5- mavzu: moliyaviy natijalar to’G’risidagi hisobot
Download 157.32 Kb.
|
4 мавзу масалалар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromadlar
- Xarajatlar
5- MAVZU: MOLIYAVIY NATIJALAR TO’G’RISIDAGI HISOBOT Korxona daromadi va xarajatlarining tarkibi Yopuvchi o’tkazmalar Korxona daromadi va xarajatlarining tarkibi Daromadlar - hisobot davrida aktivlarni oshishiga yoki majburiyatlarni kamayishiga olib keluvchi iqtisodiy naflarning oshishidir. Daromadlarga mahsulot (ishlar va xizmatlar)ni, tovarlarni yoki boshqa aktivlarni sotishdan tushum, olinadigan foiz va dividendlar, ijara to’lovi, valyuta hisobvaraqlari bo’yicha musbat kurs farqlari, qaytarilmaydigan moliyaviy yordam va boshqalar kiradi. Buxgalteriya hisobida daromadlar pul mablag’lari o’tkazilgan paytda emas, balki haqiqatdan ularga erishilgan davrda tan olinishi (aks ettirilishi) lozim. Shu o’rinda, agar korxonaga xaridorlardan oldindan to’lov kelib tushsa, shu payt majburiyatlar paydo bo’ladi, tovar ortilgan, ya’ni daromad tan olingan paytda esa, ushbu majburiyatlar kamayadi. Agar korxona pul olmasdan turib tovarni yuklab jo’natsa ham daromad tan olinadi, tovarni yuklab jo’natish paytida xaridorlarni korxona oldida debitorlik qarzi vujudga keladi, ya’ni aktivlar oshadi. Xarajatlar - hisobot davrida aktivlarni kamayishiga yoki majburiyatlarni oshishiga olib keluvchi iqtisodiy nafning kamayishidir. Xarajatlarga mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar, mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlar, ma’muriy va umumxo’jalik xarajatlari, foiz bo’yicha xarajatlar, ijara haqlarini to’lash bilan bog’liq; xarajatlar, manfiy kurs farqlari va boshqa xarajatlar kiradi. Buxgalteriya hisobida daromadlar kabi, xarajatlar ham pul mablag’lari ko’chirilgan davrda emas, ular haqiqatda yuzaga kelgan davrda aks ettirilishi lozim. Shu o’rinda, mahsulot yoki tovarlarni sotish paytida ular tannarxining haqiqiy kamayishi aks ettiriladi, bu esa aktivlarning kamayishiga olib keladi, shuningdek, yoritish, isitish, ijara haqi, to’lanadigan foizlar kabi xarajatlar har bir hisobot davrining oxirida aks ettirilishi lozim, bu esa majburiyatlar paydo bo’lishiga olib keladi, chunki ular uchun to’lovlar kelgusi hisobot davrida amalga oshiriladi. Daromadlar, foydalar, xarajatlar va zararlar schyotlari - bu moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot schyotlaridir (vaqtinchalik schyotlar). Qolgan schyotlar bu buxgalteriya balansining schyotlaridir (doimiy schyotlar). Daromadlar, foydalar, xarajatlar va zararlar schyotlarinni vaqtinchalik schyotlar deb atashadi, chunki ular hisobot davrida bo’lib o’tgan xo’jalik operatsiyalarni aks ettirish uchun qo’llaniladi va har hisobot davrining oxirida sof foydani (yoki zararni) aniqlash uchun ular yopilib (ya’ni qoldiqqa ega bo’lmaydi), sof foyda (yoki zarar) balansning 8710 — “Taqsimlanmagan foyda” schyotiga o’tkaziladi. Ushbu schyotlar tranzit schyotlar ham deb ataladi va schyotlar rejasida “T” harfi bilan ifodalanadi.
Download 157.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling