5-6-Ma’ruza. Savod o‘rgatishda mashq
Download 89.48 Kb.
|
5-MA\'RUZALAR MATNI (2)
So'z ustida ishlash. Bu yo'nalishda quyidagicha ishlar omalga oshiriladi:
l . So'zning to'g'ri, adabiy-orfoepik talaffuzi va o'qilishini o'rgatish. So'z ma'nolarini tushuntirish. O'quvchilar nutqiga yangi so'zlarni kiritib borish, ya'ni lug'atini boyitish. So'zlarni uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashga o'rgatish. Berilgan so'zni imlo jihatdan to'g'ri yozishga o'rgatish. Bu jarayonda, mazmunli rasm asosida yoki predmetlarning o'zi yordamida har bir aytilayotgan nom so'z ekanligi tushuntiriladi, „so'z” tushunchasi shakllantiriladi. Bu o'rinda gapning so'zlardan tuzilishi aytib o'tiladi. „Bo'g'in” mavzusi o'tilganda so'zlarning bo'g'inlarga bo'linishi biJib oladilar. So'z ustida ishlash jarayonida quyidagicha og'zaki mashq turlaridan foydalanish mumkin: Bir xil qo'shimchali so'zlardan topish. Masalan: ishla, tuzla, sozla; gulzor, mevazor, paxtazor va boshq. Ohangdosh so'zlar topish. Misol: bosh, îosh, qosh, osh; tutun, bulun, kukun va boshq. Ma'nodosh so'zlar topish. Bunda dars]ikdagi matndan ma'nodoshi bor so'z tanlab olinadi va „ Bu so'zni boshqa qaysi so'z bilan almashtirish mumkin?” deb so'raladi. Masalan: vatan, yurt, el, mamlakat, diyor va boshq. Shalddosh so'zlar topish. Bunda 2 ta gap berilib ulardagi bir xil yozilgan so'zni topish aytiladi. So'z topilgach, uning ma'nolari gaplar vositasida tushuntirib beriladi. Misol: Yozda dam oldik. Xatni qalam bilan yoz! O'quvchilarga inana shunga o'xshash misollar topish vazifasi beriladi. Qarama-qarshi ma'noli so'zlar topish. Misol: yaxshi-yomon, baland-past, oq-qora, odobli-odobsiz, katta-kichik va boshq. Ko'p ma'noli so'zlar yordamida birikmalar tuzish: odamning ko 'zi — uzukning ko'zi, taxtaning ko'zi... Bunda o'qituvchi boshlab beradi va qator o'quvchilar tomonidan davom ettiriladi. Berilgan so'zni qatnashtirib gap tuzish. Bunda berilgan so'zni qatnashtirib gap yoki maqol aytish topshirig'i berilishi mumkin. Misol: Kitob: Kitob — bilim nıanbai. Vatan: Men valanimni sevaman, So'z ustida ishlash jarayonida kesma harf va kesma bo'g'inlar yordamida yozma mashqlar tashkil etiladi. O'rganilayotgan sahifadagi bir bo'g'inli so'zlarni kesma harflardan tuzish va o'qish: nok, nay, osh, oy, ip, tom, do'st, qand, baxt va boshq. Ustunchadagi ikki va uch bo'g'inli so'zlarni kesma harf va kesma bo'g'inlardan tuzish va o'qish. Misol: 1 — to-mon, o-ta, mit-lim. Bir so'z aspsida bir necha so'z tuzish va o'qish: oltin — olti, in, tin, fil, il, it, tol. Tеkshirish uchun savol va topshiriqlar. Savod o‘rgatish jarayonida qaysi mashqlardan foydalaniladi? Analiz-sintеz mashqlarini kim ishlab chiqqan? Uning ahamiyatini ayting. 3.Analiz mashqlarining turlarini ayting. Ulardan qaysi o‘rinlarda foydalaniladi? Sintеz mashqlarining turlarini ayting. Sintеz mashqlarini uyushtirishda kеsma harf va kеsma bo‘g‘inlarning ahamiyatini misollar asosida izohlang. Tovush va harf tomondan analiz-sintеzni ongillashtiruvchi vositalar nimalar? Ularni yasang va dars jarayoniga tatbiq eting. Savod o‘rgatish jarayonida tovushlarning to‘g‘ri va ravon talaffuzi ustida qanday ishlanadi? Diksiya ustida ishlash mashqlariga nimalar kiradi? Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirishda qanday manbalardan foydalaniladi? Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stiruvchi vazifalariga nimalar kiradi? 10.Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirishga oid ish turlari nimalardan iborat? 11 .Nazariy matеriallarsiz grammatika va imloni amaliy o‘zlashtirish dеganda nimani tushunasiz? Download 89.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling