5-7-sinflarda dars o'tish uslubiyoti Reja: Dars konspektining reja-jadvalini tuzish uslubiyoti


Download 33.75 Kb.
bet1/13
Sana15.03.2023
Hajmi33.75 Kb.
#1270875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-7-sinflarda dars o\'tish uslubiyoti 23


5-7-sinflarda dars o'tish uslubiyoti
Reja:
1. Dars konspektining reja-jadvalini tuzish uslubiyoti
2. Darsning xususiy vazifalari va tartibi
3. 6-SINF jismoniy tarbiya fan dasturi


Jismoniy madaniyat darsning konspekti matni “reja-jadval” tarzida tuziladi. Chunki uni oddiy matn tarzida ifodalash (boshqa umumiy ta’lim fanlarinikidek) bilan hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar, darsdagi jismoniy yuklama, o’qitiladigan mavzularning vositalarini ketma-ketligi, ularning ijrosi, tashkillash va o’tkazishdagi uslubiy ko’rsatmalar va boshqalarni yozish, bayon qilish, konspekt hajmini o’ta kengayib ketishiga olib keladi va o’qituvchini ortiqcha vaqt sarflashga majbur qiladi. Shunga ko’ra jismoniy madaniyat darslarining konspektlari “reja-jadval” tarzida yoziladi.
Mazmun, mohiyatiga ko’ra dars konspektining reja-jadvali matni dars tarkibidagi ayrim komponentlarning har birini qanday o’qitish lozimligini tizimga soladigan ta’lim jarayonining detallashtirilgan hujjati bo’lib, o’quv-tarbiya jarayonini operativ boshqarish uchun xizmat qiladi va amalda qo’lla niladigan chizma shaklida ifodalanadi (ilovaga qaralsin).
Har bir darsning samarasi konspekt matnining reja - jadvalida ifoda langan mavzu va uni vazifasini aniq belgilanishi bilan uzviy bog’liq. Vazifa larini belgilashda har bir darsning ishchi rejasidagi mazmundan kelib chiqib, oldingi darsning materialini, agar u davom etayotgan bo’lsa navbatdagi dars bilan bog’lash, shuningdek shug’ullanuvchilar tarkibi, ularning jismoniy tayyor garligi, mashg’ulotni o’tkazish joyidagi sharoitini hisobga olish lozim bo’ladi.
Dars uchun qo’yilgan vazifalarning soni va ularni hal qilish, vazifaning oson-qiyinligiga qarab bir yoki bir necha darsda, shu harakatni o’rgatish uchun tanlangan metodika, tavsiya qilingan vositalar(mashqlar)ning muvofiqligini, ta’lim jarayonietaplari ketma-ketligiga rioya qilishni taqazo etadi. Darsning vazifalari darsning asosiy qismi uchun yozilgan konspekt reja- jadvalida umumiy va xususiy vazifalar tarzida ifodalanadi.

Download 33.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling