga bo`linadi. Transport titrashlar harakatlanuvchi mashina yoki traktorlarda yuzaga keladi. Agar ushbu mashina yoki mashina-traktor agregati harakatlanish bilan bir vaqtda biror texnologik jarayonni bajarsa, bunday vaqtda yuzaga keluvchi titrashlar transport-texnologik titrash deb ataladi. Texnologik titrashlar qo`zg’almas mashina-mexanizmlar va qurilmalarda yuzaga keladi.
Insonni uzoq vaqtli titrash ta`sirida bo`lishi ikki xil, ya`ni umumiy va mahaliy (lokal) kasalliklarga olib keladi. Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so`ng boshlanadi. Bunda bosh og’rig’i, ko`rishni susayishi, tana haroratini oshishi kuzatiladi, oshqozon va yurak-tomir sistemasi ish faoliyatida salbiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Lokal ko`rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a`zolariga, masalan, qo`l yoki oyoqga ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda asab va suyak-bo`g’im sistemasining ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonning og’irligi kamayadi hamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi.
Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning me`yorlashtiriluvchi ko`rsatkichlari sifatida tebranish tezligining o`rta kvadrat miqdori va logarifmik darajasi qabul qilingan. Ular m/s yoki dB da o`lchanadi. Titrash tezligining insonga salbiy ta`sir darajasini boshlanishi Vo=510-8m/s deb qabul qilingan.
Titrash tezligi darajasining logarifmik mikdori quyidagicha aniqlaniladi,
Lv=20lg V/510-8 ,
bu erda V- titrash tezligining haqiqiy miqdori, m/s;
Titrash tezligining logarifmik miqdori , Lw(dB)

bu erda w- titrash tezlanishning haqiqiy miqdori, m/s2;

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling