5-7-sinflarda dars o'tish uslubiyoti Reja: Dars konspektining reja-jadvalini tuzish uslubiyoti
a) rejaga tushuntirish xati; b) rejaning mazmuni
Download 33.75 Kb.
|
5-7-sinflarda dars o\'tish uslubiyoti 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi reja mazmunida
a) rejaga tushuntirish xati; b) rejaning mazmuni.
Tushuntirish xatida shu chorak uchun parallel sinflarda o’quvchilar bilan hal qilinadigan aniq vazifalar tushunarli qilib ifodalanadi; yangi o’zlashtiriladigan asosiy materialni hajmi belgilanadi, qo’shimcha tarzida takomillashtiriladigan yoki mustahkamlanadigan takroriy material ko’rsatiladi; o’quv choragining mashg’ulotlarini tashkillashning xususiy tomonlari ochiladi; chorak uchun nazorat normalari va talablar belgilanadi. Ishchi reja mazmunida dasturda tavsiya qilinib o’zlashtirilishi rejalashtirilgan asosiy mavzular va ularni o’zlashtirishdagi muvofiqlik, ketma-ketlik, asta-sekinlik bilan vazifalarni osondan qiyinga qarab qiyinlashtirish (darsdan darsga)ga o’tishda rioya qilinadi. Jismoniy yuklamaning hajmi va intesivligi mashg’ulotdan, mashg’ulotga aste-sekinlik bilan oshirib boriladi, dasturining nazariy materialiga vaqt ajratiladi. Aynan shu darsda nazariy material qancha o’qitilishi amaliy material mazmuniga qarab rejalashtiriladi. Masalan, harakat faoliyatiga o’rgatish rejalashtirilgan bo’lsa, unda o’zlashtirilayotgan mashqni texnikasi haqidagi bilimlar, o’qitilayotgan jismoniy mashqni organizmga ta’siri, uni baja rishdagi havfsizlikni ta’minlashga oid ma’lumotlar orqali aniq vazifa lar hal qilinadi. Ishchi rejalarning shakllari turlicha bo’lishiga qaramay ularni ishlashda quyidagi metodik tavsiyalarga rioya qilish amaliyotda lozim bo’lgan samarani beradi va uslubiy tavsiyalar ularning barcha shakllari uchun umumiy. Ular: 1) mashq texnikasini tuzilishi nuqtai nazaridan qiyinligini hisobga olib o’quvchilarni mashqni urganishga tayyorlash; 2) aniq harakat faoliyati texnikasini o’qitishni bir yoki bir necha aralash mashg’ulotlarda uzluksiz, tanaffuslarsiz o’qitish, diqqatni faqat shu harakatlarni o’rgatishga qaratish; Oxirgi 5 yil davomidagi ilmiy tadqiqotlar, tajribali jismoniy tarbiya o’qituvchilari bilan o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar ishchi rejalarni matn tarzidagi shaklini ma’qul ko’rmoqdalar. Chunki, unda faqat mazmun – bajariladigan mashqlar ifodalanmay, mashg’ulotlar tizimidagi o’qitish metodlari, rejalashtirilgan takrorlashlar(mashqlanish) yuklamasi va uni asta-sekinlik bilan oshirish, variatsiyalash ochib beriladi. Matn tarzidagi ko’proq foydalanilayotgan ishchi reja o’z mazmuniga quyi dagilarni oladi: darsning tartib raqami(№), darsning asosiy vazifalari va ularni ma’lum formada ifodalash, o’qitish va trenirovka mazmuni, uni yuklamasining hajmi va intensivligini ko’rsatish bilan erkaklar va ayol larga differentsiyalab qisqacha yozuvlar qilinadi. Matn tarzidagi ishchi rejalarini taxminiy shakllarini e’tibo ringizga havola qildik. O’quv yilining birinchi o’quv choragi uchun ishchi rejada mavzularni darslarga taqsimlash reja - jadvaliga muvofiq, jismoniy tarbiya ta’limining har bir darsning ta’limiy vazifalarini darslarga taqsimlanishni ko’rib chiqamiz. Download 33.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling