5- mavzu Tolali materiallarga yakunlovchi pardoz berish texnologiyalari. Reja


g‘ijimlanishga qarshi pardoz berish


Download 499.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.07.2023
Hajmi499.14 Kb.
#1660722
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Ma\'ruza

g‘ijimlanishga qarshi pardoz berish.  
Gazlamani 
g‘ijimlanishga 
qarshiligi bu birinchi navbatda tolaning elastikligiga bog‘liq. Bu esa tola 
strukturasining o‘zgarishiga olib keladi. Tarkibi sellyulozadan iborat tolalar 
G‘ijimlanishga olib keladi. Bu esa sellyulozaning murakkab tuzilishidan kelib 
chiqadi. Tolaning g‘ijimlanmasligi uchun ishlatiladigan appretlar tolani 
kirishmasligidan saqlaydi. Shuning uchun ko‘pincha g‘ijimlanishga va kirishishga 
qarshi pardoz bir vaqtda beriladi. Bunday pardoz berish gazlamaning quruq yoki 
xo‘l xolatida amalga oshirish mumkin. Xozirgi vaqtda ko‘pincha quruq xolatdagi
gazlamaga ishlov beriladi. Yakunlovchi pardozlashning bu turi uchun 
dimetilolmochevina (karbamol) va karbamol SEM preparatlaridan foydalaniladi. 
Karbamol 40% li pasta xolida chiqadi. Bu moddaning kamchiligi -uni uzoq 
muddatga saqlab bo‘lmaydi, 2-2,5 oy saqlash mumkin. Karbamol SEM ning 
yaxshi tomoni shuki- paxta tolasidan qilingan gazlamalarning G‘ijimlanishga 
chidamliligini oshiradi; kamchiligi- gazlama pishiqligini ma’lum miqdorda 
kamaytiradi. Ba’zi xollarda 40% pishiqligi kamayadi. Shuning uchun bu 
maqsadda karbamol ishlatiladi.
Bu preparatni g‘ijimlanishga qarshi xossasini namoyon qilish uchun gazlama 
shimdirilgandan so‘ng quritilib, albatta termik ishlov berish kerak, taxminan 140-
150
0
S atrofida. Bu modda bilan matoga ishlov berilganda u gazlamaga dag‘allik 
beradi. Uni yo‘qotish uchun ishlov beriladigan vannaga turli yumshatuvchi 
moddalar qo‘shiladi (alkamon OS-2, stearoks-6, stearoks-920, SAM). 
Gazlamaga turg‘un shakl beruvchi pardozlash. Yuqorida ko‘rib 
chiqilgan g‘ijimlanishga va kirishishga qarshi pardozlashda gazlamaga juda 
yaxshi xossalar beriladi, lekin bu xossalar gazlamadan biror mahsulot tikish 
paytida ancha xalaqit beradi. Bunday gazlamalardan kiyim tikishdan ko‘ra oddiy 
pardozlanmagan gazlamadan kiyim tikish oson bo‘lib qoladi. Masalan, gofri, 
plisirovka, oddiy qirra chiqarish, burma berish kabi jarayonlarni bajarib bo‘lmay 
qoladi. 
Tayyor mahsulotni oddiy gazlamadan tikib, so‘ngra g‘ijimlanishga qarshi 
pardoz berish ham noqulay. 
Shuning uchun bu xolatdan chiqish uchun pardozlash jarayoni ikkiga bo‘linadi: 
1.Gazlama appret bilan shimdiriladi, quritiladi, lekin termik ishlov berilmaydi 
(bunda g‘ijimlanishga qarshi effekt ham bo‘lmaydi). 
2. Shu gazlamadan kerakli mahsulot tikiladi va tayyor mahsulotga termik ishlov 
beriladi. Bunda g‘ijimlanmaslik effekti paydo bo‘ladi. 


Demak, pardozlash fabrikasida bajariladigan termik ishlov berish jarayoni 
tikuvchilik fabrikasiga o‘tadi. 
Bu maqsadda ishlatiladigan preparatlarga qo‘yiladigan talablar boshqacha 
bo‘ladi: 
-bu moddalar uzoq muddatgacha buzilmasdan saqlanishi mumkin. 
-reaksiyaga kirishish tezligi past bo‘lishi kerak. 
-sellyuloza bilan reaksiyaga kirishmasligi kerak. 
Bunday maqsadda asosan karbamol GL preparatidan foydalaniladi. 

Download 499.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling