1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana11.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1189158
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu



1-MAVZU. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. 
Mashgʻulot turi: ma’ruza 
Mavzu rejasi: 
1. Maktabgacha yoshdagilarning hayotiy –zaruriy harakatlari. 
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vositalari. 
3. Ertalabki gimnastika mashqlari va ularning taxminiy
kompleksini tuzish uslubiyoti. 
4. Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy rivojlanishi va
harakat sifatlari. 
1.1. Maktabgacha yoshdagilarning hayotiy –zaruriy
xarakatlari 
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismining tarbiyasi asosan turli xil mazmun va 
ko‘rinishdagi harakatlar orqali amalga oshiriladi.Ularning belgilangan guruhi 
hayotiy - zaruriy deb hisoblanadi. Inson jismi tarbiyasi nazariyasi va usuliyoti fanida 
bu harakatlarini hayotiy-zaruriy harakatlar deb atash qabul qilingan.
Hayotiy-zaruriy harakatlar yurish, yugurish, sakrashlar, tirmashib chiqishlar, 
osilishlar, tayanishlar va boshqa qator eng sodda harakatlarni o‘zida 
mujassamlashtiradi va ular ta’lim tizimining barcha zvenolarida jismoniy madaniyat 
dasturiga o‘quv materiali sifatida kiritilgan. Bunday harakatlarning zahirasini 
boyligiga qarab, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisiga faol 
harakatlanishni yoqtiruvchi yoki uning aksi faol harakatlardan o‘zini chetga 
tortuvchi bolalar deb baho berish yoki farqlash tarbiya amaliyotidagi odatdagi hol 
tarzida qabul qilinadi.
Odatda, oilada tinch, passiv harakatlar bilan cheklanadigan bolalarga sho‘x, 
harakatchan bolalarga nisbatan ijobiy fikr bildiriladi. Ularga kattalar osoyishtaligiga 
zarar keltirmasligi muammosi nuqtai nazaridan qaraladi. O‘tirgan joyidan turmay 
hatto, o‘ziga yaqin joyda turgan o‘yinchog‘ini ham kattalar olib berishini talab qilib, 
joyidan siljimay uzoq o‘tirishni yoqtiradigan, kam harakatlanuvchi bolalar faol 
bolalarga nisbatan jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, tabiiy ravishda 
orqada qolishi amaliyotda isbotlangan.
Faol, harakatchan bolalar qiziquvchan, har narsani o‘zi mustaqil bajarishni 
xohlovchi, yoqtiruvchi, nisbatan qaysar xarakterni namoyish qiluvchi, harakat 
zahirasi boy, sakrash, tirmashib chiqish va boshqa hayotiy-zaruriy harakatlarni 
bajarishdan zavqlanadigan bo‘ladilar va ular kam harakatlanuvchilarga nisbatan 
jismoniy rivojlanganligi va jismoniy tayyorlanganligini yuqoriligi bilan ajralib 
turadilar. Shuning uchun ularning “o‘ta sho‘x” ligi kechiriladi, ayrim oilalarda va 


millatlarning bola tarbiyasida (Yaponiya, Olmoniya va boshqalar)gi bunday 
“sho‘x”liklarga me’yor belgilanmaydi,chegara qo‘yilmaydi.
Ilmiy-tadqiqotlar, kuzatishlar va bu yoshdagilar jismoniy tarbiyasiga oid boy 
tajriba kam harakatlanuvchan bolalarni kasalikka beriluvchan, vazni yoshiga 
nisbatan yuqori, teri osti yog‘ qatlamining qalinligi, ayrimlarining esa ishtahasini 
yaxshi emasligi va keyinchalik sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati 
mashg‘ulotlariga o‘ta muhtoj bo‘lib voyaga yetishlari kuzatilgan. Bu jihatlarni ijobiy 
tomonga burish uchun bunday vujud sohibini salomat ligini me’yorida ushlashi 
uchun ko‘p quvvat sarflashiga to‘g‘ri keladi. Aslida, bu quvvatdan kundalik turmush 
tarzidagi ijobiy ishlarda foydalanish yoki STT jismoniy madaniyati mashg‘ulotlari 
uchun sarflashning ahamiyati muhimdir. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishguniga qadar xalqimiz hayotining barcha 
sohalarida milliy omil, milliy qadriyatlar, an’analar u yoki bu darajada kamsitilib, 
bu hol o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy ayniqsa, jismoniy tarbiyasi 
sohasida ham o‘z ifodasini topgan edi. Vaholanki, bu sohada asrlar mobaynida 
juda boy va o‘ta qimmatli tajribalar to‘plan ganligiga hozirgi kunda shohidmiz. 
Masalan, ulug‘ munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning pedagogik 
qarashlari diqqatta sazovor bo‘lib, uning «Farzandingiz sog‘lom va baquvvat bo‘lib 
o‘sishini istasangiz, kichik yoshdan harakatlantiring, jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullantiring va chiniqtiring», degan so‘zlari hozirgacha o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgani yo‘q.
Jahongir bobomiz, sohibqiron Amir Temur o‘zinng «Tuzuklari»da «Qo‘shin 
tarkibiga yosh, yangi navkarlarni qabul qilishda uch qoidaga amal qilganligi 
ta’kidlanadi: birinchisi — sog‘lom va baquvvat bo‘lishi, ikkinchisi — qilichdan 
mohirona foydalanishi, uchinchisi — aql-zakovatiga va barkamolligi»ga e’tibor 
qaratgan. Yog‘och qilich va qalqon bilan turli xil o‘yinlar o‘ynash orqali jismoniy 
tayyorgarligini bolaligidan boshlab yuqori darajaga ko‘targan bolalar, o‘smirlar 
bobokalonning sarbozlar yollashga mas’ul shaxslarining e’tiborida bo‘lganligi 
tarixiy manbalarda e’tirof etilgan.
Maktabgacha yoshdagilik davri individni faqat umumiy rivojlani shidagi 
muhim davr hisoblanmay, jismoniy rivojlanishi, salomatligini yaxshilanishi
harakatlari zahirasining ortishi hamda harakat madaniyatini shakllanishiga zamin 
yaratishning asosiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham “sog‘lom 
turmush tarzi jismoniy madaniyatining poyde vori maktabgacha ta’lim 
muassasalarida qo‘yiladi” deyilishi bejiz emas. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling