1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi
Jismoniy (harakat) sifatlarini rivojlantirish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
Jismoniy (harakat) sifatlarini rivojlantirish. Jismoniy(hara kat) sifatlarining
ta’rifi, ularni shakllantirish, kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, mushaklarning egiluvchanligi va bo‘g‘inlar harakatchanligini namoyon qilish bu inson organizmining hayotiy faoliyati davomdagi zaruriyat ekanligiga oid bilimlar majmuyini darsligimizning birinchi qismida keng yoritlganligini takidlab maktabgacha yoshdagilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish muammolariga to‘xtalishni lozim ko‘rdik. Maktabgacha yoshidagilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishni yoshi dinamikasi B.S.Farfel (1957, 1959), F.G.Kazaryan (1969), L.V.Karmanova (1971), N.A.Fomin, B.P.Filin (1980) va boshqalarning tadqiqotlari orqali ochib berilgan. Olimlarning fikricha, bola hayotining oltinchi yili kuchni (G.M.Kasatkina, 1982; V.N.Novoxatko, 1982), jumladan, tezlik-kuchi qobiliyati hamda harakat tezkorligini (N.A.Notkina, 1980; M.N.Koroleva, 1985) tarbiyalashning qulay(sensitiv) davri hisoblanadi. Olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish, qobiliyati saqlanib qoladi va umumiy chidamlilikpi tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo‘ladi (N.V.Zimkin, 1956; V.G.Frolov, 1977; G.P. Yurko, A.V.Yashchenko, V.V.Beloyarseva, 1976; N.A.Notkina, 1980 va b.). T.Yu.Logvinaning (1991) fikricha, 5-6 yoshli bolalarda kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, makonda mo‘ljal olish kabi sifatlar eng kuchli namoyon bo‘ladi, asosan o‘g‘il bolalarda ushbu ko‘rsatkichlar qizlarga nisbatan yuqoriroq. Ayrim tadqiqotchilar asosiy harakat sifatlarning rivojlanish darajasi bobida o‘g‘il bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi haqida fikr yuritib, bolalarga jismoniy tarbiya jarayonida tabaqalashtirib yondashish zarurligini ta’kidlaydilar. S.B.Kakabadze, 1971; Z.I.Kuznesova, va b., 1974; A.E.Lyubomirskiy, 1979 va boshqalari yetti yoshgacha o‘g‘il bolalar va qizlarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasidagi farqi u qadar jiddiy emas, uni jismoniy tarbiya vositalarini tanlashda e’tiborga olish shart emas, deb hisoblaydilar. Ba’zi lari esa maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi va ularning STT jismoniy madaniyati mashg‘ulotlarida jinsidan kelib chiqib turlicha yondashish maqsadga muvofiqligini takidlaydilar (M.N.Koroleva, 1985; E.S.Bilchkovskiy, 1989). Bolaning maktabgacha yoshi davomida harakat malakalarini shakllantirish uchun g‘amxo‘rlik qilish orqali zarur darajadagi chaqqonlik, tezkorlik, kuch va boshqa sifatlarni rivojlantirish ota-onalar va maktabgacha yoshdagilarning o‘quv muassasalari oldidagi birinchi navbatdagi vazifalari bo‘lib, STT jismoniy madaniyatining amaliy malakalari va uning odobiga oid nazariy bilimlar poydevori, harakatlar, mashqlar bajarishga odat shu yoshdan shakllantiriladi. Bolaga tug‘ilganidayoq, uning qoniga alohida rivojlanishning irsiy dasturlari tomonidan joylashtirilgan jismoniy imkoniyatlarning tegishli yig‘indisi ato etilgan bo‘ladi. Organlar, organizm tuzilmalarining biologik yetilishi davomida shaxsiy imkoniyatlar rivojlanib(E.A Pimonova (1990), L.V. Karmanova(1992) va boshqalar), so‘nggi 20 yil mobaynida bolalarning jismoniy rivojlanishida qayd etilgan umumiy ijobiy yo‘nalishlari (gavdaning barcha o‘lchamlari kattalashuvi) fonida ularning harakat tayyorgarligida sezilarsiz o‘sish kuzatiladi, bir qator ko‘rsatkichlar - tezkorlik, tezlik-kuch, imkoniyatlari esa nisbatan bir oz pasayadi. Shunga qaramasdan qator mutaxassislarimiz (E.N.Vavilova, 1974,1980; M.Yu. Kistyakovskaya, 1980; A.V. Volkov, 1981; E.S. Vilchkovskiy, 1983)jismoniy sifatlarni maqsadli tarbiyalashni aynan maktabgacha yoshdalik davridan boshlanishi ijobiy natija beradi deb hisoblaydilar. Maktbgacha yoshdagilarning jismoniy sifatlaridan chaqqonlik, tezkorlik, Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling