5- mavzu Tolali materiallarga yakunlovchi pardoz berish texnologiyalari. Reja
Download 499.14 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Ma\'ruza
5- Mavzu Tolali materiallarga yakunlovchi pardoz berish texnologiyalari. Reja: 1. Yakunlovchi pardozning maqsadi, turlari. 2. Mexanik yakunlovchi pardoz berish jarayonlari. 3. Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayonlari. 4. Umumiy maqsadda ishlatiladigan pardoz yordamida to‘qimachilik materiallarining xossalarini yaxshilash. 5. Matolarga maxsus pardoz berish turlari. Yakunlovchi pardoz- to‘qimachilik materiallarini tashqi ko‘rinishini va uni ishlatishda kerak bo‘ladigan xossalarini yaxshilash maqsadida bajariladigan texnologik jarayonlar yiQindisidan iborat. Bundan tashqari yakunlovchi pardoz tufayli materiallarning xizmat qilish vaqti ham uzayadi. To‘qimachilik materiallariga beriladigan pardoz 2 xil bo‘ladi: 1. Umumiy maqsadda qilinadigan yakunlovchi pardoz. 2. Maxsus xolda qilinadigan yakunlovchi pardoz. Umumiy maqsadda qilinadigan pardoz natijasida to‘qimachilik materiallaridan o‘zida bor bo‘lgan xossalari yaxshilanadi. Masalan tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi, yaltiroqlik va xiralik paydo qilinadi. Ma’lum miqdorda yumshoqlik, dag‘allik berishi mumkin, ishqalanishga chidamliligini oshirish mumkin, g‘ijimlanmaydigan, kirishmaydigan qilish mumkin. Maxsus maqsadda qilinadigan yakunlovchi pardoz yordamida to‘qimachilik materiallariga o‘zida yo‘q bo‘lgan yangi xossalar beriladi. Masalan, gidrofoblik xossalari, oleofoblik, mikroorganizmga chidamlilik, yonishga qarshi, olovga chidamlilik xossalarini berish mumkin. Yakunlovchi pardoz turi gazlamaning ishlatiladigan o‘rniga qarab aniqlanadi. Masalan, turmushda ishlatiladigan gazlama uchun yaltiroqlik, G‘ijimlanmaslik, kirishmaslik xossalari kifoya bo‘ladi. Xonada ishlatiladigan gazlamalar uchun esa yong‘inga chidamlilik va yorug’likka chidamlilik xossalari zarur. Gazlamalarga yakunlovchi pardoz turini aniqlashdan oldin, shu gazlama qanday toladan olinganligiga ham ahamiyat berish kerak. Masalan paxta, jun va lyon toladan olinadigan gazlamalarga yakunlovchi pardoz berish oson, ipak tolasi nozik bo‘lganligi uchun unga beriladigan pardoz ham nozik bo‘lib, faqat kimyoviy ta’sirlardan iborat. Jun tolasi uchun beriladigan pardoz bug‘ bilan ishlov berish va mexanik ishlov berishdan iborat. Paxta tolasidan olinadigan materiallarga pardoz berish ancha murakkab. Ularga ta’sir etadigan preparatlar soni ham, ta’sirlashish mexanizmi ham xilma-xil bo‘ladi. Lekin har qanday preparat ishlatilganda ham gazlamaning mexanik xossalarini saqlanib qolishiga e’tibor berish kerak. Ko‘pincha paxta tolasiga beriladigan pardoz natijasida bu gazlamadan tashqi ko‘rinishi va xossalarini ipakdan bo‘lgan (tolasidan) gazlamalarga yaqinlashtirishga harakat qilinadi. Yakunlovchi pardoz berish uchun ishlatiladigan jarayonlarni barchasini 2 xilga bo‘lish mumkin: 1. Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari. 2. Kimyoviy yakunlovchi pardoz jarayonlari. Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari quyidagilardan iborat: 1. Quritish. 2. Gazlamalarni eniga kengaytirib, standart o‘lcham berish. 3. Gazlamani arqoq va tanda iplarini bir-biriga perpendikulyar xolatga keltirish. 4. Gazlamani turli kalandrlarda tekislash, silliqlash. 5. Gazlama sirtini tukini qirqish, kuydirish. Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayoniga quyidagilar kiradi: 1. g‘ijimlanishga qarshi pardoz. 2. Kirishishga qarshi pardoz. 3. Olovga chidamlilik uchun pardoz. 4. Suvni itaruvchi pardoz. 5. Ifloslanishga qarshi pardoz va x.k. Ana shu kimyoviy pardoz berish uchun ishlatiladigan moddalarning umumiy nomi appret deyiladi. Pardozlash uchun ishlatiladigan appretlarni 2 turga bo‘lish mumkin: 1. Yuvilib ketadigan. 2. Yuvilib ketmaydigan. Yuvilib ketadigan appretlar birinchi yuvilgandan keyin ketib qoladi. Yuvilib ketmaydigan appretlar esa gazlama 5 marta yuvilgandan keyin o‘zini miqdorini yo‘qotadi. Yuvilib ketadigan appretlar birinchi yuvilib ketishiga qaramasdan, sanoatda keng ishlatiladi. Yuvilib ketmaydigan appretlar ham juda ko‘p ishlatiladi. Ularning tarkibini sintetik smolalar, termoplastik polimerlar, elastomerlar tashkil qiladi. Bunday moddalar emulsiya xolida ishlatiladi. Download 499.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling