5-Mavzu: Yog‘-moy sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalanish. Reja
Yog‘ kislotalarini distillyasiyalash jarayonining mohiyati
Download 46.02 Kb.
|
5 Yog‘ moy sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalanish slayd tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar.
4. Yog‘ kislotalarini distillyasiyalash jarayonining mohiyati.
Yog‘ kislotalarining distillyasiyasi. Distillyasiyaning maqsadi - aralashmasi kam miqdorda bo‘lgan yog‘ kislotalarini olish. Ximiya sanoati rivojlanishi bilan tozalangan yog‘ kislotalari keng ishlatilmoqda, u quyidagi talablarga javob berishi kerak: rangi tiniq bo‘lishi kerak, tabiiy yog‘ bo‘lmasligi kerak, sovunlanmaydigan moddalar minimal miqdorda bo‘lishi kerak. Yog‘ kislotalari bu talablarga faqatgina distillyasiyadan so‘ng javob beradi. Atmosfera bosimida yog‘ kislotalari yuqori qaynash temperaturasiga (250°S dan yuqori) ega bo‘ladi. Shuning uchun atmosfera bosimida olib borilayotgan distillyasiya protsessida yog‘ kislotalari parchalanadi, to‘yinmaganlari Pashmerizatsiyalanadi. Qaynash temperaturasini kamaytirish uchun distillyasiya vakuum ta’sirida olib boriladi. 5 mm simob ust. 760 mm.simob ust. Palmitin 192 354 Stearin 209 370 Demak apparatda qolgan bosim qancha kam bo‘lsa, yog‘ kislotalarining qaynash harorati shuncha kamayadi. Distillyasiya temperaturasini o‘tkir bug‘ berish bilan ham pasaygirish mumkin. Distillyasiya vaqtida SJK distillyasion kubda qaynaguncha isitiladi, hosil bo‘lgan bug‘ chiqarilib yuboriladi va kondensatsiyalanadi. Distillyasion kubda yuqori qaynovchi bo‘yovchi moddalar, qiyin uchuvchi yog‘ kislotalari, oksi kislotalar, metall sovunlar, polimerizatsiya mahsulotlari, mineral tuzlar va neytral yog‘lar qoladi. Kubdagi qoldiq gudron deb ataladi. Hozirgi vaqtda yog‘ni qayta ishlash kombinatlarida doimiy va uzluksiz ishlaydigan "Komsomolets" distillyasiya qurilmasi ishlatiladi. Davriy ishlaydigan qurilishlarda yog‘ kislotalari distillyasion kubga berilib, u yerda 230-240°S gacha qizdiriladi va o‘tkir bug‘ yordamida uzluksiz xaydalib turiladi. Kubda asta-sekin distillyasiyalanmagan qoldiq gudron yig‘ilib boriladi. Gudronni tushirish uchun qurilma ishdan to‘xtatiladi. Yuqori temperaturada yog‘ kislotalarining kubda uzoq vaqt turishi natijasida ma’lum miqdordagi yog‘ kislotalari polimerizatsiyalanadi, natijada distillyatning chiqish miqdori kamayadi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda gudron uzluksiz ravishda chiqarilib turiladi. Bu qurilma yuqori texnik samaradorlik ko‘pcatkichini olishi mumkin. Tayanch so‘z va iboralar. 1.Shrot 2.Kunjara 3.fosfolipid 4.Soapstok. 5.Sovunlanish. 6.Xom yog‘ kislotalari. 7.Distillangan yog‘ kislotasi. 8.Qaynash. Takrorlash uchun savollar. 1. Yog‘ moy sanoatining ikkilamchi resurslari 2. Shrotni qayta ishlash 3. Soapstokni qayta ishlash. 4. Soapstokdan xom yog‘ kislotalarini olishni ximizmi. 5. Yog‘ kislotalarini distillyasiyasi. 6. Davriy va uzluksiz usulda yog‘ kislotalarini distillyasiyalash. Download 46.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling