5- mavzu: pedagogik fanlarni o’qitish mazmuni
Download 15.84 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-amaliy yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: ta’lim nazariyasi, konsepsiyalar
5- MAVZU: PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH MAZMUNI 1.Ta’lim nazariya (kontseptsiya)lari mazmuni. 2.Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi muhim g’oyalar (asoslar). 3. Pedagogik fanlar mazmunini tanlab olish tamoyil va mezonlari 4. Pedagogik fanlar mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar 5. Davlat ta’lim standarti Tayanch tushunchalar: ta’lim nazariyasi, konsepsiyalar, empirizm, real yo’nalish, falsafiy ratsionalizm, pragmatik, emotsional qadriyat, differentsiyalashtirish . 1.Ta’lim nazariya (kontseptsiya)lari mazmuni. An’anaviy pedagogikada formal va moddiy ta’lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o’rta ta’lim mazmuniga qanday ta’sir etadi? Formal ta’lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart (XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (kontseptsiyasi) vujudga keldi (bu nom E.Shmit va A.A.Nemeyerning «Printso’pi vospitaniya i obucheniya» asarida tilga olinadi). Kontseptsiya tarafdorlari ta’limni o’quvchilarning itidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g’oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko’p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g’oyani I.Kant va I.G.Pestalotsilar rivojlantirishdi. Ular o’qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o’quvchining iqtidorini rivojlantirish, o’quvchining to’g’ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo’lishi shart deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbai aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug’iladi, shu bois ta’lim o’quvchilarning ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o’stirish, ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o’rganish lozim. Formal ta’lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda ushbu nazariya g’oyalari asosida ish ko’riladi. XVII asr oxiri – XIX asr boshlarida moddiy ta’lim nazariyasi jadal rivojladi. Nazariyaning paydo bo’lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos bo’lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (kontseptsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni “entsiklopedistlar” deb ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarga bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o’zlari o’qitadigan fanga iloji boricha ko’proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirishga bunday yondoshishning samarasi kam bo’lib chiqdi, chunki o’quvchilarga juda ko’p axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o’zlashtiriladi. Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g’oyalarini ilgari suradilar (lotincha «empiria» - tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan chiqa olmaydi va bilim manbai fag’at tajriba hisoblanadi, deya ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chiqariladi: o’quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak, ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda o’quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan bilimlarga murojaat qilish kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi real yo’nalish deb ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Rossiya, va Turkistonda real gimnaziya va real bilim yurtlarida o’qitish qadimgi va g’arbiy Yevropa tillarini o’rganishga emas, balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o’zlashtirishga asoslangan. Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy va A.Avloniylar juda asosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni o’zlashtirishdan uzoq bo’lgan formal deb ataluvchi rivojlanish o’ylab topilgan yolg’on deb aytadi. Har bir fan biror-bir boshqa narsa bilan emas, odamni o’zining mazmuni bilan rivojlantirishini ta’kidlaydi. SHunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida foydali bo’ladigan bilimlarni ham berishi kerak. O’zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o’zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida “... bilim bizning aqlimizni va bizninng xotiramizni qilich kabi o’tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o’xshaydi” deb yozadi. SHu bilan bir vaqtda A.Avloniy fanni o’zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan yondoshish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib bo’lmaydi, lekin uni o’rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o’quvchvilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashni shakllantiradi. Download 15.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling