1.3. Ertalabki gimnastika mashqlari va ularning
taxminiy kompleksini tuzish uslubiyoti
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning qayd qilinagan mashg‘ulot shakli
ertalab ota–onalar farzandlarini yasli yoki bog‘cha tarbichilariga topshirganlaridan, so‘ng
tarbiyachi rahbarligida maktabgacha tarbiya muossa salarining ichki kun tartibi asosidagi
ko‘rsatilgan vaqtda o‘tkaziladi.
Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun taxminiy ertalabki
gimnastika mashqlari kompleksi:
1-mashq. Qo‘llarni turlicha harakatlantirish. 4—8 marta takrorlanadi.
2-mashq. Katta odam ushlab turgan tayoqni (chambarni) ushlab cho‘qqayib
o‘tirish, 4—8 marta takrorlanadi.
3-mashq. Tanani zo‘riqtirib bukish. 2—6 marta takrorlanadi
4-mashq. Skameyka bo‘ylab qo‘lda cho‘zilish. Mashq dastlabki holatdan —
skameykada uning chetlaridan ushlab yotishdan boshlanadi. Katta odam bolaning
sonla ridan bo‘g‘imlarini qattiq ezmasdan ushlab turadi. Bola skameyka bo‘ylab
bitta qo‘lda cho‘ziladi. Mashq oxirida ko‘krak qafasining yuqori yarmini va boshini
ko‘tarib hamda qo‘llarini yon tomonlarga uzatib egiladi. 1—2 marta takrorlanadi.
5-mashq. Gimnastik skameykasida yurish. Balandligi poldan skameykagacha
24 sm.
6-mashq. Uzatilgan oyoqlarni gimnastik tayoqchagacha ko‘tarish 4—8 marta
takrorlanadi.
7-mashq. Umurtqa pog‘onasini (tayoq bilan) zo‘riqtirib 4—8 marta
takrorlanadi.
8-mashq. To‘siqlardan sakrab o‘tish. 2—4 marta takrorlanadi.
9-mashq. Cho‘nqayib o‘tirish. 4—8 marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |