5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mu taxassislar tayyorlashdagi roli
Download 94.13 Kb.
|
5 мавзу O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi
4. Bilim berish - o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarishga o‘rgatish.
5. Metodologik - ma’ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi. 6. Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi – tinglovchilarda bilmaganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy fikrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi. Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo‘yilgan maqsad, o‘rganilayotgan fanning, mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ma’ruza faqatgina iqtiso-diy rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish yo‘llarini ham ko‘rsatishi kerak. Ma’ruza qanday fandan o‘qilishidan qat’i nazar, ilmiy xa-rakterga ega bo‘lishi, turli nazariy yo‘nalishlar, ilmiy maktab-larning asosiy g‘oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bi-limini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma’ruza o‘qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak. Ikkinchidan, fan bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’-ruza rejasi va reja bo‘yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o‘tka-zishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini aniqlash lozim. Ma’ruzada darsni uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1. Kirish. Avvalgi ma’ruzada nimalar o‘rganilgan, uning natijasi nimalar bilan bog‘liq, bugungi darsga qanday maqsad qo‘yilyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog‘lanadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma’ruzarejasi, mustaqil o‘qish uchun zarur asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi. Mavzuni o‘rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi. 2. Asosiy bosqich. Bu bosqich ma’ruza rejasiga ko‘ra tanlangan dars o‘tish metodlarini qo‘llagan holda o‘tkaziladi. Tinglovchilarga mo‘ljallangan axborotlar yetkaziladi. 3. Yakuniy bosqich. Ma’ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, hodisalar ta’kidlanadi. Qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu tah-lil qilib, baholanadi. Bugungi ma’ruzada bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi. Ma’ruzalarni didaktik vazifasiga qarab: *kirish; * mavzular bo‘yicha; * yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan; * tahliliy; *yakunlovchi ma’ruzalarga bo‘lish mumkin. Kirish ma’ruzasi ma’lum bir fanni, mavzuni yoki muammoni o‘rganishga bag‘ishlanib, unda ana shu masala, muammolar haqidagi fikrlar, ularning ijobiy tomonlari, kamchiliklari, yechilmagan muammolar ko‘rsatiladi. O‘rganishni boshlangan fanning predmeti, o‘rganish metodlari bo‘yicha ma’ruza kirish ma’ruzasiga tipik misol bo‘la oladi. Mavzular bo‘yicha ma’ruzalar - eng ko‘p o‘qiladigan ma’ruza bo‘-lib, unda o‘rganilayotgan mavzuning asosiy mazmuni, amaliyotda sinalgan, qabul qilingan ilmiy qarashlar, mavjud yechimini kutayot-gan masalalar bayon qilinadi. Ularni yechishning mavjud yo‘llari ko‘rsatiladi, yangilarini topish tavsiya etiladi. Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi ma’ruza - talabalarga mustaqil ishlash-ni o‘rgatishga qaratiladi. Undako‘proq metodik maslahatlar beri-ladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlarni mustaqil o‘qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqatni qaratish lozim bo‘lgan masa-lalar ko‘rsatiladi. Tahliliy ma’ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma’lum bir tizimga solingan savollarni ma’lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko‘pincha oliy o‘quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki imtixon-attestatsiyalar oldidan o‘tkaziladi. Yakunlovchi ma’ruza ma’lum bir mavzu, muammoni yoki fanni o‘rganib, uning yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi. Muammo yechimlari va fanning predmeti to‘g‘risida asosiy xulosalar bayon etiladi. Download 94.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling