1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gavdaning umumiy statik beqarorligi
Arterial bosim yosh katta bo‘lishi bilan deyarli o‘zgarmaydi: 3—4 yoshda
95/59 mm simob ustunida, 5—6 yoshda 95/58 mm simob ustunida, 7 yoshda 97/58 mm simob ustunida bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshida markaziy nerv sistemasi morfologik va funksiional jihatdan rivojlanishda davom etadi. Ikkinchi signal sistemaasi tez takomillashadi, uning yordamida so‘zga shartli reflekslar paydo bo‘ladi. Shartli reflekslar tez paydo bo‘ladi, biroq birdan mustah kamlanmaydi va malakalar bolada dastlab barqaror bo‘lmaydi, osonlik bilan yo‘qoladi. Bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘olish va tormozlanish protsesslari osonlik bilan tarqaladi, shu sababli bolalarning diqqati beqaror bo‘lib turadi, javob reaksiyalari emotsional tabiatga ega bo‘ladi va ular tez charchab qoladilar. Shu sababli, ma’lum harakat malakalari paydo bo‘lishi uchun tasirotlarni tez-tez takrorlab turish kerak. Bolalarda harakatlarning rivojlanishiga ma’lum tartibda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish yordam beradi. Bu yoshda yugurish, yurish, sakrash, narsa uloqtirish takomillashad 3-6 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish dinamikasining o‘ziga xos xususiyatlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha yoshdagi davrida go‘yoki sog‘lomlikning va to‘laqonli jismoniy rivojlanishning poydevori qo‘yiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tana hali yetarlicha turg‘un emas, harakat imkoniyatlari ham cheklangan. Ularning asab tizimi tez rivojlanadi, skeleti o‘sib, mushak tizimi mustahkamlanadi, harakatlar takomillashadi. Diqqat ancha barqarorlashib, bolalar eng sodda mehnat ko‘nikmalarini egallay boradilar. Gavdaning umumiy statik beqarorligi hamda dinamik imkoniyatlari cheklanganligi 3-4 yoshdi bolalarga xos bo‘lib, bu yoshdagi bolalarda gavdaning yuqori qismi, yelka sathi mushaklari va bukuvchi mushaklar nisbatan yaxshi rivojlangan, 3-4 yoshli bolalarda harakatlar yetarlicha muvofiq bo‘lmagani holda harakat faolligi yuqori darajada bo‘lib, bu harakatlarda yirik mushak guruhlari ishtirok etadi. Mazkur davrda uzoq muddat bir xil vaziyat saqlab turilsa yoki bir turli harakatlar bajarilaversa, tez toliqish kuzatiladi. 7 yeshgacha o‘pka to‘qimasining tuzilishi hali to‘la rivojlanmagan holda bo‘ladi; burun yo‘llari, traxeya va bronxlar nisbatan tor, shu sababli o‘pkaga havoning kelishi bir oz qiyinroq, qovurg‘alar birmuncha qiyarok, diafragma yuqoriroq joylashgan, shuning uchun nafas olish harakatlari amplitudasi katta emas. Bola kattalarga nisbatan yuzaki va ancha tez-tez nafas oladi: 3-4 yoshli bolaning nafas olish sur’ati - bir daqiqada 30 marta, 5-6 yoshda - 25 marta, kattalarda 16-18 marta. Bolalarning yuzaki nafas olishi o‘pkada havo aylanishining nisbatan yomon bo‘lishi, havoning o‘pkada bir oz turib qolishiga olib keladi, o‘sayottan organizm esa to‘qimalarning kislorod bilan yetarlicha ta’minlanishini talab qiladi. Aynan shuning uchun ham ochiq havoda o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar juda muhim bo‘lib, ular havo almashinishini faollashtiradi. 3-4 yoshli bolalarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS) 400-500 sm 3 ni, 5-6 yoshda esa 800-900 sm 3 ni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon tomir tizimi faoliyati o‘sayotgan organizmning talablariga yaxshi moslashgan, to‘qimalarning qon bilan ta’minlanishiga bo‘lgan kuchli ehtiyojni osonlik bilan qondiradi, chunki bolaning tomirlari kattalarni-kiga nisbatan kengroq bo‘lib, ulardan qon erkinroq oqib o‘tadi. Bola organizmidagi qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko‘proq, uning tomirlar bo‘ylab o‘tadigan yo‘li qisqaroq. “Ona va bola salomatligi” ensiklopediyasining ma’lumotlariga ko‘ra agar kattalarnning tomir urishi bir daqiqada 60-80 zarbaga teng bo‘lsa, yangi tug‘ilganlarda u nisbatan tez -120- 140 taga teng bo‘lishi aniqlangan. Olti oyliklarda 130-135 ta, bir yoshga to‘lganlarda 120-125, ikki yoshlilarda 110-115, uch yoshlilarda 105-110, to‘rt yoshda 100-105, besh yoshda 98-100, oltida 90-95 va yetti yoshga borib 85-90 marta urishi o‘rtacha ko‘rsatgich sanaladi deb fikr bildirilgan. Quyida biz 2-7 yoshdagilarning jismoniy rivojlanganligining o‘rtacha ko‘rsatgichlarining e’tiboringizga havola qildik, 2-jadvalga qaralsin – o‘lchovning ishonchli aniqliligi +0,5 sm. atrofida 2- jadval Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling