1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi
chidamlilik va egiluvchanlikdek harakat sifatlarini
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
chidamlilik va egiluvchanlikdek harakat sifatlarini rivojlantirishni imkoniyatlari
katta. Sababi haqida oldingi bo‘limlarda ham ayrim fikr va ma’lumotlarni berganmiz. Levi Gorinevskaya maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi jarayonida nisbatan o‘zlashtirilishi qiyinroq bo‘lgan umumjismony mashqlardan foydalanishning samarasi yuqori bo‘lishini, ayniqsa, ularning yasli va bog‘chalarning o‘rta yoshdagilari (3-4 yosh), tayyorlov guruhidagilarida maktab jismoniy tarbiya dasturining 1-sinflari materialiga yaqin bo‘lgan, unga tayyorlaydigan mashqlardan foydalanish to‘g‘riroq bo‘lishini o‘tgan asrdayoq o‘zining tadqiqotlar orqali isbotlagan. Maktabgacha yoshdagilarning chaqqonligi, tezligi, va egiluvchanligidek jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalash oson kechadi. Ularning organi zmini anatomo-fiziologik xususiyatlari, tanasi a’zolarining tabiiy rivoj lanishi bunga qulay imkoniyat yaratishini e’tiborga olsak, chaqqonlik, tezlik, egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyatlari boshqa sifatlarga nisbatan kengroq, uning aksi, kuch va chidamlilik harakat sifatlarini tarbi yalashda esa bu yoshdagilarning mashg‘ulotlarida ehtiyotkorlik zarurligini jismoniy tarbiya amaliyoti hozirgi kunda aytarli darajada isbotlab bo‘ldi. Lekin, bu sifatlarni rivojlantirish umuman to‘xtatib qo‘yilmaydi, chunki, kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur. Bu sifatlar tarbiyachini xohishsiz, boshqa harakat faoliyatlari davomida, eng oddiy yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida ham rivojlanishi kuzatilgan, rivojlanish tarbiyachining xohishisiz ham namoyon bo‘laveradi. Bu yoshdagilarning asab tizimining egiluvchanligi, jismoniy sifatlarning barchasini teng rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki, asab tizimidagi qo‘zg‘alish va tormozlanishning o‘z aro biri ikkinchisi bilan tez o‘rin almashinish xususiyati hali yuqori darajada davom etadi. Ayniqsa, harakatli o‘yinlar davomida oldindan rejalashti rilmagan, o‘yin faoliyati uchun zarur bo‘lgan, oldindan rejalashtirilmagan harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Tabiiy ravishda bola eng oz vaqt, fursat davomida biri-biriga o‘xshamagan, harakatlar o‘z o‘rnini boshqasi bilan tez almashi nishi orqali yuzaga keladi. Bu bilan chaqqonlik sifatini oson rivojlanishi uchun sharoit yuzaga keladi. Asab tizimining o‘tkazuvchi yo‘llarini tezlik namayon qilish uchun qo‘zg‘alishlarini o‘tkazish tezligi, unga individ mushaklarining javob reaksiyasi orqali, jismoniy jihatdan katta tezlik namoyon qilishi bilan ko‘zga tashlanadi. Uni mashq qilish orqali tezlik jismoniy sifatini rivojlanishi tezlashadi. Qisqa vaqt mobaynida maksimal tezlik bilan yugurishlar, velosipedda tez harakatlanish va boshqa tezlik namoyon qilish bilan bajariladigan mashqlar tezlikni rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarning to‘g‘ri me’yorlanishi, ularni varia siyalashga to‘g‘ri yondoshish bu yoshdagilarning jismi sifatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagilarning bo‘yin, qorin, orqa, bel muskullari kuchsiz bo‘lib, ko‘p holatlarda ular qomatni shakllanishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi kuzatiladi. Shunga ko‘ra bu guruh muskullarini rivojlantirish uchun (yurish, yugurish, tanani bukib to‘g‘rilash bilan bajaradigan va boshqa) mashqlarni tanlab olish, ularning ijrosi tezligini orttirish orqali boshqa harakat sifatlarni rivojlantirishda erishilgan natijalarga nisbatan yuqori ko‘rsatgichga erishishi mumkinligi jismoniy tarbiya amaliyotda isbotlangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mashqlantirishni boshlashdan oldin, ularga o‘sha mashqning ahamiyati, bajarish texnikasi haqida ularning yoshiga moslab tushintirishlar orqali yoki uynalayotgan uyinlr davomida oddiy, eng sodda bilimlarni berish, umumiy va shaxsiy gigiena normalari va qoidalari, o‘zining tanasini tarbiyalashning ayrim elementlarini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilishi lozim. Bu yoshdagilarga jismoniy mashqlarni mastuqil o‘zi yoki guruhi bilan birga bajarish o‘rgatiladi. O‘yinchoqlarga nisba tan munosabat masalasi, axloq normalarini rivojlanishiga e’tibor, o‘sha yoshi uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarini rivojlantirish, aqliy, ahloqiy va estetik didni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borilishi - tanining tuzilishi, qomatini tik tutib yurish, harakatlarini erkin hamda chiroyliligi, kiyim boshini tutish va boshqalarga oid boshlang‘ich tushunchalar berish maqsadga muvofiq. Maktabgacha yoshdagilarni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish, e’ti borli bo‘lish (diqqatni to‘plash)ga odatni shakllan tirish, tez o‘rganish - qabul qilishga o‘rgatish, tushuncha hosil bo‘lishini shakllantirish, fikrlash, tasavvurni yuzaga keltirish jismoniy tarbiya jarayoni mazmuniga aylantirilsagina unga samarali deb baho berish mumkin bo‘ladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling