Iso hikoyasi uning tug’ilishidan oldin boshlanadi. Yayni Xudo oldidan bir


Download 64.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.12.2017
Hajmi64.23 Kb.
#22041

Iso Haqida             

 

Hikoya



Iso hikoyasi uning tug’ilishidan oldin 

boshlanadi. Yayni Xudo oldidan bir 

farishta Isoning onasi Maryam va u erga 

tegishi kerak bo’lgan Yusufning 

oldilariga yubordi. Farishta ularga Bola 

tanlab olinganligini, Uning Otasi Xudo 

bo’lishini, Uning ismi Iso qo’yilishi 

kerakligini, va Iso o’z xalqini 

gunohlaridan qutqarishini aytdi. 

u yerda Iso Masih haqida 

haqiqiy hikoya bayon 

qilingan. 2000 yillar avval U 

Palestina degan mamlakatda 

yashagan. Uning aytgan 

so’zlari va qilgan ishlari 

dunyoni o’zgartirib yubordi. 

Isoga ishongan har bir inson 

yana ham yaxshiroq hayot 

kechirish uchun yordam qabul 

qiladi. Ular o’lganidan keyin abadiy 

Jannatda Xudo bilan birga 

bo’lishadi.

B


soning tug’ilishiga yaqin qolganida, 

Maryam va Yusuf soliq to’lash 

uchun uzoq yo’lga, Baytlehem degan 

shaharga otlandilar. U shaharda 

ularga hech qanday uydan  joy 

topilmaganligi sababli ular 

hayvonlar saqlanadigan 

pichanxonada qolishlariga to’g’ri 

keldi. O’sha kecha Iso tug’ildi. Uni 

ko’rpaga o’rab, hayvonlar ovqatlanadigan 

oxurga joylashtrishdi. 

I

yrim cho’ponlar dalada 



o’z qo’y-qo’zilarini 

boqayotgan edilar. To’satdan 

bir farishta ularning oldida 

paydo bo’lib, ularga: 

“Qo’rqmang,- deb aytdi,- 

Chunki men sizlarga juda 

ham quvonchli xushxabar 

olib keldim. Baytlehemda 

bugun Xudoning O’g’li 

tug’ildi”. So’ng butun 

farishtalar to’pi: “Samodagi 

Xudoga hurmatu-izzat, 

Yerdagi bandalarga tinchligu-

marhamat!” deb kuylashdi. 

Shundan keyin cho’ponlar 

qishloqqa yugurib borib,  

chaqaloqqa ta’zim qilishdi. 

A


eyinroq Maryam, Yusuf va                                                    

chaqaloq Isoni yulduzni 

kuzatgan odamlar ko’rishga 

kelishdi. Ular sharqdan ko’p 

kunlardan beri g’ayrioddiy 

yulduz ortidan safarda edilar. 

Birinchi bo’lib ular Isroilda: 

“Yangi tug’ilgan Podshoh 

qayerda ?”, - deb so’rash uchun 

qolishdi. U odamlar payg’ambar 

400 yil oldin Isoning 

Baytlehemda tug’ilishini 

aytganini gapirib berishdi.  

Keyin ular yana yulduz ortidan 

yurdilar va yulduz Baytlehem 

ustida to’xtab qoldi. 



K

Donishmand odam  baxtiyor bo’lib, Isoga 

ta’zim qildi va Unga Podshohlar sovg’alarini – 

oltin va atirlar taqdim qilishdi. 

Farishta Yusufni, Maryam va Isoni olib, 

Baytlahmdan qochib ketishini 

ogohlantirdi, chunki u yerda ular uchun 

xavfli joy edi. Shunday qilib, Iso 

Isroilning shimol tomonidagi kichkina 

Nosira degan shaharchasida, Yusufga 

duradgorlikda yordam berib, katta 

bo’ldi. U o’n ikki yoshligida uch kun 

Ibodatxonaning donishmandlari bilan 

suhbatda o’tkazdi. Ular Isoning 

tushunchalaridan hayron bo’lishgan edi.


so 30 yoshga kirganida, U boshqa qishloqlarga odamlarga Xudo haqida 

gapirib berish uchun sayohat qila boshladi. Unga yordam berish uchun, U 

O’ziga 12-ta shogird tanladi, ularning ichida to’rtta baliqchilar – Butrus, Ander, 

Yoqub, Yuhanno bor edi.

I

Bir kun tunda 



mamlakatning 

boshqaruvchilaridan 

biri, Nikodim ismli 

odam Isodan Xudo 

haqida ayrim 

savollariga javob 

so’radi. Iso unga: “Xudo 

dunyoni shu qadar 

sevdiki, O’zining 

yagona O’g’lini berdi, 

toki Unga ishongan har 

bir kishi halok 

bo’lmasin, balki abadiy 

hayotga ega bo’lsin”,- 

deb aytdi. 

so odamlarga nafaqat Xudo haqida 

o’rgatdi, balki U mo’jazalar  yaratayotib, 

Xudoning kuchini ko’rsatdi.  Bir kuni Iso 

dengizni suzib o’tayotganida, kuchli shamol 

va dengiz to’lqinlari baliqchilarni qo’rqitib 

yubordi. Ular cho’kib ketishadi deb 

o’yladilar. Iso shamol va to’lqinlarga 

“To’xta,”- ded buyurdi, va bular tezda Unga 

bo’ysundilar. Isoning shogirdlarini qo’rquv 

bosgan edi.

I


ir kuni U Nainning 

qishlog’iga kelib, 

odamlar o’lgan bolani 

qabristonga olib 

borishayotgalarini ko’rib 

qoldi. Beva ayolning  

yagona o’g’li o’lgan edi. 

Iso tobutga qo’lini 

tekizib, aytdi: “Ey, yigit, 

hayotga qayt”. Bola darrov o’rnidan turdi, atrofdagi 

odamlarga gapirishni boshladi, va keyin onasi bilan uyiga 

qaytdi. 


B

ir payt Isodan 12 yoshga kirgan, juda ham kasal bo’lgan 

qizga yordam berishini so’rab qoldilar. Iso uning uyiga 

borganida, u o’lib qolgan bo’ladi. Iso uning ota-onasiga: 

“Qo’rqmanglar. Faqatgina menga ishoninglar”,- deb aytdi.  

Keyin u qizni qo’lidan ushlab, dedi: “O’rningdan turgin, ey, 

kichkina qizcha!” U esa o’rnidan sakrab turdi, va yurishni 

boshladi. 

Bir kuni 5000-dan ortiq odamlar Isoning  Xudo haqidagi 

ta’limotini tinglayotgan edilar. Ular och qolganlarida, Iso bir 

bolaning beshta non va ikkita baliqdan tashkil topgan 

nonushtasini qabul 

qilib, shukrona aytib, 

yegulikni tarqata 

boshladi. Yegulik 

ko’payishni boshladi,  

har bir odam 

to’ygunicha yedi va 

Xudoga sodir bo’lgan 

mo’jiza uchun 

shukrona keltirdi. 

B


damlar Iso atrofida shunchalik ko’p 

to’plana boshlashdiki, kasalmand odamlarga 

Unga yaqinlashish qiyin bo’lib qoldi. Bir kuni 

tushlikdan keyin to’rtta do’stlar tomga chiqib, 

tuynuk kovlab, o’zlarining kasal dostini Iso 

oldiga pastga tushirishdi.  Iso u odamning  

gunohlarini kechirib, unga shifo berdi. Birdan 

u odam o’z oyoqlariga turdi, va  Xudoga 

hamdu-sano aytib, uyiga  ketdi. 

so ko’zi  ojiz odamlarga, ruhiy kasalliklarga 

chalingan odamlarga va ko’plab boshqa 

muammolari bo’lgan odamlarga shifo berdi. 

Iso odamlarni sevardi va odamlar Uni sevardi. 

Lekin hamma narsadan ahamiyatlisi, U odamlar 

Xudoni, Uning Otasini sevishlarini xohlar edi.

O

I



ig’ilgan odamlar tufayli kichkina 

bolalar Isoga yaqinlashishi qiyin 

bo’lib qoldi. Bir kuni U o’z 

yordamchilariga dedi: “Bolalarga 

Mening oldimga kelishiga to’sqinlik 

qilmanglar, chunki kichkina bolalarning 

imoni bilan Xudoga kelqanlarga 

Xudoning Shohligi tegishlidir. 

Y

oshqa bir kuni Isoning do’sti bo’lgan 



Lazar o’ldi. Iso Xudoning kuchini 

ko’rsatish uchun o’z do’stini hayotga 

qaytarishini aytdi. U taziyadagi odamlarga 

qabrda toshni olishlarini aytib: “Lazar, chiq 

tashqariga!”,- deb buyurdi. Va Lazar 

tashqariga taziya kiyimiga o’rangan holda chiqdi. Iso dedi: “Men 

o’limdan tiriltiruvchi va hayot berguvchiman. Menga ishongan har 

bir  odam o’lsa ham, yangi hayotga ega bo’ladi.”

B

so odamlarga Xudoni sevishni, keyin 



esa o’z birodarlarini o’zlarini 

sevganlari kabi sevishlarini o’rgatar edi. U 

qaroqchilar  tomonidan qattiq kaltaklanib, 

pullari o’g’irlangan  va qonga bo’yanib 

yerda yotgan odam haqida bir hikoya 

aytib berdi. Unga bir odamdan tashqari 

hech kim yordam bermadi, ko’p odamlar 

uning oldida hattoki to’xtashni istamadi. 

Bu odam hattoki qaroqchilar tomonida 

kaltaklangan odamga qarab turishlari 

uchun pul ham berdi. Iso bu hikoyani 

aytib berib, har bir odam boshqalarga kim 

bo’lishidan qat’iy nazar yordam berish 

kerakligini ko’rsatdi. 

I


damlar Isoga hasad qila 

boshladilar.  Ayrim odamlar  esa U 

Xudoning O’g’li ekanligini aytganida, 

Uni yomon ko’rishni boshladilar. 

Odamlar Iso ularning gunohlarini 

O’ziga olish uchun kelganini 

tushunmas edilar. Iso O’z shogirdlari va 

Uni tinglagan odamlarga  o’ldirilishi, va 

Xudo – Uning Otasi Uni uchinchi kuni 

tiriltirishini aytishda davom etardi.

O

Bir kuni Iso Isroilga kelayotganida, 



xaloyiq: “Yashasin Podshoh!”,- deb 

qichqirdilar. Ular palma novdalari bilan 

silkitib Isoni qiroldek sharafladilar. Bu 

ayrim rahbarlarni yana ham ko’proq 

jahlini chiqardi va ular Isoni 

o’ldirmoqchi  bo’ldilar.  Isoning  

shogirdlaridan biri

 

Yaxudo ularga Isoga 



xoinlik qilishni taklif qilganida, ular 

o’sha zahotiyoq haratga kirishdi. 



soni qamoqqa olishlari kerak bo’lgan 

kechasi U O’zining shogirdlari uchun 

boshqacha bayram o’tkazdi. U ularga 

yana bir bor yaqinda o’lishini, va U 

o’lganida dunyoning gunohlarini, yovuz 

ishlarini O’ziga olishini aytdi.

Ular yeb bo’lganlaridan 

keyin, Iso kechki paytni 

bog’da ibodat qilib o’tkazdi. 

Keyin Isoni xibsga olib, Rim 

hukmdoriga keltirdilar. 

Hukmdor Isoning hech 

qanday noto’g’ri ish 

qilmaganligini aytdi. 

I

Lekin baribir baqirayotgan olomon 



sababli Uni urishda davom etdilar va 

bir askar Uning boshiga tikanli 

chambardan toj qo’ydi. Olomon esa: 

“Xochga mixla! Xochga mixla!”,- deb 

qichqirar edi. 


lomonni ko’nglini olish uchun, 

hukmdor Pilat Isoni ikki qaroqchilar 

bilan birga xochga mixlashga qaror 

chiqardi. Xoch juda ham og’ir edi va Iso 

bu xochni butun shahar bo’ylab 

Go’lgota tepaligigacha ko’tarib 

borishga majbur edi. 

O

skarlar Uning qo’l-



oyoqlarini xochga 

mixladilar.  Bu o’lim juda ham 

azobli edi, va boshqa odamlarga 

vasvasaga tushib, noto’g’ri 

harakat qilmasligi uchun o’rnak, 

ogohlantiruv maqsadida 

ishlatildi. 

Iso bilan o’layotgan o’g’rilarning 

biri Unga hamma qilgan noto’g’ri 

ishlari uchun afsusdaligini aytdi 

va kechirim so’radi.  Iso u odam 

kechirilganligini va U bilan birga 

jannatda bo’lishini aytdi. 

A


so qattiq og’riqdan 

azoblanayotgan bo’lsa ham, 

U odamlarga qaradi va ibodat 

qildi: “Otam, ularni kechir. Ular 

nima qilayotganlarini 

bilmaydilar.”

Tush vaqtida qorong’u bo’ldi va 

shunday qorong’ulik uch soat 

davom etdi. O’shanda Iso: 

“Amalga oshdi!”,- deb hayqirib 

o’ldi. Qattiq zil-zila yerni 

silkitdi, va askarlardan biri: 

“Haqiqatdan ham, bu Odam 

Xudoning O’g’li edi”,- dedi. 

I


ozirlar Pilatga kelib, Isoning 

o’limdan tirilishini va’da 

qilganligini aytdilar. Shuning uchun 

ular Uning jasadini hech kim o’g’irlay 

olmasligi uchun qabrini katta tosh bilan yopishlarini va soqchi qo’yishni  

so’radilar.

Lekin Iso o’limidan uch kun o’tganidan keyin tirildi. Farishta Uning do’stlari 

qabrning bo’sh ekanligini ko’rishi uchun katta toshni olib tashladi. Yakshanba 

kuni ertalab do’stlar qabrga kelganlarida, ikki farishta ularga: “U bu yerda yo’q! 

U yana hayotga qaytdi! U sizlarga aytganlari yodingizda yo’qmi?”,- deb 

aytganlariga ajablandilar. 

N


irq kun davomida Iso ko’p 

do’stlarini ko’rishga bordi. 

Bir kuni tongda Iso qirg’oqda 

edi va baliqchi izdoshlariga: 

“To’ringizni boshqa tomonga 

tashlang”,- deb aytdi. Tutilgan 

baliq ko’p – 153-taedi, lekin 

to’r uzilib ketmadi.

Q

ekin U har kuni bizlar bilan 



birga bo’lishga, bizlarga 

to’g’ri yashashga ko’maklashishga 

va’da berdi, va yana U yerga 

qaytib kelishga va O’z Shohligini 

o’rnatishga va’da berdi. 

ir kuni U O’z shogirdlarini 

Beyt-aniya  tomon olib bordi. 

Iso ularga Uning barcha 

odamlarni sevishini, ular uchun 

o’lganligini dunyodagi hamma 

odamlarga gapirib berishlarini 

aytdi. Keyin Iso O’z shogirdlarini 

duo qildi va osmonga 

ko’tarilishni boshladi, va 

osmonda g’oyib bo’ldi. 

B

L



Bu yerda siz qanday qilib Xudoning ajoyib 

oila a’zosiga aylanishingiz mumkinligi 

haqida yozilgan

!"  Xudo oilalarni sevadi. Xudo bu dunyoni yaratganidan keyin, birinchi oilani: 

erkak va ayolni yaratdi. Ularning ismlari Odam Ato va Momo Havo edi. 

Ularning birinchi uyi Adan bog’ida edi.

#"  Xudo – ezgu Xudodir, va U Odam Ato va Momo Havo bilan faqatgina ezgu 

narsalar sodir bo’lishini istar edi. Odam Ato va Momo Havoda  Xudoga 

bo’ysunish yoki bo’ysunmaslikni tanlash huquqi bor edi.

$"  Shayton Xudoni va Xudo yaratgan oilani yomon ko’rar edi. Shayton ilonning 

qiyofasiga kirib bog’ga ularning uyiga keldi. Shayton Momo Havoga Xudo 

ularga yolg’on gapirdi deb aytdi. Momo Havo shaytonning so’zlariga 

ishondi. Odam Ato buning noto’g’ri ekanligini bilsa ham, Xudoga itoat 

qilmadi.


%"  Odam Ato Xudoga itoat qilmaganidan keyin, qo’rqinchli narsa sodir bo’ldi. U 

Xudodan qo’rqishni boshladi va yashirinishga harakat qildi. Xudo Odam Ato 

va Momo Havoga, ular gunoh qilganliklarini, va ular Adan bog’ini tark 

etishlari kerakligini aytdi. Baxtli dunyo bo’lish o’rniga, yer qayg’uli dunyoga 

aylandi. Sevgi o’rnida u yerda nafrat bor edi, va odamlar hattoki bir-birini 

o’ldirishni boshladilar.

&"  Odam Ato va Momo Havo hamma millatlarning katta, katta, katta buva va 

momosi edilar. Odam Ato gunoh qilganligi uchun, bizlar bu dunyoga 

gunohkor bo’lib tug’ilamiz. 

'"  Xudoning alohida rejasi bor edi! U hali ham dunyodagi hamma insonlarni 

sevadi, hattoki ular gunohkor bo’lsalar ham. Xudo inson zotining bir qismi 

b’lishga qaror qildi. Uning O’g’li -  Iso odamzod bolasi kabi tug’ilishi kerak 

edi, ammo odamzod otasisiz.

("  Isoning odamzod otasi bo’lmaganligi sababli, U gunohsiz tug’ildi. U 33 yil 

gunohsiz hayot kechirdi. Iso biz uchun o’lsa, U dunyodagi barcha  

odamlarning qilgan hamma  xatolari uchun jazo qabul qilishini  Xudo bilardi. 

Mana shu uchun Iso xochda  o’lishni O’ziga eb ko’rdi. Shamol va to’lqinlarni 

tinchitgan, Lazarni o’limda tiriltirgan va 5000-ta och odamlarning qornini  

to’yg’azgan Iso Uni askarlar tomonidan hibsga olishlarini, Uni urishlarini, 

Uni xochga mixlashlarini to’xtata olar edi. Iso bizlarning jazoimizni qabul 

qildi, shuning uchun U O’zini xochga mixlashlariga ijozat berdi.

)" Xudo Isoning o’lganidan uch kundan keyin qaytib kelganligida, Uning oddiy 

odam bo’lmaganligini ko’rsatdi! Xudo Uning oddiy insondan buyukroq 

bo’lganini  ko’rsatdi. Chunki U tirik, bizlar U bilan muloqotda bo’lishimi 

mumkin.


*"  Xushxabar shuki, Isoga ishongan har bir kishi Xudo tomonidan kechiriladi. 

Isoning gunohlar uchun to’lagan haqqini qabul qilish uchun, siz o’z 

onginigizda Unga ishonishga qaror qilishingiz kerak. Agar biz Isoning bizning 

gunohlarimiz uchun o’lganligini va Xudo Uni o’limdan tiriltirganligini ochiq 

aytib e’tiqod qilsak, Xudo bizlarning gunohlarimizni kechirishga va ularni 

unutishga va’da beradi.

!+" Bizlar buni qilganimizdan keyin, Muqaddas Ruh bizlarda yashash uchun 

keladi va bizlarga Masihiy hayot kechirish imkoniyati beriladi. Bizlar Xudo 

oilasining a’zolari bo’lamiz va bir kuni bizlar Xudo bilan abadiy bo’lish uchun 

jannatga boramiz. 

Agar siz ham Isoni o’z yuragingizga U sizni yangi inson qilishi uchun qabul 

qilmoqhi bo’lsangiz, siz shu so’zlarni o’qib ibodat qilishingiz mumkin: 



Iso, Sen Xudoning O’g’li ekanligingga ishonaman.

Sen bu olamga kelib, mening gunohlarim uchun O’zingni 

 

qurbon qilganingga ishonaman. 

Men o’z gunohlarim uchun tavba qilaman va ulardan 

 

qaytaman.

Sening o’lganingga, tirilganingga va hozir borligingga 

 

ishonaman. 

Iso, Sendan meni kechirishingni va meni O’z ajoyib oilang 

 

a’zosiga aylantirishingni so’rayman. Sendan mening 

 

hayotimga kelishingni, menda yashashingni va 

 

mening Rabbim bo’lishingni so’rayman. Omin.

Men ishonaman! Men Isodan mening Qutqaruvchim bo’lishini so’radim.

______________________________________________________________

           (Ismingiz)                                                                         (Sana)

Endi Isoni o’z Qutqaruvchingiz deb qabul qilganingizdan keyin, U doim sizning 

yoningizda, yuragingizda bo’ladi. Hattoki to’g’ri bo’lgan ishlarni qilish qiyin 

bo’lsa ham, Iso sizga to’g’ri yo’lni tanlashda yordam beradi. Siz U bilan ibodatda 

muloqotda bo’lishingiz mumkin. U sizga to’g’ri yo’l tanlashga va hayotingizga 

bo’lgan Uning rejalarini bilishga yordam beradi. 

Iso bajarishingizni so’ragan bir nechta narsalar bor:

1. Xudoni butun yuragingiz bilan sevishingizni;

2. Birodarlaringizni o’zingizni sevgandek sevishingizni;

3. Suvda cho’mdirilishingizni;

4. Muqaddas Ruhda cho’mdirilishingizni;

Iso siz hayotingizda baxtli va omadli bo’lishingizni xoxlaydi. Hayotingiz 

tugaganida esa U sizga Jannatda U bilan yashash uchun uy beradi. 



so haqida va U sizga bergan yangi 

hayot haqida ko’proq bilishni 

istasangiz, ko’proq ma’lumotga ega 

bo’lish uchun bizga yozing.

Buning narxi yo’q – bu bepul.

Iltimos ism sharifingizni va 

manzilingizni yozing.

Bu manzilga jo’nating.

I

Biz sizga Iso va Uning aytganlari haqida 



ko’proq ma’lumot yuboramiz. 

Bularni Iso bilishingizn istaydi: 

Xudo sizni sevadi.



Xudo Isoni siz uchun o’limga yubordi, agar siz Undan so’rasangiz, U 

sizning gunohingizni oladi.

Agar siz gunoh qilsangiz va Xudodan kechirim so’rasangiz, U 



kechiradi.

Agar sizni kimdir haqorat qilsa, Iso ularni kechirishingizni aytdi.



Iso sizni bu hayotda baxtli bo’lishingizni istaydi.

Iso sizning sog’lom bo’lishingizni xohlaydi. U sizning har qanday 



kasalligingizga shifo bermoqchi.

Iso sizga qo’rquv ustidan g’alaba beradi.



Iso sizga yomon xislatlar ustidan g’alaba beradi.

Bu hayotingiz tugaganidan so’ng, Iso sizga Jannatda Iso bilan yashash 



uchun uy beradi.

Har kuni ibodat qilish yodingizda bo’lsin. Iso hayotingizdagi barcha 



tafsilotlar uchun tashvishlanadi.

Iso haqida bilganlaringizni oilangiz va do’stlaringiz bilan bo’lishing.



Hozir Xudoning oilasida tug’ilganligingiz tufayli, Iso sizga to’g’ri yo’lda 



yurishga ko’maklashadi.

Download 64.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling