5-6-Laboratoriya ishi Hosila o’rilishlar asosida to’qilgan to’qimalarni tahlil qilish Ishdan maqsad


Download 32.06 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi32.06 Kb.
#1796920
Bog'liq
5-Laboratoriya


5-6-Laboratoriya ishi
Hosila o’rilishlar asosida to’qilgan to’qimalarni tahlil qilish
Ishdan maqsad: Hosila o’rilishli to’qimalarning tuzilish parametrlari va taxtlash xususiyatlarini aniqlash.


Tapshiriqlar:
1. Hosila o’rilishida to’qilgan to’qima namunalarini tahlil qilish.
2. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, to’qimani to’liq taxtlash rasmini chizib, ularning tuzilishining o'ziga xos xususiyatlarini qayd eting. Shodalar soni, tanda iplarni shoda va tig’ tishlaridan o’tkazish turini mustaqil ravishda tanlanlang, bu tanlovning maqsadga muvofiqligini asoslang.
3. To’qima namunalarini tahlil qilish ma'lumotlariga asoslanib, tanda va arqoq uchun ishlatiladigan iplar xususiyatlarining o'ziga xos xususiyatlarini qayd eting, to’qima xususiyatlarini ko'rsating va qo'llanilish doirasini sanab o'ting.


Hosila o’rilishli to’qimalarning tuzilish parametrlari va taxtlash xususiyatlari
Polotno o’rilishi hosilalari. Ushbu o’rilishlar qoplanishlarni tanda yoki arqoq yo'nalishi bo'yicha yoki ikkala ip tizimining yo'nalishi bo'yicha kuchaytirish orqali ishlab chiqariladi. Polotno o’rilishida kuchaytirish yo'nalishiga qarab, tanda yo’nalishi bo’yicha kuchaytirilsa, tanda reps, arqoq yo’nalishi bo’yicha kuchaytirilsa arqoq reps, tanda va arqoq yo’nalishida kuchaytirilsa rogojka deb ataladi.
Tanda reps polotno o’rilishini tanda iplari yo’nalishi bo’yicha kuchaytirish hisobiga olinadi. Tanda repsi kasr bilan ko'rsatilgan bo'lib, uning surati tanda qoplanishni, maxraji esa arqoq qoplanishni bildiradi. Arqoq bo’yicha rapporti birinchi va ikkinchi iplarini qoplanish soniga qarab belgilanadi va qiymatlar yig'indisiga teng.
Masalan, tanda reps arqoq bo’yicha rapporti . Tanda bo’yicha rapporti asos o’rilishining (polotno) rapportiga teng ya’ni . (17-rasm). Cho'zilgan tanda qoplanishlar tufayli to’qima yuzasida bo’ylama chiziqlar hosil bo'ladi, buning uchun , va . Tanda reps o’rilishida to’qima ishlab chiqarishda, xuddi polotno to’qimalarini ishlab chiqarishda boʻlgani kabi, tanda iplarni shodalardan qator yoki sochma o’tkazish qoʻllaniladi.
Arqoq repsi arqoq yo'nalishi bo'yicha bitta qoplanishni kuchaytirish orqali erishiladi. Arqoq repsi kasr bilan belgilanadi, uning nomerlanishi polotno o’rilishi takrorlashning birinchi tanda ipining birinchi qoplanish darajasiga teng, maxraj esa arqoq qoplanish hisoblanadi. Tanda bo’yicha rapporti kasrning surati va maxraji qiymatlari yig'indisiga teng. Masalan, arqoq repsi rapporti . Arqoq bo’yicha rapporti asos o’rilish (polotno) rapportiga teng, . (17b-rasm). Cho'zilgan arqoq qoplanishlari sababli, eniga uzun chiziqlar hosil bo'ladi.

17-rasm. Polotno o’rilishining hosilalari
Arqoq repsi o’rilishli to’qima uchun va bo'lishi kerak. To’qimaning tanda bo’yicha zichligiga qarab, tanda iplarini shodalardan qator yoki sochma o’tkazish turlari qo’llaniladi.
Polotno o’rilishining faqat bitta qoplanishini tanda bo’yicha yoki arqoq bo'yicha kuchaytirilsa yarim reps o’rilishi hosil bo’ladi. Masalan, tanda yarim
repsi (17v-rasm) va arqoq yarm repsi (17g-rasm).
Polotno o’rilishi bir vaqtning o’zida ham tanda bo’yicha, ham arqoq bo’yicha kuchaytirilsa rogojka o’rilishi olinadi. O’rilish kasr bilan belgilanadi, uning surati tanda maxraji esa arqoq qoplanishiga tengdir. O’rilish rapporti kasrning surati va maxraji yig’indisiga teng. Masalan rogojka o’rilish rapporti (17d-rasm). Rogojka o’rilishida ishlab chiqarilgan to’qima yuzasi kvadrat yoki to’g’ri to’rtburcha shaklida bo’lib, o’lchamlari qoplanishning kuchaytirilishiga, tanda va arqoq iplarning qalinligi va zichligiga bog’liq.
Qoplanish darajasi bir xil bo’lgan va holatda o’rilish kvadrat shaklini oladi. Shakllangan kvadratchalarning relefini kuchaytirish uchun tanda va arqoq uchun bir xil yo'nalishida buram berilgan iplardan foydalanish kerak. Yagona qoplamalarni kuchaytirish darajasini tanlashda, o'rtacha chiziqli zichlikdagi iplardan to’qima ishlab chiqarishda qoplamalar uzunligi 3-4 mm dan oshmasligini ta'minlash kerak.
Rogojka o’rilishini turli shaklda chiqarish uchun tanda va arqoq to’yicha kuchaytirish miqdori xar-hil bo’lishi kerak. Bu no’to’g’ri rogojka hisoblanadi, bunday o’rilish rapporti surat va maxraji yig’indisiga teng. Masalan noto’gri rogojka (17e-rasm) o’rilish rapporti va . Rogojka o’rilishi bilan to’qima ishlab chiqarish uchun, tanda iplari to’qimaning tanda bo’yicha zichligiga qarab, shodalardan qator yoki o’rilish rasmiga muvofiq o’tkazish turi qo’llaniladi.
Polotno o’rilishi hosilalari ichida eng ko'p ishlatiladigan o’rilish turi bu rogojka hisoblanadi. Reps o’rilishlari nisbatan kam qo’llaniladi chunki to’qima yuzasida kvadrat shaklni olish osonroq. Masaln ko’ndalang naqshni olishuchun tanda iplari chiziqli zichligi arqoq iplari chiziqli zichligidan kichik , tanda bo’ycha zichlik arqoq bo’yicha zichlikdan katta bo’lishi kerak yoki ular ikkita g’altakdan polotno o’rilishida ishlab chiqarilishi lozim. Ulardan birida tanda bo’yicha ko'proq taranglikka ega bo'lishi, buning natijasida tanda iplarni har xil qisqarishi natijasida ip yuzasida bo’ylama naqshlar hosil bo'ladi. Tanda repsi to’qima milkini tayyorlash uchun keng qo'llaniladi.
Sarja o’rilishi hosilalari. Ushbu turdagi o’rilishlar sarja bosh o’rilishli to'qimalarning tanda bo’yicha bir dona qoplamalarini kuchaytirish va siljishni o'zgartirish yoki ikkalasi orqali olinadi. Sarja o’rilishi hosilalariga quyidagilar kiradi: kuchaytirilgan sarja, murakkab sarja, soyaviy sarja, rombsimon sarja, qaytma siljuvchi sarja, zigzagsimon sarja, siniq sarja va boshqalar.
Kuchaytirilgan sarja asos sarjani birinchi tanda qoplanishini tanda bo’yicha yoki arqoq bo’yicha kuchaytirish hisobiga olinadi. Masalan sarja kuchaytirilgandan so’ng sarja , sarja kuchaytirilgandan so’ng sarja , sarja kuchaytirilgandan so’ng sarja o’rilishlari hosil bo’ladi. Shunday qilib, kuchaytirilgan sarja asos o’rilishining barcha asosiy xususiyatlarini saqlab qoladi, ya'ni . Bunday sarja o’rilishlari kasr bilan belgilanadi, ularning surati tanda qoplanishlar soniga ( ), maxraj esa arqoq qoplanishlar soniga ( ) tengdir. O’rilish rapporti kasrning surati va maxraji yig’indisiga teng .
Kuchaytirilgan sarja asos o’rilish sarjadan farq qiladi chunki va . Agar bo’lsa sarja o’rilishi tanda bo’yicha olinadi chunki va ; agar bo’lsa sarja o’rilishi arqoq bo’yicha olinadi chunki va .
Kuchaytirilgan sarja o’rilishi bilan to’qima ishlab chiqarishda tanda iplari shidalardan qator o’tkaziladi, bunda shodalar soni o’rilishning tanda bo’yicha rapportiga teng, ya'ni . 18-rasmda Sarja o’rilishlari taxtlash dasturi ko’rsatilgan.

18-rasm. Kuchaytirilgan sarja o’rilishlarida to’qiladigan to’qimalarni taxtlash rasmi.
Kuchaytirilgan sarja rapportlari kasrning surati va maxraji yig’indisiga teng va ikki tomoni bir xildir. . Masalan, sarja , sarja , sarja va hokazo.
Ikki tomoni bir xil (ikkitomonlama) sarja o’rilishida to’qilgan to’qimalarda tanda va arqoq iplari old va orqa tomonlarga teng ravishda taqsimlanadi.
Murakkab sarja ikki yoki undan ortiq bosh sarja o’rilishlarini yoki kuchaytirilgan sarja o’rilishlarini takroriy maydonga ketma-ket joylashtirish orqali hosil bo'ladi. Murakkab sarja asos o’rilishi qurishining asosiy xususiyatlarini saqlab qoladi, ya'ni , . Murakkab sarja kasr bilan beriladi, uning surati tanda qoplanishlarini soniga teng, maxraj esa arqoq qoplanishlar soniga teng. Masalan
.
Rapporti kasrning surati va maxrajidagi sonlar yig’indisiga teng, ya’ni .
O’rilish rapportini shuningdek, murakkab sarja o’rilishini qurish uchun ishlatiladigan sarjalarning yig'indisi sifatida ham aniqlanishi mumkin, ya'ni
Masalan murakkab sarja bunda (18b-rasm)
Murakkab sarja to’qimalarni ishlab chiqarishda qator o’tkazish qo'llaniladi va murakkab sarja asosan rapporti katta bo'lganligi sababli uni ishlab chiqarish uchun ko'p sonli shodalar talab qilinadi. Bu esa murakkab sarja o’rilishidagi to’qimalarni ko’p miqdorda ishlab chiqarishni cheklaydi.
Siniq sarja yoki siljish miqdorini ma'lum miqdordagi tanda yoki arqoq iplaridan keyin asos o’rilishidanpilus yoki minusga o'zgartirish orqali olinadi. Shiljish miqdorini o'zgartirish diagonal yo'nalishining o'zgarishiga olib keladi. Siniq sarja har qanday sarja asosida quriladi: bosh sarja o’rilishi, kuchaytirilgan yoki murakkab sarja. Siniq sarja tanda bo’yicha siniq sarja va arqoq bo’yicha siniq sarja turlariga bo’linadi.
Tanda bo’yicha siniq sarja ma'lum miqdordagi tanda iplardan ( ) keyin siljish miqdorini plyusdandan minusga o'zgartirish orqali olinadi.
Ushbu siniq sarjaninig rapporti quyidagicha aniqlanadi.
va
bu yerda: ‑ tanda iplar soni, shundan so'ng siljish miqdori plyusdan minusga o'zgardi;
‑siniq sarjani qurish uchun ishlatiladigan asos sarja o’rilishining arqoq bo’yicha rapporti.
Masalan, agar asosi sarja o’rilishidagi ga asoslangan siniq sarja o’rilishini quramiz. Siniq sarja tanda bo’yicha o’rilish rapporti , arqoq bo’yicha ga teng bo’ladi (18v-rasm). Berilgan to'quv naqshidan ko'rinib turibdiki, takroriy maydonda nosimmetrik naqsh hosil bo'ladi, shuning uchun teskari qismdan foydalanish mumkin.
Siniq sarja o’rilish rapportiga asosan siniq sarja uchun shodalar soni asos sarja rapportiga teng . Bizning misolimizda, asos siniq sarja , demak, ga teng.
Arqoq bo’yicha siniq sarja ma'lum miqdordagi arqoq iplardan ( ) keyin siljish miqdorini plyusdandan minusga o'zgartirish orqali olinadi. O’rilish rapporti esa quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi
va
bu yerda: ‑ arqoq iplar soni, shundan so'ng siljish miqdori plyusdan minusga o'zgardi;
‑siniq sarjani qurish uchun ishlatiladigan asos sarja o’rilishining tanda bo’yicha rapporti.
Masalan, agar asosi sarja o’rilishidagi ga asoslangan siniq sarja o’rilishini quramiz. Siniq sarja tanda bo’yicha o’rilish rapporti , arqoq bo’yicha ga teng bo’ladi (18g-rasm). Berilgan o’rilish rapportidan ko’rinib turiptiki tanda iplari turli o’rilishga ega. Shuning uchun, arqoq bo’yicha siniq sarja o’rilishli to’qimalarni ishlab chiqarish uchun tanda iplarni shodalardan qator o'tkazish qo'llaniladi, bunda .
Siniq sarja o’rilishida to’qimalari ishlab chiqarishda, shodalar soni har doim asos o’rilish rapportiga teng. Tanda boʻyicha siniq sarja o’rilishida to’qima ishlab chiqarishda tanda iplarni shodalardan qaytma o’tkaziladi, arqoq bo’yicha siniq sarja ishlab chiqarishda esa qator otkazishdan foydalaniladi.
Rombsimon sarja o’rilish rapportidagi ohirgi ipdan tanda bo’yicha siljish miqdorini plyus yoki minusga o’zgartirish orqali va o’rilish rapportidagi ohirgi ipdan arqoq bo’yicha siljish miqdorini plyus yoki minusga o’zgartirish oraqali olinadi. Ya’ni, bir vaqtning o’zida tanda va arqoq bo’yicha siniq sarja qurish usuli qo’llaniladi.
Rombsimon sarja rapporti
va
Masalan, agar asosi sarja o’rilishida rombsimon sarja ishlab chiqarsak, , o’rilish rapporti tanda bo’yicha va arqoq bo’yicha ga teng bo’ladi. (19a-rasm).
Berilgan rombsimon sarja o’rilishi rasmidan ko'rinib turibdiki, to’qima yuzasida romb shaklidagi naqsh hosil bo'ladi. Naqshning simmetriyasi tanda iplarni shodalardan qator o’tkazishda o’tkaziladi, bunda shodalar soni . Romb o'lchamlari tanda va arqoq iplari soniga bog'liq, shundan so'ng siljish miqdori, to’qimaning tanda va arqoq bo'ylab zichligi, tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligi o'zgaradi.

Download 32.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling