5- mavzu Tolali materiallarga yakunlovchi pardoz berish texnologiyalari. Reja


Download 499.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.07.2023
Hajmi499.14 Kb.
#1660722
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Ma\'ruza



5- Mavzu 
Tolali materiallarga yakunlovchi pardoz berish texnologiyalari. 
 
Reja: 
1. Yakunlovchi pardozning maqsadi, turlari. 
2. Mexanik yakunlovchi pardoz berish jarayonlari. 
3. Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayonlari. 
4. Umumiy 
maqsadda 
ishlatiladigan 
pardoz 
yordamida to‘qimachilik 
materiallarining xossalarini yaxshilash. 
5. Matolarga maxsus pardoz berish turlari. 
 
Yakunlovchi pardoz- to‘qimachilik materiallarini tashqi ko‘rinishini va uni 
ishlatishda kerak bo‘ladigan xossalarini yaxshilash maqsadida bajariladigan 
texnologik jarayonlar yiQindisidan iborat. Bundan tashqari yakunlovchi pardoz 
tufayli materiallarning xizmat qilish vaqti ham uzayadi. To‘qimachilik 
materiallariga beriladigan pardoz 2 xil bo‘ladi: 
1. Umumiy maqsadda qilinadigan yakunlovchi pardoz. 
2. Maxsus xolda qilinadigan yakunlovchi pardoz. 
Umumiy maqsadda qilinadigan pardoz natijasida to‘qimachilik materiallaridan 
o‘zida bor bo‘lgan xossalari yaxshilanadi. Masalan tashqi ko‘rinishi chiroyli 
bo‘ladi, yaltiroqlik va xiralik paydo qilinadi. Ma’lum miqdorda yumshoqlik, 
dag‘allik berishi mumkin, ishqalanishga chidamliligini oshirish mumkin, 
g‘ijimlanmaydigan, kirishmaydigan qilish mumkin. 
Maxsus 
maqsadda 
qilinadigan 
yakunlovchi 
pardoz 
yordamida 
to‘qimachilik materiallariga o‘zida yo‘q bo‘lgan yangi xossalar beriladi. Masalan, 
gidrofoblik xossalari, oleofoblik, mikroorganizmga chidamlilik, yonishga qarshi, 
olovga chidamlilik xossalarini berish mumkin.
Yakunlovchi pardoz turi gazlamaning ishlatiladigan o‘rniga qarab 
aniqlanadi. Masalan, turmushda ishlatiladigan gazlama uchun yaltiroqlik, 
G‘ijimlanmaslik, kirishmaslik xossalari kifoya bo‘ladi. Xonada ishlatiladigan 
gazlamalar uchun esa yong‘inga chidamlilik va yorug’likka chidamlilik xossalari 
zarur. 
Gazlamalarga yakunlovchi pardoz turini aniqlashdan oldin, shu gazlama 
qanday toladan olinganligiga ham ahamiyat berish kerak. Masalan paxta, jun va 
lyon toladan olinadigan gazlamalarga yakunlovchi pardoz berish oson, ipak tolasi 


nozik bo‘lganligi uchun unga beriladigan pardoz ham nozik bo‘lib, faqat 
kimyoviy ta’sirlardan iborat. Jun tolasi uchun beriladigan pardoz bug‘ bilan ishlov 
berish va mexanik ishlov berishdan iborat. Paxta tolasidan olinadigan 
materiallarga pardoz berish ancha murakkab. Ularga ta’sir etadigan preparatlar 
soni ham, ta’sirlashish mexanizmi ham xilma-xil bo‘ladi. Lekin har qanday 
preparat ishlatilganda ham gazlamaning mexanik xossalarini saqlanib qolishiga 
e’tibor berish kerak. Ko‘pincha paxta tolasiga beriladigan pardoz natijasida bu 
gazlamadan tashqi ko‘rinishi va xossalarini ipakdan bo‘lgan (tolasidan) 
gazlamalarga yaqinlashtirishga harakat qilinadi.
Yakunlovchi pardoz berish uchun ishlatiladigan jarayonlarni barchasini 2 
xilga bo‘lish mumkin: 
1. Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari. 
2. Kimyoviy yakunlovchi pardoz jarayonlari. 
Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari quyidagilardan iborat: 
1. Quritish. 
2. Gazlamalarni eniga kengaytirib, standart o‘lcham berish. 
3. Gazlamani arqoq va tanda iplarini bir-biriga perpendikulyar xolatga keltirish. 
4. Gazlamani turli kalandrlarda tekislash, silliqlash. 
5. Gazlama sirtini tukini qirqish, kuydirish. 
Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayoniga quyidagilar kiradi: 
1. g‘ijimlanishga qarshi pardoz. 
2. Kirishishga qarshi pardoz. 
3. Olovga chidamlilik uchun pardoz. 
4. Suvni itaruvchi pardoz. 
5. Ifloslanishga qarshi pardoz va x.k. 
Ana shu kimyoviy pardoz berish uchun ishlatiladigan moddalarning 
umumiy nomi appret deyiladi. 
Pardozlash uchun ishlatiladigan appretlarni 2 turga bo‘lish mumkin: 
1. Yuvilib ketadigan. 
2. Yuvilib ketmaydigan. 
Yuvilib ketadigan appretlar birinchi yuvilgandan keyin ketib qoladi. Yuvilib 
ketmaydigan appretlar esa gazlama 5 marta yuvilgandan keyin o‘zini miqdorini 
yo‘qotadi.
Yuvilib ketadigan appretlar birinchi yuvilib ketishiga qaramasdan, sanoatda 
keng ishlatiladi. Yuvilib ketmaydigan appretlar ham juda ko‘p ishlatiladi. 


Ularning tarkibini sintetik smolalar, termoplastik polimerlar, elastomerlar tashkil 
qiladi. Bunday moddalar emulsiya xolida ishlatiladi. 

Download 499.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling