5- tajriba ishi Mavzu: Sig’imdagi suyuqlik sathini o’lchash va rostlash asbobini o’rnatish va sozlash suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash


Download 22.31 Kb.
bet6/6
Sana24.10.2023
Hajmi22.31 Kb.
#1718213
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- tajriba ishi Mavzu Sig’imdagi suyuqlik sathini o’lchash va r-fayllar.org

15.3.Ultratovushli sath o’lchagichlar
Xozirgi vaktda sanoatda ultratovushli sath o’lchagichlar keng tarkalmokda. Bu asboblar boshka asboblarga nisbatan kontaktsizlik, yuqori aniqlik, kichik inertsionlik, katta diapazonda va agressiv suyuqliklarda ishlatilishi kabi bir qator muhim afzalliklarga ega. Ammo o’lchash sxemalarining murakkabligi, shuningdek, Etarli darajada ishonchli bo’lmagani sababli, bu asboblar boshka qo’rilmalardan foydalanish mumkin bo’lmagandagina ishlatiladi.
Ultratovushli sath o’lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlik, gaz chegarasidan tovush tulkinlarining kaytish prinsipiga asoslangan. Ultratovush impulsining xavo va suyuqlik chegarasi sirtidan kaytish kattaliklari akustik qarshilikning keskin farqi natijasida sodir bo’ladi.
Impuls ultratovushli tebranishlar generatori 1 dan nurlatgich 2 orqali sathi o’lchanayotgan sigimga uzatiladi. Ultratovush tulkinlar o’lchanayotgan muhitda tarqaladi va suyuqlik-xavo chegarasida qaytadi. Qaytgan tulqinlar muhitdan teskari yo’nalishda utadi, nurlatgich 2 ga uxshash ultratovushli tebranishlar qabul qilgichi 3 ga keladi, u Еrdan ultratovushli impuls kuchaytirgich 4, vakt oraligini hisoblaydigan qo’rilma 5 va o’lchash asbobi 6 ga keladi.

Suyuqlik sathi o’lchash impulsining yuborilishi va kaytishi orasidagi vakt bo’yicha aniqlanadi, ya‘ni:



(15.3)
bunda Н- suyuqlik sathiС- suyuqlikda ultratovushning tarkalish tezligi.
Vaqt o’lchagichda olinadigan akslangan signalning kechikish vaqtiga proporsional bo’lgan o’zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida darajalangan avtolmatik potensiometrga beriladi. Nurlatgich sifatida bariy titanat, pezokvarts, manitostriktsion elementlar ishlatiladi.
Ultratovushli sath o’lchagichlar 45 mm dan bir necha un metrgacha o’lchash diapazoniga ega. O’lchanayotgan muhit harorati -50 dan +2000 S gacha Еtishi mumkin. Yul quyiladigan asosiy xato +2,5%.


15.4.Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash
Bunker va boshqa qurilmalardagi sochiluchan moddalarning sathini o’lchash suyuqliklar sathini o’lchashdan ancha farq qiladi, chunki materialning ob‘ektda joylashish tavsifi uning sathi haqida gorizontal sirt kabi fikr yuritishga imkon bermaydi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatining ko’pgina texnologik jarayonlarida sochiluvchan materiallar sathini uzluksiz o’lchash kerak bo’ladi. Buning uchun qalqovichli, elektrik, radioaktiv va vaznli sath o’lchagichlar ishlatiladi.
Doimiy cho’kadigan qalqovichli sath o’lchagichning ishlash prinsipi qalqovichning sochiluvchan material ichiga tushib ketmay, uning sirtida qalqib turishiga asoslangan.
Sochiluvchan materiallarning vaznli sath o’lchagichlari bunkerni osib quyish konstruktiv qiyinchiliklarini hosil qilmaydigan va materialning bunkerga solinishi hamda undan to’kilishi bir me‘yorda bajariladigan hollarda ishlatiladi. O’zgartgich sifatida turli vaznli qurilmalar qo’llaniladi. Masalan, agar bunker prujinali tayanchda turgan bo’lsa, chegarali sath o’zgartgichi sifatida chetki o’chirgichlar ishlatilishi mumkin. Bunker yuklanganda, prujinali tayanch siqiladi va bunker vertikal bo’yicha o’zaro ta‘sirlashib, bunker to’lganda va bo’shaganda o’chirgichlarning ishlab ketishini ta‘minlaydi.
Vaznli sath o’lchagichlarda o’zgartgich sifatida messzodlar ishlatiladi. Bunda bunker tayanchiga ko’rsatilgan bosim o’lchanadi. Bu bosim bunkerni material bilan to’ldirish funksiyasidan iborat. Asbobning komplekti sath yoki vazn birligida darajalangan va manometr bilan naychalar orqali ulangan gidravlik mesezodadan iborat. Porshen elastik membrana bilan germetiklangan. Messzoda, ulaydigan naycha va manometrning prujina li suyuqlik bilan to’ldirilgan. Memmzoda-manometr tizimidagi bosim material bilan to’ldirilgan bunker og’irlik kuchining messzoda porsheni yuzasiga bo’lingan qiymatiga teng.
Bunday sath o’lchagichlar uchun manometr strelkasining shkaladagi boshlang’ich (nol) holati bunkerning bo’sh holatiga mos keladi. Shunday qilib, shkla bunkerni to’ldiradigan material vaznini ko’rsatadi.
Bu asboblar nazorat qilinayotgan modda bosimini o’zgartiruvchi o’zgartgichlarning qo’llanishiga asoslangan.
Bunkerning devorida turli balandlikda membrana o’rnatiladi yoki uchiga plastinka yoxud shar o’rnatilgan mayatnik osiladi. Sochiluvchan materialning bosimi ta‘sirida membrana egiladi va kontaktlarga ulangan prujinani siljitadi. Prujinalar tegishli elektr signalini ta‘minlaydi. Sathning pasayishi bilan prujina membrana va kontaktlarni boshlang’ich holatga qaytaradi. Bunkerdagi sath ko’tarilganda mayatnikning chetga chiqishi natijasida kontaktlar ulanadi.

Hozirgi paytda kimyo sanoatida ishlatiladigan sochiluvchan jismlar sath signalizatorlari va o’lchagichlarning nomenklaturasi cheklangan.


http://fayllar.org
Download 22.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling