5- mavzu Tolali materiallarga yakunlovchi pardoz berish texnologiyalari. Reja


Gazlamalarga olovbardoshlik xossalarini berish


Download 499.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.07.2023
Hajmi499.14 Kb.
#1660722
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Ma\'ruza

Gazlamalarga olovbardoshlik xossalarini berish. Bu pardozni 2 turga 
bo‘lish mumkin: 
1. Gazlamani alangalanmaydigan xolga keltiradigan pardoz. 


2. Gazlamani yong‘inga chidamliligini butunlay oshiradigan pardoz.
Birinchi xil pardoz dekorativ matolar-parda, shtor, mebel uchun gazlamalar 
va shu kabilar hamda bolalar kiyimi uchun, turistik kiyimlar uchun ishlatiladigan 
gazlamalarda qo‘llaniladi. 
Ikkinchi tur pardoz uchun o‘t o‘chiruvchilar kiyimlariga, po‘lat 
quyuvchilar, metaldan quyma buyumlar yasovchilar, cho‘yan quyuvchilar uchun 
tikishda ishlatiladigan gazlamalarga va o‘t o‘chiruvchilar odeyallariga uchun 
ishlov beriladi. 
Gazlama yonmasligi uchun undan ajralib chiqayotgan energiya atrofga sarf 
bo‘layotgan energiyadan kam bo‘lishi kerak. Ana shu shartni bajarishga yordam 
beruvchi moddalar antipirenlar deyiladi. Ular ajralayotgan energiyani yutish yo‘li 
bilan bu shartni bajaradi. Antipirenlar 2 turga bo‘linadi: 
1. Gazlamaning alangalanish haroratini oshiradi. 
2. Yonishda ajralayotgan energiyani kamaytiradi. 
Birinchi tur antipirenlariga misol qilib- Al(OH)
3
va MgSiO

ni olish 
mumkin. Ular yuqori haroratda katta miqdorda issiqlikni yutadi va o‘zi 
parchalanadi. Ikkinchi tur antipirenlari kimyoviy tuzilishi bilan harakterlanadi. 
Yuqori haroratda ulardan yonmaydigan gazlar ajralib chiqadi yoki yonishdan 
ajralib chiqayotgan yonuvchi gazlar xajmini kamaytiradi yoki yonmaydigan 
plyonka bilan qoplanadi yoki yonayotgan yuza bilan xavoning kontaktga 
kirishishiga to‘sqinlik qiladi. Yonishga qarshi ishlov berishning bir qancha 
vaqtinchalik usullari mavjud. Antipirenlar bilan ishlov bir vannali yoki ikki 
vannali usulda borilishi mumkin. 
Bir vannali usul bo‘yicha gazlama bura (Na
2
B
4
O
7
) va magniy xlorid 
(MgCl
2
) shimdirilib, so‘ngra quritiladi. Quritish jarayonida suvda erimaydigan
cho‘kma hosil bo‘ladi. 
Na
2
B
4
O
7
+ MgCl
2

MgB
4
O
7
+ 2NaCl 
magniy barat
Ikki vannali usul bo‘yicha: 
Birinchi vannada gazlama MgCl
2
eritmasiga shimdiriladi, ikkinchi vannada esa 
Na
2
SiO
3
eritmasiga shimdiriladi. Bunda gazlamada mineral tuzlarning 
yonmaydigan cho‘kmasi [osil bo‘ladi.


MgCl
2
+ Na
2
SiO
3

MgSiO
3
+ 2NaCl 
magniy silikat
Bu usullarning kamchiligi: yuvilganda cho‘kma chiqib ketadi. Shuning uchun 
bunday usul bilan yuvilmaydigan yoki kam yuviladigan gazlamalarga- tyullar
pardaliklar, dekorativ gazlamalarga ishlov beriladi.
Yonishga qarshi ishlov berishning barcha tolalar uchun universal usuli yo‘q, 
faqat ishlov beradigan gazlamaning xususiyatini xisobga olgan xolda yonishga 
qarshi ishlov berish turi tanlansa yaxshi natija olinadi.

Download 499.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling