5- laboratoriya mashguloti. Insonda turli shartsiz reflekslarni kuzatish. Uzunchoqmiya, o’rtamiyavamiyachareflekslarinikuzatish Baqa uzunchoq miyasida funktsiyallr joylanishini aniqlash


Download 109.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.02.2023
Hajmi109.99 Kb.
#1203222
1   2   3
Bog'liq
laboratoriya ishi-5

Ish uchun kerakli jihozlar: sekundomer, elektr qo`ng`iroq, ko`zga havo 
purkaladigan moslama.


Ishni bajarish tartibi. eksperementator bilan sinaluvchi kishi bir biriga qarama qarshi 
o`tiradi. Sinaluvchiga havo oqimi yuboriladigan nay o`rnatilgan ko`zoynak 
ramkasini (32 rasm) taqi-ladi. Nayning uchini esa ko`zning shox qavatiga to`g`rilab 
qo`yiladi. Hamma narsa tayyor bo`lgach, qo`ng`iroq chalinadi va uning ovoziga 
ko`z yumish bilan javob berilmasligiga ishonch hosil qilinadi. SHundan keyin 
qo`ng`iroq chalingach 1 – 2 sekund o`tar o`tmas rezina nokni qisib naydan ko`zga 
havo purkaladi. Tajriba 15 – 20 sekund oralatib 5 – 6 marta takrorlanadi. So`ng havo 
oqimi yubormasdan faqat qo`ng`iroq-ning o`zi chalinsa ham ko`z o`z o`zidan 
yumilaveradi. Demak, shartli refleks hosil bo`ladi. keyin refleksni so`ndiriladi, ya`ni 
yo`qotiladi. Buning uchun ko`zga havo purkamasdan bir necha marta faqat 
qo`ng`iroqning o`zi chalinadi. Sinaluvchi kishida uning ko`ziga necha marta havo 
purkalgandan keyin refleks hosil bo`lganini va necha marta faqat qo`ng`iroqning 
o`zi chalingandan keyin u yo`qolganini yozing.
Nazorat savollar. 
1. Qanday refleksga shartli refleks deyiladi ?
2. SHartsiz refleks shartli refleksdan asosan nimasi bilan farq qiladi ?
3. SHartli refleks hosil bo`lishida shartli va shartsiz ta`sir-lovchilar qanday ketma 
ketlikda berilishi kerak ? 
4. Tabiiy shartli reflekslar deb qanday reflekslarga aytiladi ?
2- ish. Odamda himoya shartli refleksini hosil qilish
Ishdan maqsad: himoya shartli refleksini hosil qilish va uni yana so`ndirish. Nazariy 
tushuncha. O`zini himoya qilishga bo`lgan shartli refle-kslar turli xil zararli 
ta`sirotlarga hosil bo`ladi. Ish uchun kerakli jihozlar: sekundomer, induksion 
g`altak, tok manbai, tok kaliti, elektrodlar, elektr qo`ng`iroq, sim. 
Ishni bajarish tartibi. Induksion tok zanjirini ishga tayyorlanadi. SHartli ta`sirlovchi 
sifatida qo`ng`iroq, shartsiz ta`sirlovchi o`rnida esa induksion tokdan foydalaniladi. 
Sina-luvchi kishi induksion g`altakning klemmalariga yaqin kelib o`tiradi va 
barmoqlarini elektrodlarga qo`yadi. Etarli ta`sirga ega bo`lgan, ya`ni sezilarli 
himoya reaksiyasini yuzaga keltiradigan tok kuchi tanlanadi. SHundan so`ng 
qo`ng`iroq ovozi berib barmoqlarga tok ta`-sir ettiriladi. Har ikkala ta`sirot 5 – 10 
cek davom etadi. Tajriba shu tariqa 5–6 marta takrorlanadi. So`ng faqat 
qo`ng`iroqning o`zi chalinganda ham himoyalanishi yuzaga keladi. Bu shartli 
refleks hosil bo`lganini ko`rsatadi. SHartli refleks hosil qilgach, uni so`ndirish 
tajribasi o`tkaziladi. Buning uchun bir necha marta shartli ta`sirot – qo`ng`iroq 
chalinadi, shartsiz ta`sirot – tok esa berilmaydi, binobarin shartli refleks o`z o`zidan 
yo`qolib ketadi. Sinaluvchi kishida necha marta ta`sirot berilgandan keyin shartli 
refleks hosil bo`lganini va necha marta faqat qo`ng`iroqning o`zi chalingandan keyin 
refleks so`nganini daftaringizga yozing.


Nazorat savollar 1. Nima uchun shartli refleksni vaqtincha refleks deyiladi ? 2. 
SHartli refleks qanday sharoitlarda so`nadi ? 3. SHartli refleks so`nish 
imkoniyatining qanday biologik ahamiyati bor. 

Download 109.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling