5- mavzu Tolali materiallarga yakunlovchi pardoz berish texnologiyalari. Reja
Gazlamalarga gidrofoblik va oleofoblik xossalarini berish
Download 499.14 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Ma\'ruza
Gazlamalarga gidrofoblik va oleofoblik xossalarini berish. Bunday
pardoz berish 2 turga bo‘linadi: 1. Suv o‘tkazmaydigan pardoz (vodonepronitsaemost). 2. Suvni itaruvchi pardoz (vodoottalkivayushiy). Suvni o‘tkazmaydigan pardoz- texnik maqsadda ishlatiladigan gazlamalar, masalan palatkalar tikish uchun ishlatiladigan, turli buyumlarning ustini yopishda ishlatiladigan brezentlar uchun, parus gazlamalar uchun qo‘llaniladi. Bunday pardoz berilgan gazlamaning yuzasi yaxlit plyonka bilan qoplanadi. Suvni itaruvchi pardoz- kiyim-kechak uchun ishlatiladigan gazlamalarga (plaxch, kurtkalar, sport kiyimlar) va boshqa maishiy maqsadda ishlatiladigan gazlamalarga qo‘llaniladi. Bunday pardoz berilgan gazlama sirti yaxlit plyonka bilan qoplanmaydi. Bunday gazlama xavoni va suv bug‘larini bemalol o‘tkazadi, lekin o‘ziga suv shimmaydi, suvni itarish xossasiga ega. Gazlama bunday xossaga erishishi uchun unga maxsus preparatlar shimdiriladi, lekin bunda gazlama to‘qimalarining teshiklari bekilib qolmaslik sharti bajarilishi kerak. Gidrofob pardoz berish maqsadida quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin: 1. Turli parafinlar emulsiyasi. 2. Xrom kompleks birikmalari. 3. Alyuminiyning kompleks birikmalari. 4. Kremniyorganik birikmalar. 5. Mochevina va uning hosilalari. 6. Ftorlili birikmalar va x.k. Mikroorganizmlarga chidamlilik beruvchi pardoz. Mikroorganizmlarga chidamsiz tola- bu tabiiy toladir, sun’iy tolalar esa ancha chidamli. Ularning ichida faqat lavsan tolasining mikroorganizmlarga chidamliligini oshirish xalq xo‘jaligida muxim ahamiyatga ega. Masalan, maxsus maqsadda ishlatiladigan gazlamalar- palatkalar uchun, turli maqsadda ishlatiladigan brezentlar, plashlar tikiladigan gazlamalar, baliqchilar uchun kiyimlar, to‘rlar uchun mikroorganizmlarga qarshi va chirishga qarshi pardoz berilishi zarur. Bu bilan ularning ishlash muddati anchaga oshiriladi. Mikroorganizmlarga turli griboklar, bakteriyalar-aktinomitsetlar kiradi. Tarkibi sellyulozali tolalar- griboklarga chidamsiz oqsil tolalar esa (jun, ipak)- bakteriyalarga chidamli. Gazlamalarning mikroorganizmlardan himoyasining 2 xil usuli bor: 1. Aktiv usul. 2. Passiv usul. Aktiv usul bo‘yicha- bakteriyatsid va fungitsid preparatlardan foydalaniladi. Bu preparatlar mikroorganizmlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Passiv usul bo‘yicha- tola kimyoviy modifikatsiyalanadi. Bunda tola mikroorganizmlar ta’siriga chidamli bo‘lib qoladi. Bakteritsid moddalarga og‘ir metallarning tuzlari kiradi. Masalan, Zn, Cu, Hg, Ag metallarning tuzlari. Organik moddalarning ko‘pchiligi ham mikroorganizmlarga qarshi ishlov berish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, eng oddiysi- fenol va uning birikmalari, salitsil kislota va uning birikmalari. Bu moddalar tolaga uning og‘irligiga nisbatan 0,1% miqdorida shimdiriladi. Bundan tashqari tarkibida oltingugurt bor bo‘lgan preparatlar ham mikroorganizmlarga chidamlilik beradi. Preparatlardagi mikroorganizmlarga chidamlilik beruvchi guruxlar- bu tiokarbonil va disulfid guruxlari. >C = S - S - S tiokarbonil disulfid Download 499.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling