5- mavzu Tolali materiallarga yakunlovchi pardoz berish texnologiyalari. Reja
Umumiy maqsadda ishlatiladigan yakunlovchi
Download 499.14 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Ma\'ruza
Umumiy maqsadda ishlatiladigan yakunlovchi pardoz berilgan gazlamaning
sifati faqat uning tashqi ko‘rinishi bilan emas, shu gazlamaning ishlash muddatini oshirish bilan ham o‘lchanadi. Bunda gazlamaning ishqalanishga qarshiligi, yorug‘likka chidamliligi oshishi kerak. Bunday xossa berish uchun gazlamaga berilayotgan appretga ma’lum talablar qo‘yiladi. Quyidagi talablar: 1. Gazlamada yaxshi ushlanib qolishi kerak. 2. Ishqalanishga, kimyoviy tozalanishga chidamli bo‘lishi kerak. Kiyim-kechak uchun ishlatiladigan gazlamalarga yuvilmaydigan appretlar ishlatiladi. Kam kir bo‘ladigan materiallar uchun yuvilib ketadigan appretlar ishlatiladi. Appretlar bilan ishlov berish quyidagi tarkibda bo‘ladi. 1. Ishchi eritmasi tayyorlash, ishchi eritmada appretning miqdori 2-5% atrofida bo‘ladi. 2. Gazlamaga appret shimdish (plyusovka). 3. Quritish. Quritilganda appret tarkibidagi sintetik polimer erib gazlamaning tolalari orasiga kirib joylashadi. Natijada u gazlamadan ko‘chmaydigan xolatga keladi. Appretlar bilan ishlov berish ko‘pincha LZO-180, LAO-120 mashinalari yoki boshqa mashinalarda amalga oshishi mumkin. Appretlar o‘zining birinchi vazifasini, ya’ni pardoz berish vazifasini o‘taydi. Ba’zilari gazlamadan mexanik xususiyatlarini yaxshilasa, ba’zilari yomonlashtiradi. Masalan, ba’zi latekslar gazlamaning pishiqligini 20-25% oshiradi, ishqalanishga chidamliligini 2-3%gacha oshiradi va ba’zi bir effekt gazlama yuvilgandan keyin ham saqlanadi- 20-25 marta yuvilgandan keyin. Ba’zi vaqtda bo‘yalgan gazlamalarga yakunlovchi pardoz berganda appret tarkibiga DSU, DSM preparatlari qo‘shiladi. Bunda yuqoridagi xususiyatlar bilan bir qatorda gazlamadagi bo‘yoqlar mustaxkamligi ham ortadi. Yuvilib ketmaydigan appretlar sifatida ko‘pincha sintetik smola hosil qiluvchi polimerlar ishlatiladi. Bunday maqsadda ko‘pincha glikozin, karbamol kabi moddalar ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling