5-Mavzu: Yog‘-moy sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalanish. Reja


Download 46.02 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi46.02 Kb.
#1833785
1   2   3   4
Bog'liq
5 Yog‘ moy sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalanish slayd tayyorlash

Kunjara urug'lar presslab olinadi va buning natijasida undan moyning asosiy qismi ajraladi. Boshqacha qilib aytganda, bu presslangan yog'sizlantirilgan urug'lardir. Kunjaradagi moy miqdori, odatda, 6—9 % dan oshmaydi. U presslash usuli (sovuq yoki issiq) va qo'llaniladigan mashina tipigabog'liq. Qishloq xo'jaligi tipidagi zavodlarda kunjara olinganda, lining tarkibidagi moy zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan zavodlardan ishlab chiqarilgan kunjaranikiga qaraganda ko'p bo'ladi. Moydan tashqari, kunjarada urug' tarkibiga kimvchi, deyarli, barcha moddalar saqlanadi.
Moyni sovuq presslash usuli bilan (urug'larni qizdir-. masdan) olganda kunjara va urug' moddalari sifati bo'yicha urug' moddalaridan farq qilmaydi, issiq presslash usuli (urug'larni dastlabki qizdirish)da esa moddalarning ba'zi bir o'zgarishi (oqsillar denaturatsiyasi va boshqalar) kechadi. Kunjara gid-ravlik presslar qo'llanilgan holda qalinligi 38 mm, uzunligi 900 mm. ga yaqin, kengligi 350 mm bo'lgan zich presslangan plita ko'rinishida yoki uzluksiz ishlovchi shnekli presslarni qo'llagan holda shakli bo'yicha chig'anoqni eslatuvchi bo'lakchalar ko'ri-nishda ishlab chiqariladi. Ba'zan kunjara maydalangan ko'rinish-da tayyorlanadi.
Shrot maydalangan moyli ekinlar urug'ini erituvchilar (ben-zin, dixlor etan va boshqalar) yordamida ekstraksiyalash yo'li bilan moyi olingan mahsulotdir. Ekstraksiyalash tugashi bilan erituvchilar urug' qoldiqlaridan haydalib, quritiladi, shuning uchun shrot hamma vaqt oquvchan mahsulot hi-soblanadi. Ekstraksiyalashda moyning katta qismi erituvchi bilan ajraladi, shuning uchun shrot tarkibida uning miqdori ko'p emas (0,7-4 %).
Kunjara va shrot oqsilga boy, ko'p miqdorda kletchatka hamda pentozanlarga ega. Ular mineral moddalarga, xususan, kaliy va fosforga serob. Ularda В va E guruh vitaminlari ancha mo'l. Oqsil miqdori jihatdan ular urug'dan ustun turadi va shuning uchun yuqori ozuqa qiymatini namoyon qiladi.
Qishloq xo'jaligi hayvonlari uchun mo'ljallangan omixta yemga turli kunjara va shrot - 5 %dan 35 %gacha, parrandalar uchun - 12 dan 20 %gacha quritiladi.
О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan yog‘ ekstraksiya korxonalaridan chiqayotgan ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlab tо‘yimliligi yuqori bо‘lgan ozuqa olish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Ushbu muammoni yechish uchun achitqi zamburug‘lari faoliyatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shuni takidlash mumkinki, paxta shroti tarkibida monosaxaridlar mavjudligi va bu monosaxaridlarning massaviy ulushi shrotni sheluxadan tozalaganda yanada oshishini kо‘rsatdi. Monosaxaridlar Saccharomyces oilasiga mansub achitqi zamburug‘lari tomonidan yaxshi о‘zlashtirishini nazarda tutib, mikroorganizmlarni yashashi, kо‘payishi uchun sharoit yaratish lozim. Shuning uchun Saccharomyces oilasiga mansub mikroorganizmlarning ekzofermentlari paxta shroti tarkibida mavjud bо‘lgan gossipol halqasini uzib 6 atomli geterotsiklik uglevodorodlarni muhitda hosil qilish qobiliyatiga ega.
Bunday kimyoviy birikmalar esa Saccharomyces uchun yaxshi ozuqaviy mahsulot bо‘lib xizmat qilishi mumkin.
Bijg‘ish jarayonining davomiylig 48 soat maksimal deb olindi. Undan yuqori soatlarda bijg‘itilgan muhitda oqsilning umumiy massasi ushbu soatga nisbatan kamayganligini kо‘rsatadi. Jarayon tugagach shrotni suyuq muhitdan siqish yо‘li bilan ajratiladi va 45-50oS haroratda quritish shkafida quritiladi. Qurigan shrotda proteinning umumiy miqdorini 53,7% ni tashkil etadi.



Download 46.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling