5- mavzu: moliyaviy natijalar to’G’risidagi hisobot
Download 157.32 Kb.
|
4 мавзу масалалар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish xarajatlari Material xarajatlar D-t 2010
- Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar D-t 2010
- Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari D-t 5110
- D-t 9410, 9420, 9430 K-t 1010, 6710, 6520,6990, 0200, 0500
- 3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar D-t 9600
- Favqulotda foydalar D-t 1010
- 4. Favqulotdagi zararlar D-t 9720
- 5. Soliqlar bo’yicha xarajatlar D-t 9800
- Yopuvchi o’tkazmalar ikki maqsadni ko’zlaydi
- Xarajatlarga oid schyotlar Daromadga oid schyotlar
- Olingan sof foyda Ko’rilgan zarar natijasi
Yopuvchi o’tkazmalar Shunday qilib ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari daromad va xarajatlarga ta’aluqli barcha schyotlar tranzit schyotlarda yig’iladi. Ishlab chiqarishga oid xarajatlar 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida yig’ilib mahsulot tayyor bo’lib omborga topshirilganda 2810- “Tayyor mahsulot ” schyotiga o’tkaziladi, sotilgandan keyin esa 9110- “Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxi” tranzit schyotiga o’tkaziladi. Har bir hisobot davrning, odatda har oyning oxirida, tranzit schyotlar yopiladi va ularning qoldiqlari balansga o’tkaziladi. Bu ish schyotlarining qoldiqlarini davriy ko’chirish (tozalash) yo’li bilan yopuvchi o’tkazmalar orqali amalga oshiriladi. Yopuvchi o’tkazmalar ikki maqsadni ko’zlaydi: Sof foyda yoki zararni aniqlash va uni “Taqsimlanmagan foyda”ga o’tkazish; Keyingi hisobot davrini boshlash uchun, har bir vaqtinchalik schyot bo’yicha nolga teng qoldiqni qoldirish. Buxgalteriya balansi (aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital) schyotlari davriy ravishda yopilmaydi, shuning uchun ular doimiy schyotlar deb ataladi. Doimiy schyotlar bo’yicha davr oxiridagi qoldiq keyingi davrning boshlang’ich qoldig’i sifatida o’tadi. Schyotni yopish - bu ushbu schyot bo’yicha qoldiqni o’tkazma orqali boshqa schyotga o’tkazish demakdir. Masalan, kredit qoldig’iga ega bo’lgan schyotning (daromad schyoti singari) yopilishi mazkur schyotni debetlab tegishli schyotni kreditlash orqali amalga oshiriladi. Yopilish jarayonida kreditli qoldiq doimo boshqa schyotni kreditiga, debetli qoldiq esa boshqa schyotning debetiga o’tkaziladi. Yopiluvchi o’tkazmalar hisobot davrning oxirgi sanasida yoziladi va “Bosh kitob”ga kiritiladi. Barcha tranzit schyotlar 9910 - “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga yopiladi. Ushbu schyotning debeti va kredita bo’yicha summalar bir biri bilan taqqoslanadi va farq “Taqsimlanmagan foyda” schyoti bilan yopiladi. Dt 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti Kt
Yopilish jarayoni yakunlangandan keyin barcha tranzit schyotlar qoldiqlari nolga tenglashtiriladi. Bundan keyin bu schyotlar yangi hisobot davrning daromad va xarajatlarini aks ettirish uchun tayyor bo’ladi. Balansda aks ettiriladigan schyotlar bo’yicha yakuniy qoldiq keyingi davr boshlang’ich qoldig’iga o’tkaziladi. Download 157.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling