5- mavzu bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi reja


Bozor iqtisodiyotining kamchiligi shundaki, u o’zining bosh nazorat mexanizmi – raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi


Download 84.08 Kb.
bet7/11
Sana22.12.2022
Hajmi84.08 Kb.
#1041796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu

Bozor iqtisodiyotining kamchiligi shundaki, u o’zining bosh nazorat mexanizmi – raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi

Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qila­dilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’­sirining pasayib borishiga olib keladi.


Bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yaxshi texnologiya odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydala­nishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kompleksli, markaz­lashgan va bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish, ko’pincha ko’p miqdordagi mayda firmalar emas, balki uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyotining navbatdagi kamchiligi jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin, daromadlar tengsiz­ligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof etilgan kamchilik­laridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy iste’mol qili­nadigan ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining kamchiligi hisoblanadi va bu – pulning qadrsizlanishi – inflyatsiya bilan birga boradi.



  1. Download 84.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling