5-6-mavzu: Bug‘latish apparatlari tuzilishi, isitish sxemasi va korpuslar sonini aniqlash Bug‘latgich apparatlar


Ko‘p korpusli bug‘latish apparatlari


Download 14.62 Kb.
bet2/3
Sana03.11.2023
Hajmi14.62 Kb.
#1743779
1   2   3
Bog'liq
5-6-mavzu Bug‘latish apparatlari tuzilishi, isitish sxemasi va -fayllar.org

Ko‘p korpusli bug‘latish apparatlari 
Mahsulotlarni quyuqlantirish uchun ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari keng
ishlatiladi. Bunday qurilmalar isituvchi bug‘ning issiqligidan bir necha bor
foydalanishga asoslangan. Bunda birinchi apparatga isituvchi bug‘ berilsa, ikkinchi
apparatni isitish uchun , birinchi apparatdan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi,
uchinchi apparatni isitish uchun esa ikkinchi apparatdan chiqayotgan ikkilamchi
bug‘ ishlatiladi va xakozo. Oxirgi apparatdan chiqayotgan ikkilamchi bug‘
kondensatorga yuboriladi. Korpuslarning soni ko‘payishi bilan 1kg suvni bug‘latish
uchun zarur bo‘lgan isituvchi bug‘ning sarfi kamayib boradi.
Ko‘p korpusli qurilmalar sxemalari
Oxirgi apparatdagi ikkilamchi bug‘ning bosimiga ko‘ra, ko‘p korpusli
bug‘latish qurilmalari vakuum bilan va yuqori bosim ostida ishlaydigan bo‘ladi.
Sanoatda asosan bir xil yunalishli qurilmalar ishlatiladi, chunki bular eng
tejamli xisoblanadi. Bunday qurilmalarda kichik parametrli suvnecha korpusdan
tashqil topgan. Istgichda qaynash temperaturasigacha qizdirilgan dastlabki eritma
qurilmaning birinchi korpusga beriladi. Birinchi korpusda xosil bo‘lgan ikkilamchi
bug‘ isituvchi agent sifatida ikkinchi korpusga beriladi. Ikkinchi korpusdagi bosim
birinchi apparatdagiga nisbatan ancha past temperaturada qaynaydi.
2-korpusda bosim ancha past bo‘lganligi sababli, 1-korpusda qsiman

bug‘langan eritma o‘z-o‘zidan ikkinchi korpusga o‘tadi va mahsulot ikkinchi


korpusda qaynash temperaturasigacha soviydi. Bunda issiqlik ajralib chikadi;
natijada ma’lum miqdorda qo‘shimcha ikkilamchi bug‘ xosil bo‘ladi.
Ikkinchi korpusda bug‘latilgan mahsulot uchinchi korpusga o‘z-o‘zicha
o‘tadi. Uchinchi korpusni isitish uchun ikkinchi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi
bug‘ ishlatiladi. Oxirgi apparatdan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ barometrik
kondensatorga uzatiladi. Bu yerda bug‘ning kondensatsiyalanishi natijasida tegishli
vakuum xosil qilinadi. Havo va kondensatsiyalanmay kolgan gazlar issiqlik
almashinish jarayonini susaytiradi. Shu sababli sovituvchi agent (suv) bilan,
korpuslarning zichmas joylari orqali vakuum-nasos yordamida surib olinadi.
Kondensatordagi qoldiq bosining qiymati suv temperaturasining o‘zgarishi
bilan o‘zgaradi.

Download 14.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling