1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana11.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1189158
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu

6 —7 yoshdagilarning o‘yinlariga yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, 
uloqtirishlarni kiritish, harakatlarni chiroyli, to‘g‘ri va aniq bajarishni talab qilish 
shart qilib belgilanishi muhim. O‘yin qoidalarini ham murakkablashtirish sabr-
toqatli, bo‘y sinish va diqqat-etiborli bo‘lishga o‘rgatadi. 


Makgabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalar faqat o‘yin protsessiga emas, 
balki uning natijasiga ham qiziqadilar, shu sababli ularga o‘yin-musobaqalarni 
tashkil qilsa bo‘ladi. 
Bolalar o‘zlari o‘ylab topgan, o‘zlarining ijodiy tasavvurlari mahsuli bo‘lgan 
o‘yinlarni o‘ynashni yaxshi ko‘radilar. Ba’zan o‘yinni ularning o‘zlari 
o‘zgartiradilar, takomillashtiradilar. Bunday hollarda bolalarga halaqit qilmaslik
ularning har bir harakatini nazorat qilish orqali aralashishning salbiy oqibatlari katta. 
Bunday o‘yinlar juda foydali, ular ijobiy tashabbuskorlikni, mustaqillikni 
rivojlantiradi va o‘zlariga ishonch hissini tarbiyalaydi. 

1.4. Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy rivojlanishi va harakat sifatlari 
Har kim o‘z bolasini sog‘lom, harakatchan baquvvat chidamli chaqqon bo‘lib 
o‘sishini xohlaydi. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish birinchi navbatda ularning 
harakat aktivligi bilan bog‘liq ekanligini, shundagina zaruriy vazn va jismoniy 
rivojlanganlikka ega bo‘lishini bilmaydilar. Harakatchan bolalarni odatda 
yoqtirmaydilar ham. Bilim olishga intilish, kasb-hunarga ega bo‘lishga urinish 
talablari, uni sifatiga e’tibor berish davomida kundalik zaruriy harakat malakalari va 
ko‘nikmalarini ozayishi va pasayishi tabiiy, turmush tarzidagi qonuniyatlardan 
chetlashga olib keladi. Bu o‘z navbatida bolalarimiz hayotida o‘zini ijobiy va salbiy 
tomonlarini namoyon qiladi. Yoshligidanoq mustahkam sog‘liq, jismoniy 
rivojlanganligi va tayyorgarligidagi ko‘rsatkichlarni yuqori bo‘lishiga erishishimiz 
keyinchalik ularni yangi yuzaga keladigan ijtimoiy sharoit va muhitga oson 
moslashishlarida qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling