5- mavzu: Internet xizmatlaridan foydalanish, ma’lumotlarni izlash Internet
Download 53.58 Kb.
|
5-mavzu 6-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet xizmati turlari
- World Wide Web (WWW)
5- Mavzu: Internet xizmatlaridan foydalanish, ma’lumotlarni izlash Internet Internet - bu avvaldan qabul qilingan kelushuvlar asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi "tarmoqlararo" degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal), mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi bo'lib, o'zining alohida axborot maydoniga ega bo'lgan virtual (hayoliy, faqat kompyuter xotirasida mavjud bo'lgan) to'plamdan tashkil topadi. Internet xizmati turlari Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilma-xil bo'lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari yo'qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - WWW - elektron sahifa xizmati; - telekonferensiya (Usenet); - fayllarni uzatish (FTP); - slujba imen domen (DNS) (tarmoq hududlariga nom berish xizmati); - Telnet xizmati; - IRC - xizmati yoki Chat konferesiya; - Ma'lumotlarni izlash xizmati. World Wide Web (WWW) WWW Internetning eng ommalashgan axborot xizmatlaridan biri sanaladi.Hozirgi vaqtda internet xizmatining 90% ga yaqinini WWW xizmati tashkil etadi. Internetga acoc solingandan boshlab (1969 yil) WWW xizmati tashkil etilgunga qadar, internet sekin rivojlandi va 25 yil davomida bor-yug'i 2 millionga yaqin foydalanuvchiga ega edi, xolos. WWW xizmati tashkil etilgandan so'ng esa (1996 yil) hap yarim yilda internet foydalanuvchilarining soni 1,5 barobarga ortib bordi. Bugungi kunda internet tarmog’ining foydalanuvchilari soni 300 milliondan ortiq
Qidiruv tizimi — asosan kompyuterda, kompyuter tarmogida yoki butunjahon web tarmogida World Wide Web saqlanayotgan malumotlarni qidirishga mo’ljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema ma’lumotlar bazasi uchun kalit-so’zlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-so’z qatnashgan qidiruv so’rovnomasiga javob sifatida natijalar ro’yxatini ko’rsatish imkoni paydo bo’ladi. Qidiruv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli ma’lumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida kompyuter xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari, hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir · Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi ma’lumotlar strukturasi) Qidiruv so’rovnomalarini bajarish Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, ya’ni tushunarli shaklda ko’rsatish Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos. Download 53.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling