5- laboratoriya ishi ishlab chiqarish joylaridagi tebranishni aniqlash. Ishning maqsadi
Download 90.5 Kb.
|
Laboratoriya ishi 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot rejasi
- Topshiriqlar
- Tayanch iboralar
5- LABORATORIYA ISHI Ishlab chiqarish joylaridagi tebranishni aniqlash. Ishning maqsadi: Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlarda yuzaga keladigan titrash turlari, ularning inson organizmiga salbiy ta`siri, titrash ta`siridan himoyalanish yo`llari bilan tanishish, titrashni o`lchash asboblari va usullarini o`rganish, titrash darajasini aniqlash va ish joyini baholash bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish. Mashg’ulot rejasi: 1. Umumiy ma`lumotlar 2. Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish va titrash ta`siridan himoyalanish yo`llari 3. Ishni bajarish tartibi 4. Hisobot tarkibi Kerakli jihozlar: titrashni o`lchash laboratoriya qurilmasi (5.2.-rasm), vibrograf VR-1, titrash va shovqinni o`lchagich ИШВ-1, titrashni so`ndiruvchi materiallar:rezina, porolon, bir xil qalinlikdagi yog’och materiallar. Topshiriqlar: 1.Titrash turlari, ularning inson organizmiga salbiy ta`siri va titrash ta`siridan himoyalanish yo`llari bilan tanishing. 2.Titrash darajasini o`lchovchi asboblarning tuzilishi va ish printsipini o`rganing. 3.Laboratoriya qurilmasidagi elektrodvigatel’ ishlashi ta`sirida yuzaga kelayotgan titrash darajasini aniqlang. 4. Quyida ko`rsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring. Tayanch iboralar: Titrash, lokal va umumiy kasallanish, titrash tezligi, chastotasi, logarifmik miqdor, ruxsat etilgan miqdor, shaxsiy hmoya vositasi, profilaktik tadbirlar. 5.1. Umumiy ma`lumotlar Titrash insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan bevosita yoki bilvosita muloqatda bo`lgan holatlarda ta`sir etadi. Titrashdan ba`zan ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishda ham foydalaniladi. Masalan, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning karshiligini kamaytirishda, ish unumdorligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini yaxshilashda va h.k. Titrashlar transport, transport-texnologik va texnologik turlarga bo`linadi. Transport titrashlar harakatlanuvchi mashina yoki traktorlarda yuzaga keladi. Agar ushbu mashina yoki mashina-traktor agregati harakatlanish bilan bir vaqtda biror texnologik jarayonni bajarsa, bunday vaqtda yuzaga keluvchi titrashlar transport-texnologik titrash deb ataladi. Texnologik titrashlar qo`zg’almas mashina-mexanizmlar va qurilmalarda yuzaga keladi. Insonni uzoq vaqtli titrash ta`sirida bo`lishi ikki xil, ya`ni umumiy va mahaliy (lokal) kasalliklarga olib keladi. Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so`ng boshlanadi. Bunda bosh og’rig’i, ko`rishni susayishi, tana haroratini oshishi kuzatiladi, oshqozon va yurak-tomir sistemasi ish faoliyatida salbiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Lokal ko`rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a`zolariga, masalan, qo`l yoki oyoqga ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda asab va suyak-bo`g’im sistemasining ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonning og’irligi kamayadi hamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi. Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning me`yorlashtiriluvchi ko`rsatkichlari sifatida tebranish tezligining o`rta kvadrat miqdori va logarifmik darajasi qabul qilingan. Ular m/s yoki dB da o`lchanadi. Titrash tezligining insonga salbiy ta`sir darajasini boshlanishi Vo=510-8m/s deb qabul qilingan. Titrash tezligi darajasining logarifmik mikdori quyidagicha aniqlaniladi, Lv=20lg V/510-8 , bu erda V- titrash tezligining haqiqiy miqdori, m/s; Titrash tezligining logarifmik miqdori , Lw(dB) bu erda w- titrash tezlanishning haqiqiy miqdori, m/s2; Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling