5-Mavzu:
Yog‘-moy sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalanish.
Reja:
Respublikamizda faoliyat yog‘-ekstraksiya korxonalaridan chiqayotgan ikkilamchi resurslar
Yog‘-ekstraksiya korxonalaridan chiqayotgan ikkilamchi resurs shrotdan foydalanish
Soapstokdan yog‘ kislotalari olishning nazariy asoslari va soapstokni qayta ishlash
Yog‘ kislotalarini distillyasiyalash jarayonining mohiyati.
1.Respublikamizda faoliyat yog‘-ekstraksiya korxonalaridan chiqayotgan ikkilamchi resurslar
Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab turgan 23 ta yirik korxonada va 50 dan ortiq kichik korxonalarda tayyor mahsulot ishlab chiqarishda, bir necha turdagi ikkilamchi resurslar chiqadi.
Urug‘larni moy olishga tayyorlash bо‘limida: paxta chigitida shluxa, kungaboqar urug‘ida urug‘ pusti, meva donaklarida urug‘ qobig‘i (pustloqsiz urug‘lar bundan mustasno) va hakazo.
Moyli urug‘lardan presslash usulida moy ishlab chiqarilganda: kunjara va moyni birlamchi tozalashda chiqadigan fuza va boshqalar.
Moyli urug‘lardan va kunjaradan ekstraksiya usulida moy ishlab chiqarilganda: shrot
Ishlab chiqarilgan moylarni rafinatsiyalashda moylarni turiga qarab: fosfolipid, soapstok, gossipol smolasi va hakoza.
Fosfolipiddan: fosfotid konsentrati
Soapstokdan: DJK, SJK yog‘ kislotalari
Gossipol smolasidan: bitum, gossipolni uzidan о‘simlikni himoya qilish uchun preparatlar, farmatsevtikada dori vositalari ishlab chiqariladi.
Meva donaklarini qayta ishlanganda: urug‘ qobig‘laridan adsorbent hamda qog‘oz ishlab chiqarishda xom ashyo, mebil ishlab chiqarishda xom ashyo. Kunjarasidan qandolat hamda kandetir va non mahsulotlarini ishlab chiqarishda va boshqalar.
2.Yog‘-ekstraksiya korxonalaridan chiqayotgan ikkilamchi resurs shrotdan foydalanish
Kunjara va shrot — bu zavodlarda moyli ekin urug'lari va makkajo'xori kurtagidan maydalab, moy olish natijasida hosil bo'ladigan qo'shimcha mahsulotlardir. Kunjara va shrot qishloq xo'jaligi hayvonlari doimo ishtaha bilan iste'mol qiladigan eng qimmatli yemdir. Ular xalqaro savdoda ham qimmatli ozuqa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |